Alaq Surasi

Alaq surasi (arabcha: سورة العلق, nomining maʼnosi — Laxta qon) — Qurʼonning 96-surasi.

Makkiy suralardan biri, 19 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 597–598-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 1-boʻlib nozil boʻlgan. Alaq — Laxta qon. Bu yerda ona qornidagi homilaning rivojlanish jarayonidagi bir bosqich, yaʼni laxta quyuq qonga aylangan holati muroddir.

Qadr    96–sura   Tiyn
Alaq surasi — سورة العلق
Qurʼon nusxalaridan biridagi Alaq surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 19, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 96, qora rangda - Alaq surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 1, 3. Rukuʼsi soni - 1; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:96, 3. Nozil boʻlish tartibi:1, 4. Rukuʼsi:1, 5. Oyati:19, 6. Porasi (Juzi):30 deb koʻrsatilgan.
Alaq Surasi
Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Laxta qon
Tasnifi Makkiy sura
Statistika
Sahifasi 597–598
Juz 30
Sura raqami 96
Oyatlar soni 19
Sajda oyati 19-oyat
Rukuʼlar soni 1
Muqattaot harflari yoʻq
Nozil boʻlish tartibi 1

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Qsurasi  Keyingisi 96 Oldingisi  Tiyn surasi
Nozil boʻlish tartibi
Qalam surasi   Keyingisi 1 Oldingisi  !
Alaq Surasi       Alaq Surasi       Alaq Surasi       Alaq Surasi       Alaq Surasi       Alaq Surasi

Tarjimasi

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan zot boʻlmish Rabbingiz nomi bilan oʻqing!

2. U insonni laxta qondan yaratdi.

3. Oʻqing! Rabbingiz esa karamli zotdir.

4. U insonga qalam bilan (yozishni) oʻrgatgan zotdir.

5. U insonga bilmagan narsalarini oʻrgatdi.

6. Darhaqiqat, inson haddidan oshar.

7. (Bunga) sabab oʻzini boy — behojat sanashidir.

8. (Ey, inson,) albatta, qaytishing Rabbing huzurigadir.

9. (Ey, inson,) koʻrdingmi, toʻsayotgan kimsani

10. bandani namoz oʻqiganda?!

11. Koʻrdingmi — agar u (namoz oʻquvchi) oʻzi Toʻgʻri yoʻlda boʻlsa,

12. yoki (oʻzgalarni) taqvoga (Allohdan qoʻrqishga) buyursa?!

13. Koʻrdingmi, agar u (namozdan) toʻsuvchi kimsa (haqni) inkor etsa va (u imon keltirishdan) yuz oʻgirsa,

14. albatta, Alloh (uning bu qilmishlarini) koʻrib turishini bilmasmi?!

Izoh: Bu oyatlar mashhur kofir Abu Jahl xususida nozil qilingan. U Paygʻambar (a. s.)ga aziyat va zarar yetkazishni oʻz oldiga oliy maqsad qilib qoʻygan boʻlib, Haq taolo bu tanbehlar bilan uni ogohlantirgan.

15. Yoʻq! Qasamki, agar u (bu yoʻlidan) qaytmasa, albatta, Biz uning peshona sochidan tutamiz

16. oʻsha yolgʻonchi, adashgan (kimsaning) peshona sochidan (tutib jahannamga oturmiz)!

17. Bas, u oʻzining jamoasini (yordamga) chaqiraversin!

18. Biz esa azob farishtalarini chaqirajakmiz!

19. Yoʻq! (Ey, Muhammad,) Siz unga itoat etmang va (yolgʻiz) Allohga sajda (ibodat) qilib, (Unga) yaqin boʻling! (Sajda oyati.)

Manbalar

Keyingisi: Qsurasi Alaq Surasi  96-sura — arabcha matni Oldingisi: Tiyn surasi


Tags:

Arab tiliQurʼon

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Kompyuter tarmogʻiYurak-qon tomir kasalliklariLitosferaDorivor oʻsimliklarKasbFosforDavlat poytaxtlari roʻyxatiQoʻqon xonligiPsixologiya tarixiGermaniya ta'lim tizimiUmurtqa pogʻonasiFuqarolik jamiyatiOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliEksperimental psixologiyaHomilaSugʻurtaKushon podsholigiYevropa IttifoqiYer osti suvlariToshkent viloyatiEkologiyaXitoyUslubSuvni tozalashXulosa chiqarishQarilikBogʻlovchiSanoatOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiShokMinetImmun sistemasiTurkiston general-gubernatorligiSezgiMendel qonunlariFalsafiy antropologiyaYuridik shaxsKompetensiyaParonimlarDiniy tashkilotOʻzgaruvchanlikUNICEFOt (hayvon)InternetGandbolSaudiya ArabistoniBirlashgan Millatlar TashkilotiAndijon viloyatiEstetikaAxborot tizimiSterilizatsiya (mikrobiologiya)Ulugʻbek rasadxonasiIssiqlikdan kengayishGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqDividendMaʼnaviyatPoʻlatRaqobatGapFizioterapiyaLoyihaKombinatorikaTemuriylar tarixi davlat muzeyiQon ketishiKvadratYarimoʻtkazgichRovochRim imperiyasiIntellektAlgoritmIshlab chiqarish samaradorligiMisr piramidalariInflatsiyaPsixologiyaDidaktikaHomiladorlikdan saqlanishElektr tokiSayyora🡆 More