Valyuta Kursi

Valyuta kursi — bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalangan narxi.

Valyuta kursining qatʼiy qayd etilgan va oʻzgarib turadigan (valyuta bozorida u yoki bu valyutaga talab yoki taklifga qarab) turlari mavjud. Valyuta kursi mamlakatlar valyutasining xarid qobiliyati, shuningdek xalqaro toʻlov vositalari (masalan, SDR, yevro) bilan oʻzaro munosabat va boshqa omillar (tovarlar narxini milliy valyutada taqqoslash) asosida belgilanadi. Ularning xarid qobiliyatining oʻzgarishi bilan (inflyatsiya darajasi, toʻlov balanslari holati, turli mamlakatlarda turlicha foiz stavkalarining oʻrnatilishi, jahon valyuta bozoriaya mazkur valyutaga ishonch darajasi, shuningdek boshqa siyosiy sabablar taʼsirida) valyuta kursi ham oʻzgarib turadi. Markaziy emissiya banki belgilaydigan rasmiy Valyuta kursini hukumat belgilaydigan yoki valyuta bozorida vujudga keladigan erkin valyuta kursidan farqlamoq kerak. Bundan tashqari valyuta kursi milliy pul birligining boshqa davlat valyutasi yoki xalqaro hamda mintaqaviy valyutalar bilan oʻzaro rasmiy oʻrnatilgan munosabatlar boʻyicha („suzib yuruvchi“, „sirgʻaluvchan“ kurs) belgilanishi ham mumkin (Yevropa valyuta ittifoqida kurslarning tebranishi + 2,25 % doirasida chegaralangan).

Valyuta savdosi amaliyotida valyuta yuqoriroq kurs boʻyicha sotiladi (sotuvchi kursi), xarid qilishda esa pastroq (xaridor kursi) kursdan foydalaniladi. Valyuta kursi ikki darajasi oʻrtasidagi farqdan bankning valyuta savdosidan oladigan daromadi kelib chiqadi. Valyuta kursini rasmiy koʻtarish (revalvatsiya) mamlakatni kapitalni chetga chiqarishdan manfaatdor qiladi, importni qulaylashtiradi, chunki chet el valyutasini arzonroq xarid qilishga imkoniyat tugʻiladi. Valyuta kursini rasmiy pasaytirish (devalvatsiya) mamlakat savdo va toʻlov balansining keskin yomonlashuvi, valyuta rezervining holdan toyishi bilan bogʻliq holda yuzaga keladi. Chet el valyutasi kursining birjadagi maxsus idora tomonidan belgilanishi va maxsus byulletenlarda nashr etilishi valyuta kotirovkasi deyiladi. Bunday byulleten maʼlumotlari matbuotda ham chop etib boriladi. Oʻzbekiston Markaziy banki davriy ravishda har haftada buxgalteriya hisobi va bojxona toʻlovlari uchun pul massasi va inflyatsiya dinamikasini hisobga olgan holda xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan kurslarini matbuotda eʼlon qilib boradi. 1 AQSh dollarining soʻmga nisbatan rasmiy ayirboshlash kursi 2022-yil 18-avgust holatiga koʻra, 10 945 soʻm 32 tiyinni tashkil qildi.

Valyuta ayirboshlash

Hozirda Oʻzbekistondagi ikkita bank — TBC Bank va Bank Apelsindan tashqari barcha — 31 ta bankda chet el valyutasini, xususan, AQSh dollarini sotib olish yoki sotish mumkin.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Tags:

InflyatsiyaYevropa

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Yan Amos KomenskiyAxborotDramaIjro etuvchi hokimiyatMisToshkentAtrof-muhitni muhofaza qilishVodorodErkin VohidovRevmatizmQonEhtimollar nazariyasiErtakSinonimlarOʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiAbdulla OripovBosh SahifaVaqtEmlashPoʻlatAndijon viloyatiAbdulla AvloniyAl-XorazmiyMercedes-BenzQoʻqon xonligiBasketbolOdil YoqubovJahon savdo tashkilotiJizzax viloyatiIlhaqMototsiklCristiano RonaldoOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiLeksikografiyaKuntugʻmishBahorHamid OlimjonXufton namoziDorivor oʻsimliklarChorvachilikSaida ZunnunovaZulfiyaSifatOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiMehnat tarbiyasiGenlarning oʻzaro taʼsiriFotoeffektTojikistonImmunitetVirusli kasalliklarEritmalarGʻarb falsafasiLazerJahon bankiAllohning 99 nomiKitobNatriyKombinatorikaAxborot tizimiYouTubeShanxay hamkorlik tashkilotiXitoyMuhammad FuzuliySoliqKorrupsiyaOʻzbekiston siyosiy partiyalariJadidchilikBemorni parvarish qilishBolalar psixologiyasiIrodaGormonlarAdabiy tilIlmiy tadqiqotAFC Futzal Osiyo Kubogi 2024BuxoroQobusnomaXalq ijodiYorugʻlikReklama🡆 More