Tula — Rossiya Federatsiyasi Tula viloyatidagi shahar, viloyat markazi, qahramon shahar, Upa daryosi (Oka irmogʻi) boʻyida.
Moskvadan 193 km jan.da. Transport yoʻli tuguni. Aholisi 519 ming kishi (1998). Shahar 4 maʼmuriy tumanga boʻlingan.
T. 1146-yildan maʼlum boʻlib, Ryazan knyazligi tarkibida edi. 1503-yildan Moskva davlati tarkibida. 16—17-asrlarda Rus davlatining jan. chekkasidagi muhim mustahkamlangan istehkom. 17-asrda mahalliy temir rudasi asosida T. temirchilik sanoatining markazi boʻlib qoldi. 1712-yilda Pyotr I buyrugʻi bilan T.da Rossiyada dastlabki qurol-aslaha zdi kurildi. 1777-yildan T. Tula namestnichestvosi markazi, 1796-yildan gubernya markazi, 19-asrda T.da qurolaslaha ishlab chiqarish. rivojlangan. T. 1929—37 yillarda Moskva viloyati tarkibida. 1941-yilning okt,— dekabr oylarida T. nemis fashistlaridan qahramonona mudofaa qilindi. 1976-yil 7 dekabrda T.ga qahramon shahar faxriy unvoni berildi.
T. — Rossiya Federatsiyasining yirik sanoat markazi. Sanoatining asosiy tarmoklari: kora metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik (kombayn zdi, mashinasozlik, konchilik va transport mashinasozligi, qurolaslaha zdlari motoroller va samovarlar ishlab chikariladigan "Shtamp" zdi), kimyo (kimyo tolalari, plastmassa va boshqalar), yengil, oziq-ovqat sanoatlari, qurilish materiallari va musiqa asboblari ishlab chiqarish. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, unt), 3 teatr, oʻlkashunoslik, badiiy, qurol-aslaha (1724-yildan) muzeylari, sirk, filarmoniya mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Tula (shahar), which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.