Tomás Boy

Tomás Juan Boy Espinoza (talaffuzi: Tomas Xuan Boy Espinosa; 1951-yil 28-iyunda tugʻilgan) — meksikalik futbolchi va futbol murabbiyi.

Futbolchi sifatida u „UANL Tigres“ futbol klubi va Meksika terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan. 1986-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Tomás Boy
Tomás Boy
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tomás Juan Boy Espinoza
Tavallud sanasi 28-iyun 1951-yil
Tavallud joyi Mexico City, Meksika
Vafot sanasi 8-mart 2022-yil(2022-03-08)
(70 yoshda)
Vafot joyi Acapulco, Meksika
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1971—1974 Atlético Español
1974—1975 Atletico Potosino
1975—1988 Tigres UANL 413 (98)
1988 San Jose Earthquakes
Milliy terma jamoa
1979—1987 Meksika 52 (9)
Boshqargan klublari
1988 San Jose Earthquakes
1989—1990 Tampico Madero
1991—1993 Queretaro
1995—1996 Veracruz
1996—1997 Monarcas Morelia
1997—1998 Monterrey
1998—2000 Monarcas Morelia
2002 Puebla
2004 Veracruz
2007 Atlas
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati

Boy faoliyatini quyi divizion klublari „Atlético Espanyol“ va „Atlético Potosino“ futbol klubida oʻynashdan boshladi. 1975-yilda „UANL Tigres“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 1976-yil 2-martda „América“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Meksika premyer ligasida debyut qilgan. 27-dekabr kuni „Guadalajara“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u klub uchun birinchi golini urgan. 1976—1977-yilgi mavsumda u birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan. 1981-yilda Boy jarohat olib, mavsumning birinchi qismini oʻtkazib yuborgan, ammo qaytganidan soʻng u ishonchli oʻyin koʻrsatgan va klubga chempion boʻlishiga yordam bergan. 1988-yilda Tomás Juan jamoani tark etgan, „Yoʻlbarslar“ uchun u premyer ligada 413 ta oʻyin oʻtkazgan va 98 ta gol urgan.

Oʻsha yili Boy Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtgan va u yerda „San Jose Earthquakes“ futbol klubi bilan shartnoma tuzgan va u mavsum oxirida faoliyatini yakunlagan.

Xalqaro faoliyati

1979-yil 6-yanvarda SSSR terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Boy Meksika terma jamoasida debyut qilgan. 1984-yilning 25-avgustida milliy terma jamoadagi ilk golini Vengriyaga qarshi o‘yinda kiritgan.

1986-yilda Tomás Juan milliy terma jamoaning jahon chempionatiga yoʻl oladgan tarkibiga kiritilgan. Turnirda u Bolgariya, Iroq, Paragvay, Belgiya va Germaniya terma jamoalariga qarshi bahsda oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

U murabbiylik faoliyatini 1988-yilda soʻnggi oʻyin klubida boshlagan. Oʻshandan beri u Meksikada koʻplab jamoalar bilan ishlagan. 2015-2016-yillarda u Cruz Azul futbol klubiga murabbiylik qilgan.

Statistika

Jamoa Mamlakat Natija
Oʻyin Gol Uzatma
Tampico Madero Tomás Boy  Meksika 26 7 8
Querétaro Tomás Boy  Meksika 47 14 11
Veracruz Tomás Boy  Meksika 34 14 7
Morelia Tomás Boy  Meksika 36 13 9
Monterrey Tomás Boy  Meksika 34 10 10
Morelia Tomás Boy  Meksika 76 29 20
Puebla Tomás Boy  Meksika 13 1 3
Veracruz Tomás Boy  Meksika 9 3 1
Atlas Tomás Boy  Meksika 8 3 1
Morelia Tomás Boy  Meksika 154 69 38
Atlas Tomás Boy  Meksika 37 13 13
Atlas Tomás Boy  Meksika 68 29 16
Cruz Azul Tomás Boy  Meksika 50 19 19
Chivas Tomás Boy  Meksika 16 5 2
Mazatlán F.C. Tomás Boy  Meksika 21 8 3
Jami 629 237 161

Manbalar

Tags:

Tomás Boy Klublardagi faoliyatiTomás Boy Xalqaro faoliyatiTomás Boy Murabbiylik faoliyatiTomás Boy StatistikaTomás Boy ManbalarTomás BoyFutbolMeksikaMeksika milliy futbol terma jamoasi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

AxborotPIRLSEronTuzlarTIMSSRadiatsiyaEndogen jarayonlarXrom (kimyoviy element)Steve JobsToshkent metropoliteniTarbiyaUglerodEkologik muvozanatAnafilaktik shokInvestitsiyaZardushtiylikAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiAxloqEmotsiyaDinSanoq sistemasiInson huquqlariResurslarSumalakOybekImomi AʼzamKamoliddin BehzodDasturlashQadimgi MisrSuv omboriOʻtkan kunlarTemir yoʻl transportiSWOT tahliliV (qoʻshiqchi)Toshkent zilzilasiOt (soʻz turkumi)PaygʻambarBilimZotiljamPolshaRichagDoira (shakl)LasseubetatRamazonMakkaFrazeologizmMaydoniga koʻra davlatlar roʻyxatiJizzax viloyatiBoʻlinish alomatlariQuturishDiagnostikaHamid OlimjonGapYusuf Xos HojibXitoyLugʻatQon bosimini tushiruvchi moddalarElektr razryadiQushlarDispers sistemalarYarimoʻtkazgichEnergetikaTillarning morfologik tasnifiQunut duosiQadimgi turkiy tillarSayohatnomaInsultEtnopsixologiyaModal soʻzlarTillakori madrasasiOʻzbekiston siyosiy partiyalariIssiqlik almashinishJanubiy AmerikaMustaqil davlatlar hamdoʻstligiQuyosh tizimiFargʻonaAndijon viloyatiDaun kasalligi🡆 More