Tavr Togʻlari

Tavr togʻlari, Toros (turkcha Toros’lar) — Turkiyaning janubiy qismidagi togʻ sistemasi.

Oʻrta dengiz sohili boʻylab taxminan 1000 km ga choʻzilgan. Kichik Osiyo va Sharqiy Tavr togʻliklarining janubidagi tizmalar. Eng baland joyi 3726 m (Temirqoziq choʻqqisi). Asosan, ohaktoshlardan, shuningdek, kristalli slanets va metamorfik jinslardan tuzilgan. Tavr togʻlarining markazida ayrim choʻqqilarning bal. 3000 m dan yuqori, relyefi alp tipli, qad. muzliklarning izlari saqlangan. Gʻarbiy qismida karst landshafti uchraydi. Shimoliy yon bagʻirlari tikanli butalar usadigan choʻl va dashtdan, janubiy yon bagri sernam boʻlganligidan doim yashil oʻrmon va butazorlardan iborat, yuqori qismi igna bargli oʻrmonlar va alp oʻtloqlari bilan qoplangan. Tavr togʻlarini Dajla, Furot daryolari kesib oʻtadi. Milliy bogʻlar tashkil etilgan.




Tags:

DajlaFurotKarstKichik Osiyo yarim oroliMuzlikOhaktoshlarOʻrta dengizSharqiy tavr togʻlariSlanetslarTurk tiliTurkiya

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

MuskullarPulsTelegramJismoniy tarbiyaGuinness rekordlar kitobiSuvni tozalashImmunitetYorugʻlikOʻzbekistonda taʼlimIslom KarimovOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari roʻyxati (2020–2025)ToshkentMikroorganizmlarKoʻp nuqtaMirzo UlugʻbekSaid AhmadQunut duosiPeshob ajralishining buzilishiKonfessiyaKonsepsiyaMagnit maydonOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariSaylov tizimiDominoQutb yogʻdusiDezinfeksiyaBirlashgan Millatlar TashkilotiNuklein kislotalarBahorGimnastikaShimoliy AmerikaAnton ChexovPulShishaAsalariOʻqituvchiRavishOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiMisShanxay hamkorlik tashkiloti143KitobYurak-tomir sistemasi kasalliklariYalligʻlanishAmerika Qoʻshma ShtatlariUrgʻuKoinotKelishikBetonAzot oksidlariRentgen nurlariTilshunoslikEpistemologiyaXulq29-aprelTransformatorTolerantlikPIRLSXromosomalarAxborot tizimiAhmad YassaviySport inshootlariYevropa davlatlari roʻyxatiQoʻqon xonligiEiffel minorasiIchki sekretsiya bezlariEyler Venn diagrammasiNormativ-huquqiy hujjatlarEkosistemaJangi loyTemuriylarInfeksiyaNarkozTeriKislota va asoslarHamid OlimjonAtomKonstitutsiya🡆 More