Tasmaniya

Tasmaniya — Avstraliyaning jan.sharqiy qirgʻogʻi yaqinidagi orol.

Materikdan Base boʻgʻozi orqali ajralgan. Atrofidagi orollar bilan Avstraliyaning Tasmaniya shtatini tashkil etadi. Shtat maydoni 68,4 ming km². Aholisi 470 ming kishi (2000), asosan, inglizavstraliyaliklar. Maʼmuriy markazi — Xobart sh. Orol qirgʻoklari qoyali, tik. Markaziy qismi oʻrmonlar, baland boʻyli oʻtlar bilan qoplangan plato, eng baland joyi 1617 m (Ossa togi). Iqlimi shimolida subtropik, janubida moʻʼtadil nam iklim. Yiliga 600–2100 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari sersuv va serostona. Tuproklari qoʻngʻir oʻrmon, togʻoʻtloqi sariq va qizil tuproq. Evkaliptli va igna bargli oʻrmonlar, oʻtloq va botqoqliklar bor. Hayvonot dunyosi Avstraliya zoogeografik oblastit mansub.

Tasmaniya
Tasmaniya
Geografiya
Maydoni 68 401 km2
Dengiz sathidan balandligi 1009 m.
Eng baland nuqtasi Mount Ossa
Ma'muriyat
Davlat Avstraliya
Mintaqa Avstraliya
Demografiya
Aholisi 539 590
Qo'shimcha ma'lumot
Tasmaniya
Tasmaniya

T. — mamlakatning sanoati rivojlangan shtatlaridan. Energiya koʻp talab etuvchi sanoat tarmoklari yetakchi oʻrinda. GES koʻp. Foydali qazilmalardan mis, temir, rux, qoʻrgʻoshin, qalay, oltin, mis, toshkoʻmir qazib olinadi. Yirik rangli metallurgiya korxonalari, sellyulozaqogʻoz, toʻqimachilik va oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Yogʻoch tayyorlanadi. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida chorvachilik (koʻychilik, qoramol boqish) yetakchi oʻrinda. Dehqonchilikda, asosan, yemxashak ekinlari, donli ekinlardan bugʻdoy ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi. Asosiy porti — Xobart.

Orol 1642-yildagi A. Tasman ekspeditsiyasidan keyin yevropaliklarga maʼlum boʻlgan. 1788-yilda Angliya mustamlakasi deb eʼlon qilingan. 1853-yilgacha VanDimen Yeri, oʻsha yildan T. deb atalgan. 1815-yilda T.ga oʻzinioʻzi boshqarish huquqi berilgan. 1901-yilda Avstraliya Ittifoqi tuzilgach, T. uning tarkibiga shtat boʻlib kirdi.




Tags:

Avstraliya (qitʼa)

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

KonfessiyaTabiat resurslariKuntugʻmishSaylov huquqiMovarounnahrBilimDoriReklamaSterilizatsiya (mikrobiologiya)Sirdaryo (viloyat)GloballashuvAFC U-23 Osiyo kubogi 2024Inson va fuqaroning huquq va erkinliklariKutubxonaWilliam ShakespeareParonimlarSaljuqiylar imperiyasiIssiqlik oʻtkazuvchanlikTahajjud namoziSharq falsafasiTojikistonBuyrakTibbiyotDoʻstlikFotosintezMuzeyOʻrta OsiyoOʻzgaruvchanlikNATOKuchTuproqOltinLinzaMaqolMantiqTasviriy sanʼatGʻaznaviylar davlatiDavlatlar pul birliklari roʻyxatiParhez bilan davolashRobindranat TagorDaryoXalqaro terrorizmDavlat hokimiyati vakillik organlariNafas olish tizimiBoʻlinish alomatlariChatqol biosfera qoʻriqxonasiToʻplam (matematika)AngliyaKoordinatsion birikmalarEkologik omillarUlugʻbek rasadxonasiOʻzbekiston yoʻl belgilariRossiyadagi ta'limAmir TemurMuhammad YusufGermaniya ta'lim tizimiFransiyada ta'limFuqarolik jamiyatiYuklamaXiva xonligiBritaniya imperiyasiRauf ParfiShum bola (film)Nuklein kislotalarIkkinchi jahon urushiVeb-sahifaQonTermodinamika25-aprelYozMuhammad Sodiq Muhammad YusufYurak-qon tomir kasalliklariMultimediaElektr maydonDiniy tashkilotQoʻqon xonligiModal soʻzlarZotiljamBiznes reja🡆 More