Spice Girls

Spice Girls 1994-yilda tashkil topgan qizlardan iborat ingliz pop guruhidir.

Guruh aʼzolari quyidagilardir: Mel B („Scary Spice“) taxallusi bilan tanilgan Melanie Brown, Mel C („Sporty Spice“) taxallusi bilan tanilgan Melanie Chisholm, Emma Bunton („Baby Spice“), Geri Halliwell („Ginger Spice“) va Victoria Beckham („Posh Spice“; qizlik familiyasi Adams). 1996-yili Top of the Pops jurnali guruhning har bir aʼzosiga guruh va ommaviy axborot vositalari tomonidan qabul qilingan taxalluslarni berdi. „Qizlar qudrati“ shiori bilan Spice Girls, 1990-yillarda pop-madaniyat ikonasi boʻlgan. Time jurnali ularni 1990-yillarning oʻrtalarida Birlashgan Qirollikdagi Cool Britannianing „ehtimol eng taniqli yuzi“ deb eʼtirof etdi. Bu guruh Birlashgan Qirollikning AQShga qilgan ikkinchi bosqini qismi sifatida tilga olinadi.

Spice Girls
Spice Girls
Spice Girls guruhi Ontarioda joylashgan Torontodagi konserti davomida (2008-yil fevral oyi). (Chapdan oʻngga) Melanie C., Victoria Beckham, Geri Halliwell, Melanie B. va Emma Bunton
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi London, Angliya
Mamlakat Angliya bayrogʻi Angliya
Faoliyat yillari 1994–2001
2007–2008
2012
2016
2018–hozirgacha
Janr
Leybl Virgin
Tarkib
Sobiq aʼzolar
Vebsayt thespicegirls.com

Spice Girls Virgin Records bilan shartnoma imzolab, 1996-yilda „Wannabe“ debyut singlini chiqardi; bu singl 37 ta mamlakatda birinchi raqamli hit ashula boʻldi, guruh shu vaqtdan oʻzlarining global miqyosdagi muvaffaqiyatlarini boshladi. Guruhning Spice (1996) nomli ilk albomi jahon boʻylab 23 milliondan oshiq nusxada sotildi va bu tarixdagi eng koʻp sotilgan qizlar guruhi albomi boʻldi. Guruhning navbatdagi Spiceworld (1997) albomi ham tijorat muvaffaqiyatiga erishdi va umumjahon boʻylab 13 milliondan oshiq nusxada sotildi. 2000-yil noyabr oyida guruh, Forever albomini chiqardi, bu albom guruh aʼzosi sanalmish Halliwell qatnashmagan yagona albomdir. 2001-yil yanvar oyida esa guruh norasmiy ravishda oʻzlarining nomaʼlum muddatga tanaffusga chiqishlarini va yaqin kelajakda karyeralarini yakkaxon tarzda davom ettirishga eʼtibor berishlarini eʼlon qilishdi, shunday boʻlsa ham ular guruh ajralmasligini taʼkidladilar.

Diskografiyasi

  • Spice (1996)
  • Spiceworld (1997)
  • Forever (2000)

Konsertlari

Aʼzolari

  • Geri Halliwell — vokal (1994-1998, 2007-2008, 2012, 2016, 2018-hozirgacha)
  • Melanie Chisholm — vokal (1994-2001, 2007-2008, 2012, 2018-hozirgacha)
  • Victoria Beckham — vokal (1994-2001, 2007-2008, 2012)
  • Melanie Brown — vokal (1994-2001, 2007-2008, 2012, 2016, 2018-hozirgacha)
  • Emma Bunton — vokal (1994-2001, 2007-2008, 2012, 2016, 2018-hozirgacha)

Manbalar

Havolalar

Tags:

Spice Girls DiskografiyasiSpice Girls KonsertlariSpice Girls AʼzolariSpice Girls ManbalarSpice Girls HavolalarSpice GirlsEmma BuntonGeri HalliwellPopTime (jurnal)Victoria Beckham

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TeriHijriy yil hisobiBoburShokToshkent viloyatiOʻzbekistonda yillarDin falsafasiHikoyaFuqarolarning huquq va burchlariMuhammad FuzuliyOʻzbekiston daryolariAminokislotalarShifokorSunʼiy intellektZulfiyaUfq (trilogiya)ZaxmBorliqGrafikaBirlashgan QirollikToʻgʻri toʻrtburchakKuntugʻmishYahudiylikSingapurNutq madaniyatiDinning funksiyalariIslom tarixiBayerische Motoren Werke AGKasrMuskullarLeksikologiyaJinsiy aloqaQoraqalpogʻistonSinonimlarKimyoviy elementlar davriy sistemasiAbulfayzxon (drama)IlhaqHaykaltaroshlikOʻlchash asboblariOybekKonfessiyaAtom yadrosiMazhabKanadaAbdulla QahhorHavoning ifloslanishiKoʻkyoʻtalOPECMuhammad XorazmshohGenlarning oʻzaro taʼsiriXarakter (obraz)Qon kasalliklariAlisher NavoiyImmun sistemasiToʻlqinlarXitoyda taʼlim tizimiOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiSuvda suzishSuyuqlikDasturiy taʼminotFutzalKompyuter grafikasiAhmad YassaviyMagnit maydonUrgʻuShaxsKimyoMakroiqtisodiyotOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiBuyuk ozodlik xartiyasiIslom KarimovOlmoshOʻzgarmas tokInformatikaTopishmoqLondonQunut duosiTremorPeshob ajralishining buzilishi🡆 More