Spermatozoid

Spermatozoid (sperma va yun.

zoon — tirik organizm va eidos — koʻrinish) — odam, hayvon va koʻpchilik oʻsimliklarning erkaklik jinsiy hujayrasi. Odam va hayvonlarda urugʻdonda pushthujayrasi (spermatogoniylar)p,dm hosil boʻladi. Spermatozoidning boshchasi, boʻyni, tanasi va dumi boʻladi. Odam va koʻpgina umurtqasiz hamda umurtqali hayvonlar Si xivchinli yoki dumli boʻlib, ular yordamida harakat qiladi. Baʼzi chuvalchanglar, mingoyoqlar, qisqichbaqasimonlar va kanalar Si dumsiz va turli shaklda, amyobasimon harakatlanadi. S. uzunligi bir necha oʻn mkm dan yuzlab mkm gacha, hasharotlarda bir necha mm. Gistokimyoviy usullar yordamvda S. tanasida oksidlanishqaytarilish fermentlari, glikogen, fosfolipidlar va ATF borligi aniklangan. Bu hol S. tanasi energiya manbai ekanligidan dalolat beradi. Muxit temperaturasi, osmotik bosimi, kislotaliligining oʻzgarib turishi S. funksiyasining buzilishi va tezda gʻalok boʻlishiga olib keladi. S. miqdorining kamayishi (oligozoospermiya) koʻpincha bepushtlikka sabab boʻlishi mumkin.

Spermatozoid
Spermatozoid va Tuxumhujayra
Spermatozoid
Spermatozoid sxemasi

Oʻsimliklarda harakatchan S. (anterozoid)lar anteridiylarda hosil boʻladi. Koʻpchilik urugʻli oʻsimliklar Si xivchinsiz, faol harakatlanmaydi; ular spermiylar deb ataladi. Yashil va qoʻngʻir suvoʻtlar, ayrim tuban zamburugʻlar, yoʻsinlar, qirqquloqlar, qirqboʻgʻimlar, plaunlar, sagovniklar va ginkgo Spermatozoidining 2 va undan koʻproq xivchini boʻladi. Spermatozoidlar sellyuloza qobigʻining boʻlmasligi, koʻpincha mayda (ayrim sagovniklarda yirik) boʻlishi bilan oʻsimliklarning boshqa hujayralaridan farq qiladi.

Yana q.






Tags:

HayvonlarOdam

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

MatematikaOʻzbekiston siyosiy partiyalariRahmat FayziyOʻzbekistonning oʻsimlik dunyosiBosh miyaSoʻz birikmasiBadiiy asarYerMicrosoft ExcelYoʻl belgilariAlgoritmRevmatizmYevgeniy OneginMadaniyatSaljuqiylar imperiyasiHamletYosh psixologiyasiSirdaryo (viloyat)BuddizmOlimpiada oʻyinlariBritaniya imperiyasiOʻzgaruvchan tokAleksandr PushkinKoʻchirma gapMiniatyuraOʻzbekiston tarixiDezinfeksiyaXorazmEkosistemaKichik itMuhammadning ayollariTaqvimXavfsizlik texnikasiRadiatsiyaFonetikaAnemiyaAzonHibat ul-haqoyiqVaqtOʻsimliklar fiziologiyasiDizaynKreditDavlatlarning telefon kodlariFIFA Jahon Chempionati 2022MinetTexasWilliam ShakespeareTabiiy fanlarFalastin DavlatiYoʻlbarsUygʻonish davriShartnomaIshlab chiqarish harajatlariKimyoMarketingTelegramTerminal holatZotiljamMediasavodxonlikImom al-BuxoriyItaliyaSonetOzarbayjonArab xalifaligiMobil telefonKompyuterSanʼatOʻzbek milliy akademik drama teatriOmmaviy axborot vositalariKelishikSalib yurishlariIxtiroZulfiyaBorliqSodda gapDorivor oʻsimliklarBuxgalteriya balansiBostonCOVID-19 koronavirus infeksiyasi🡆 More