Smolensk

Smolensk — Rossiyadagi shahar.

Smolensk viloyati markazi. Dneprning har ikkala soxilida joylashgan. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 355,9 ming kishi (1998). 862-yildan savdo va hunarmandchilik markazi sifatida maʼlum. 882-yildan Kiyev Rusi tarkibida, 12-asrdan Smolensk knyazligining markazi. 1404—1514-yillarda Litva knyazligi, soʻngra Moskva davlati tarkibida, 1609—67-yillarda Polsha tasarrufida boʻlgan. 1667-yilda Andrusov sulhi boʻyicha Rossiyaga berilgan. 1708—19 va 1796—1929-yillarda Smolensk gubernyasi, 1776—96 yillarda Smolensk noibligi markazi. 1812-yilda Smolensk yonida rus qoʻshinlari bilan Napoleon qoʻshinlari oʻrtasida katta jang boʻlgan. 1941—43-yillarda Smolensk atrofida nemisfashist qoʻshinlari bilan shiddatli janglar olib borilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Smolensk butunlay vayron qilingan. Urushdan soʻng shahar qaytadan tiklangan. Smolenskga qahramon shahar unvoni berilgan.

Smolensk

ruscha: Смоленск
shahar
Dnepr boʻyidagi Uspensk sobori
Dnepr boʻyidagi Uspensk sobori
Smolensk
Bayroq
Smolensk
Gerb
54°46′58″N 32°02′43″E / 54.78278°N 32.04528°E / 54.78278; 32.04528 G O 32°02′43″E / 54.78278°N 32.04528°E / 54.78278; 32.04528 G O
Mamlakat Rossiya
Mintaqa Smolensk viloyati
Shahar okrugi Smolensk shahri
Hukumat
 • Mer Andrey Borisov
Asos solingan nomaʼlum
Ilk eslatilishi 863-yil
Maydon 166.35 km2 (64.23 mi²)
Markazi balandligi 242 m
Aholisi
 (2021)
316 570
Milliy tarkib ruslar va b.
Konfessiyaviy tarkib provaslavlar va b.
Etnoxoronim smolyan
Telefon kodi 4812
Pochta indeks(lar)i 214XXX
MHBOBT (OKATO) 66401
Smolensk xaritada
Smolensk
Smolensk
Smolensk xaritada
Smolensk
Smolensk

Sanoat

Mashinasozlik (avtomatlashtirish vositalari, hisoblash mashinalari, elektr lampalar, sovitkichlar va boshqalar), yengil (trikotaj, zigʻir, poyabzal), oziqovqat sanoatlari rivojlangan. „Kristall“ zavodi (brilliantlarga sayqal berish), olmos asboblarni ishlab chiqarish korxonasi mavjud.

Taʼlim

4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr mavjud.

Madaniyat

Smolensk zigʻiri muzeyi, ST. Konyonkov nomidagi haykaltaroshlik muzeyi, tarixiy va meʼmoriy-badiiy muzeyqoʻriqxonasi, badiiy galereya bor.

Diqqatga sazovor joylari

Qad. meʼmoriy yodgorliklardan Pyotr va Pavel (1146), Ioann Bogoslov (12-asr), Mixail Arxangel (1191—94) cherkovlari, Uspeniye sobori (1677—79), Kreml (16-asr — 17-asr boshlari) saqlangan. „Motamsaro ona“ haykali (1965), „Mangulik qoʻrgʻoni“ memoriali (1970) oʻrnatilgan.

Yana qarang

Manbalar



Tags:

Smolensk SanoatSmolensk TaʼlimSmolensk MadaniyatSmolensk Diqqatga sazovor joylariSmolensk Yana qarangSmolensk ManbalarSmolenskRossiyaSmolensk viloyati

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

RoʻzaSkeletChorvachilikTeri kasalliklariGimnastikaOsiyo mamlakatlari roʻyxatiDorivor oʻsimliklarZulfiyaInternet tarixiOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiChatGPTBuddizmDavlatlar pul birliklari roʻyxatiHalollikVoleybolTranzistorIkkinchi Jahon urushiLordePyotr Ilich ChaykovskiyUsmon IOʻzbekiston Mustaqilligi kuniMunis XorazmiyToj MahalSanʼatAlisher NavoiyXorazm viloyatiLitosferaMusahhihInvestitsiyaFoydaInsultEiffel minorasiDunyoqarashUyushiq boʻlaklarBooz Allen HamiltonAz-ZamaxshariyXorazmIboraQalqonsimon bezTalab va taklifOyoqAtmosfera bosimiShavkat UmrzoqovYurak-tomir sistemasi kasalliklariKasrFarhod va ShirinEpilepsiyaYurak ishemik kasalligiIshlab chiqarishni tashkil etishIkki eshik orasiMoliya bozoriAlbert EinsteinShveysariya.torrentRavishToshkent zilzilasi (1966)ReferendumMoliyaDinInformatikaModdalar almashinuviDiqqatMangʻishloqxonAlgoritmSirdaryoMakkaOʻzbekiston tarixiOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariMahmudxoʻja BehbudiyIshlab chiqarish harajatlariSaida MirziyoyevaToʻlqinlarFrank SinatraAbbosbek FayzullayevSuvSterilizatsiya (mikrobiologiya)MakruhTadbirkorlikAmir Temur🡆 More