Sitora Farmonova

Sitora Farmonova (1984-yil 20-avgustda tugʻilgan) — oʻzbek film aktrisasi, qoʻshiqchisi va qiziqchisi.

U bir necha oʻzbek kinokomediyasida, jumladan, „Xavfli burilish“ (2004), „Mening akam boʻydoq!“ (2011) hamda „Endi dadam boʻydoq?“ (2013) filmlarida oʻynagan rollari bilan oʻzbek kino olamida shuhrat qozondi. Farmonova yana rejissor Veit Helmerning „Baikonur“ (2011) filmida oʻynagan roli bilan taniqlidir. Farmonova olmon rejissori olgan filmda rol oʻynagan birinchi oʻzbek aktrisasidir.

Sitora Farmonova
Sitora Farmonova
Sitora Farmonova „Yotoqxona“ serialini olish paytida
Tavalludi 20-avgust 1984-yil (1984-08-20) (39 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi va qiziqchi
Faoliyat yillari 2000 — hozirgacha
Yoʻnalish pop

Farmonova qoʻshiq ham kuylaydi. U „Bahor-kuz“, qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda tanildi. Qoʻshiqqa muxlislar hamda tanqidchialr yuqori baho berdi.

2015-yildan beri Farmonova „Азия MIX“ Bishkek jamoasi tarkibida KVN festivalida ishtirok etib keladi. 2016-yilning iyulida aktrisa KVN oʻyinlarining birida „millatini kulgiga qoldirgani uchun“ tanqidga uchradi. Buning ortidan „Oʻzbeknavo“ Farmonovaning litsenziyasini toʻxtatdi.

Hayoti

Sitora Farmonova 1984-yilning 20-avgustida Buxoro shahrida tugʻilgan. 13 yoshligida oilasi bilan Toshkentga koʻchib oʻtgan. Uning ukasi va singlisi bor. Farmonova Sanʼat institutini bitirgan.

Ijodi

Sitora Farmonova oʻzbek, qozoq hamda qirgʻiz rejissorlarning bir qator filmida rol oʻynagan. U bir necha oʻzbek kinokomediyasida, jumladan, „Xavfli burilish“ (2004), „Mening akam boʻydoq!“ (2011) hamda „Endi dadam boʻydoq?“ (2013) filmlarida oʻynagan rollari bilan oʻzbek kino olamida shuhrat qozondi.

Farmonova Veit Helmerning 2011-yil olingan „Baikonur“ filmida oʻynagan roli bilan xalqaro shuhrat qozondi. Farmonova olmon rejissori olgan filmda rol oʻynagan birinchi oʻzbek aktrisasidir. Filmda Farmonova Nazira rolini oʻynagan. Nazira radio aloqlarni hamva fazogirlikni sevuvchi, oʻzini Gagarin deb atovchi bosh qahramon Iskandarni sevib qoladi.

Farmonova yana 2013-yil Qirgʻizistonda suratga olingan „Общага“ („Yotoqxona“) serialida ham rol oʻynagan. Serial yaxshi kutib olinda va aktrisa Qirgʻizistonda shuhrat qozondi.

Farmonova qoʻshiq ham kuylaydi. U Oʻzining oʻzbek qoʻshiqchisi Mirjamol bilan aytgan „Bahor-kuz“ dueti bilan Oʻzbekistonda tanildi. Muxlislar va tanqidchilar qoʻshiqni yuqori baholashdi. Qirgʻiz qoʻshiqchisi Mirbek Atabekov bilan aytgan „Эки журок/Ikki yurak“ ashulasi „Общага“ („Yotoqxona“) seriali soundtrackiga kiritildi.

2015-yildan beri Farmonova „Азия MIX“ Bishkek jamoasi tarkibida KVN festivalida ishtirok etib keladi. Jamoa turli mamlakat fuqarolari — tojikistonlik, oʻzbekistonlik, qozogʻistonlik hamda qirgʻizistonlik oʻyinchilardan tashkil topgan.

2016-yilgi mojaro

2016-yilning iyulida aktrisa KVN oʻyinlarining birida „millatini kulgiga qoldirgani uchun“ tanqidga uchradi. Buning ortidan „Oʻzbeknavo“ Farmonovaning litsenziyasini toʻxtatdi.

Diskografiyasi

Kliplari

Yil Qoʻshiq Rejissor
2009 „Bahor-kuz“ (Mirjamol bilan)
2013 „Ayt“
2016 „Chamanda gul“ Izzat Lutfullayev

Filmografiyasi

Film
Yil Film Rol Izoh
2003 Don Juan
2004 Marjona Nargiza
Sarvinoz Nargiza
Xavfli burilish Dilorom
2006 Uchinchi tilak Shahnoz
2008 Kelgindi qaynona Yulduz
2009 Makrli dunyo Dilobar
Qasd
Sunami 2
2010 Dinozavr qoldirgan iz Mohira
Qadrdonlar
Umid Malika
2011 Baikonur Nazira
Mening akam boʻydoq! Raʼno
2012 Endi dadam boʻydoq? Raʼno
2013 Soddagina qiz Muyassar
2014 Baxt ortidan Lola
2017 Orzudagi ayol
2017 Muzlagan Hamshira
Televideniye
Yil Serial nomi Rol Izoh
1998-2003 Ayol zoti
2006 Maftuna Maftuna
2013 Общага Meerim
Kliplar
Yil Qoʻshiq Artist
2004 „Dilorom“ Ravshan Sobirov
2006 „Begʻuborim“ Firdavs N
„Zamonaviy“ Manzura
2009 „Radiostansiya“ 100%

Manbalar

Havolalar

Tags:

Sitora Farmonova HayotiSitora Farmonova IjodiSitora Farmonova DiskografiyasiSitora Farmonova FilmografiyasiSitora Farmonova ManbalarSitora Farmonova HavolalarSitora FarmonovaAktyorKomediyaOlmonlarOʻzbeklarQoʻshiqchi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

MusiqaDoʻstlikPlastik materiallarAksiyaTarbiyaElon MuskMetodologiyaBank va bank tizimining tarixi va rivojlanishiRobindranat TagorBuyrakMovarounnahrJaloliddin RumiyNavroʻzSilOmonimlarYevrosiyoPopulyatsiyaOdamKonusVolontyorOsiyo davlatlari roʻyxatiMoliyaXivaAvestoBoʻlinish alomatlariLirikaSanʼatOʻzbekiston tarixiVijdon erkinligiNamangan viloyatiOʻzbekiston Ekologik partiyasiTaqvimGektarAxborot tizimiKoʻmakchiKondensatorErkak jinsiy aʼzosiUygʻonish davriVaqtDasturiy taʼminotSkeletOʻtkan kunlarOPECAFC Futzal Osiyo Kubogi 2024YaxlitlashSportEmbriologiyaBronxial astmaAflotunYordamchi soʻzlarParonimlarSinfdan tashqari ishlarXulosa chiqarishElektr maydonKimyoviy reaksiyaJadidchilikRaqobatIqtisodiy oʻsishMustaqil davlatlar hamdoʻstligiMarketingLoyihalashGazlarOshqozon-ichak kasalligiGormonlarBolalar adabiyotiMuskullarPsixologiya tarixiVodorodOʻlmas UmarbekovKislota va asoslarHijriy yil hisobiQon aylanishiIlmiy tadqiqotFotiha surasiKorrupsiyaYorugʻlikIbroyim YusupovTabiatni muhofaza qilishYan Amos Komenskiy🡆 More