Shoh Jahon

Shoh Jahon (1592.05.01, Lohur 1666.22.01, Agra) — Boburiylar saltanati hukmdori (1627—58).

Asl ismi Shahobiddin Muhammad Xurram (taxt nomi Shoh Jahon I, 1628-yilgacha Shoh Jahon Bahodir mansab bilan Shohzoda Xurram Baht Bahadur-Mirza deb nomlangan; Toj Mahal qurilishi bilan oʻz nomini abadiylashtirgan Boburiylar imperiyasining Podshohi (1627-1658).

Shoh Jahon
Shoh-Jahon

Jahongirshohning 3-oʻgʻli. 1616-yil Dekan (toʻgʻrirogʻi — Dakan)dagi gʻalabasidan soʻng Sh.J.nomini olgan. 1622—25-yillar otasi Jahongirshohga qarshi urushib, yengilgan. 1627-yilda taxt uchun kurashlarda gʻolib boʻlib, "Abul Muzaffar Shahobiddin Muhammad Sohibqironi Soniy" taxallusini olgan. Taxtga oʻtirgan zahoti bir qancha isyonlarni bostirishga majbur boʻlgan.

Shoh Jahon
Toj Maxal maqbarasi, Agra

Sh.J. poytaxtni Agradan Dehliga koʻchirgan. Bu davrda adabiyot, sanʼat, musiqa va boshqalar fanlar rivoj topgan. Sh.J. bir qancha muhtasham obidalarni bunyod ettirgan — Agrada Tojmahal, Qizil qalʼa, Dehlida Jome masjid, Lohurda Shalimar bogʻi va boshqalar Sh.J. davrida Boburiylar saltanati tanazzulga yuz tuta boshlagan.

1630—33-yillarda Gujarat va Dekanda qattiq qurgʻoqchilik tufayli ocharchilik boʻlgan, xalqning ahvoli ogʻirlashgan, shuning uchun Sh.J. mazkur oʻlkalardagi yer soligʻini kamaytirgan. Sh.J. davrida Yevropa savdo kompaniyalarining Boburiylar davlatiga suqilib kirishi kuchaygan, Shu kezlarda uning oʻg'illari oʻrtasida taxt uchun kurash avj olgan. Bu kurashda katta oʻgʻli Avrangzeb gʻolib kelib, taxtni egallagan. Sh.J. Tojmahal maqbarasida xotini Mumtoz Mahal yoniga dafn etilgan.

Ad:. Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.

Manbalar

Adabiyotlar




Tags:

AgraBoburiylarLohur

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Rauf ParfiLasseubetatGloballashuvTIMSSOdamAleksandrHissiyotJangi loyAuditOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiGap boʻlaklariKompyuterHamletBezgakCristiano RonaldoAhmad YugnakiyBrauzerQunut duosiOʻzbekiston shaharlariReklamaPomidorOybekEstetikaForobiyZilzilaMediaKarbon kislotalarAdaptatsiyaRaqobatPark JiminLugʻatMiyachaIssiqlik almashinishIqtisodiy islohotlarGazlarOsiyo mamlakatlari roʻyxatiPulTalab va taklifAQSh prezidentlari roʻyxatiTugʻruqSourSon (tilshunoslik)SuvBachadonDezoksiribonuklein kislotaMetallar korroziyasiBiotexnologiyaBankShaharsozlikAvtomobilJismoniy mashqlarSifatdoshDilnoza KubayevaOmmaviy madaniyatModal soʻzlarAbdulhamid ChoʻlponKompleks sonlarDiqqatDunyoqarashErtakXitoyChingiz Aytmatov28-martTasavvufSamarqand viloyatiObligatsiyaQizil kitobUndosh tovushlarOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariAnalizatorlarMeningitKriptovalyutaAzonIjtimoiy psixologiyaVitaminlarQoqsholMarkaziy OsiyoBuyuk geografik kashfiyotlarOʻzbeklar🡆 More