Agra: Hindistonning shimolida joylashgan qadimiy shahar

Agra — Hindistonning shimolidagi shahar, Uttar-Pradesh shtatida, Jamna (Yamuna) daryosining oʻng sohilida.

Aholisi 899 ming kishi (1991). Yirik temir yoʻl tuguni. Agra — Bombay avtomagistralining oxirgi manzili. Agra 16 — 19-asrlarda Boburiylar qarorgohi (poy-taxti) boʻlgan, ayniqsa Akbar va Shoh Jahon davrida ravnaq topgan (16 — 17-asrlar). Agrada 16 — 17-asrlarga doir musul-mon meʼmorchiligining ajoyib yodgorliklari saqlanib qolgan. „Agra-Fort“ (16-asr) qasri va uning ichida „Marvarid mayejid“ (17-asr), bir qancha saroylar bor. Agra ya kip i da Shoh Jahon va uning xotini (Mumtoz Mahal) maqbarasi — Tojmahal joylashgan (17-asr oʻrtalarida qurilgan). Tojmahal Sharq meʼmorchili-gining ajoyib namunasidir. Jome masjid (1628), Eʼtimod ud-Davla maqbarasi (1628) kabilar jahon meʼmorchiligi durdonalaridan hisoblanadi. Bularni qurishda hind ustalari bilan birga Buxoro va Samarqand ustalari ham qatnashgan. 19 — 20-asrlarda Agra qayta tiklandi. Shahar tashqarisidagi bogʻda alohida ansamblni tashkil etgan universitet binosi (1927) Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida qurilgan. Agra binolari marmarga ishlangan oʻyma va qadama naqshlari, fil suyagidan ishlangan buyumlari bilan mashhur. Agra sanoati asosan koʻn poyabzal, oziq-ovqat, qogʻoz, oynashisha korxonalari, Hindistonning shimolidagi eng yirik „Jons-Mils“ yigiruv kombinati, elektr-texnika va boshqa korxonalardan iborat. Qoʻlda gazlama toʻqish va badiiy buyumlar yasash hunarmandchiligi taraqqiy etgan. Agrada universitet (1927) va Mahatma Gandi asarlarining maxsus kutubxonasi bor.

Agra: Hindistonning shimolida joylashgan qadimiy shahar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Tags:

Mahatma GandiShoh JahonTojmahalUttar-Pradesh

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Sinfdan tashqari ishlarOʻzbekiston tarixiBuxoro xonligiXavfsizlik texnikasiGidroelektr stansiyaPrinterIdrokXaritaShum bola (film)Nafas olish tizimiPedagogikaKonfutsiylikYevropa davlatlari roʻyxatiQadimgi turkiy tillarElektromagnit toʻlqinlarFizikaAzonDavlatlar roʻyxatiOʻlchov birligiSiyob Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiHubble kosmik teleskopiElektrokardiogrammaBayerische Motoren Werke AGInnovatsiyaAK-74Unli tovushlarMirzo UlugʻbekTezlikChigirtkaBozor iqtisodiyotiga oʻtishGepatit B viruslariQashqirlar makoniHibat ul-haqoyiqLeykotsitlarLaylatul-qadrTaqlid soʻzlarParazitizmDoriOgahiyOʻzbekistonda NavroʻzDidaktikaOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariAnatomiyaMultimediaUlugʻbek rasadxonasiUrgʻuSoʻz turkumlariYerIslom KarimovUyushiq boʻlaklarImom al-BuxoriyIsʼhoqxon IbratYozuvTerrorizmOntogenezKonfessiyaOmmaviy madaniyatToʻldiruvchiSaida MirziyoyevaHalqumDavlat poytaxtlari roʻyxatiYurak-qon tomir kasalliklariDomantas SabonisIqtisodiy oʻsishAxloqDizaynBostonSanoq sistemasiBolalar va oʻsmirlar gigiyenasiIngliz tiliQoraxoniylar davlatiHomiladorlikOʻzbekistonning oʻsimlik dunyosiDiniy tashkilotSuyuqlikKoʻnikmaNafasBuxoro viloyatiXulosa chiqarish🡆 More