Sen-Pyer va Mikelon - Atlantika okeanidagi orollar guruhi, Kanadaning sharqiy qirg‘oqlari yaqinida, Nyufaundlend o.dan jan.da.
Fransiya mulki. Umumiy maydoni 242 km² bo‘lgan 8 oroldan iborat. Eng yirik oroli — Mikelon, 216 km². Iqlimi mo‘tadil okean, nam iqlim; oʻrtacha harorat yanvarda —6°, iyulda 14°. Yillik yog‘in 1000 mm gacha. Iqlimi va toshlokli sertepa relyefi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun noqulay. Aholi, asosan, baliq ovlash va uni qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. Darrandachilik fermalari (mo‘ynali hayvonlar boqiladi) bor. Chetga baliq, baliq mahsulotlari, mo‘yna eksport qilinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Sen-Pyer va Mikelon, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.