Swift

Butunjahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiya jamiyati (inglizcha: Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications; qisqartmasi SWIFT) Belgiyada tashkil topgan kooperativ jamiyat boʻlib, umumjahon boʻylab banklarda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi va vositachi oʻlaroq xizmat qiladi.

Bu tizim umumjahon boʻylab moliya institutlariga moliyaviy operatsiyalarni xavfsiz, standartlashtirilgan va ishonchli tarzda yuborish va olish imkonini beradi. SWIFT, shuningdek, koʻpincha „SWIFTNet“da foydalanish uchun moliya institutlariga dasturiy taʼminot xizmatlarini hamda „SWIFT codes“ („SWIFT kodlari“) nomi bilan mashhur boʻlgan ISO 9362 „Business Identifier Codes“ („Biznes-identifikator kodlari“) ni sotadi. „Swift oʻtkazma“ „xalqaro pul oʻtkazma“ deb ham ataladi.

SWIFT
Swift
Turi Masʼuliyati cheklangan koperativ
Tarmogʻi Telekommunikatsiya
Qachon asos solingan 3-may, 1973-yil (50 yil avval) (1973-05-03)
Joylashuvi La Hulpe, Belgiya
Mahsulot(lar)i moliyaviy telekomunikatsiyalar
Ishchilar soni >3 000
Vebsayti swift.com

Bu tizim 1973-yili 19 mamlakatning 248 ta banki taʼsischiliga tashkil topgan. Bosh ofisi Belgiya poytaxti boʻlmish Brussel shahri yaqinida joylashgandir.

2015-yil holatiga koʻra, SWIFT toʻlov tizimiga jahonning 200 dan oshiq mamlakat va hududlarida 11 mingdan ortiq moliya institutlari ulangan boʻlib, ularda oʻrtacha kuniga 32 milliondan oshiq operatsiyalarni amalga oshiriladi (solishtirish uchun, 1995-yilda oʻrtacha kuniga 2.4 million operatsiyalarni amalga oshirilgan).

Belgiya qonunchiligi asosida tashkil etilgan kooperativ jamiyat boʻlmish SWIFT oʻziga aʼzo moliya institutlariga tegishlidir. SWIFT xoʻjayini — Yawar Shah (Pokiston), bosh ijrochi direktori — Javier Pérez-Tasso (Ispaniya). SWIFT har yili maxsus moliyaviy xizmatlar sanoatiga bagʻishlangan Sibos konferensiyasini oʻtkazadi.

Tarixi

SWIFT 1973-yilda Brusselda uning birinchi bosh direktori boʻlgan Carl Reuterskiöld boshchiligida tashkil etilgan boʻlib, 15 ta mamlakatdagi 239 ta yirik bank tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Yangi tizim moliyaviy operatsiyalar uchun umumiy standartlarni oʻrnatish va umumiy maʼlumotlarni qayta ishlash tizimini shakllantirish uchun moʻljallangan edi. Asosiy operatsion protokollar, javobgarlik qoidalari va boshqalar 1975-yilda oʻrnatildi va birinchi operatsiya 1977-yilda amalga oshirildi. AQShdagi ilk SWIFT operatsion markazi Virjiniya gubernatori John N. Dalton tomonidan 1979-yilda ochilgan.

SWIFT qanday ishlaydi

Xabarlarni 2 xil turi mavjuddir: moliyaviy (tizim foydalanuvchilari oʻrtasida) va tizimli (foydalanuvchilar va tizim oʻrtasida).

Barcha SWIFT xabarlari quyidagilardan iborat boʻladi:

  • sarlavha
  • xabar matni
  • treyler

Kompyuter terminali (CBT) universal kompyuter bilan aloqa qilish, xabarlarni joʻnatish va qabul qilish, amaliy vazifalarni boshqarish uchun ishlatiladi. Xabarlar mintaqaviy protsessorda (RGP) yigʻilib, keyin qayta ishlash uchun tegishli operatsion markazga yuboriladi. U yerda SWIFT xabarlarni quyidagi algoritmga muvofiq qayta ishlaydi:

  • sintaksisni tekshirish;
  • xabarlarni chiquvchi shaklga aylantirish uchun yangi sarlavhalar yaratish
  • treylerlarni qoʻshish;
  • saqlash uchun xabarlarni nusxalash va shifrlash.

Tekshiruv natijalariga koʻra, joʻnatuvchi xabarnoma oladi: ACK — ijobiy natija, NAK — salbiy natija. Har bir xabar avtomatik ravishda kiruvchi raqam oladi.

SWIFTga boʻlgan tashqi taʼsirlar

2001-yil 11-sentabr voqealaridan soʻng, Markaziy razvedka boshqarmasi, Federal qidiruv byurosi va AQSh Moliya vazirligi terrorchilar amalga oshirishi mumkin boʻlgan moliyaviy operatsiyalarini kuzatish maqsadida SWIFT tarmogʻining moliyaviy maʼlumotlariga kirish huquqiga ega boʻldi. Ushbu xabar 2006-yilda The New York Times, The Wall Street Journal va Los Angeles Times gazetalarida chop etilganidan soʻng SWIFT mijozlar maʼlumotlarini himoya qilmagani uchun qattiq tanqid ostida qoldi. Shundan soʻng, SWIFT maʼmuriyati butun tizim arxitekturasini u orqali oʻtadigan barcha xabarlar uchun ikki zonali saqlash modeli bilan taqsimlangan rejimga oʻtkazish boshlanganini eʼlon qildi.[manba kerak] Bu manba oʻchiriladi.

Eron va Shimoliy Koreya kabi davlatlar SWIFTdan uzildi. 2018-yilning noyabrida bir qator Eron banklari SWIFT tizimidan uzildi.. Bu qaror SWIFT tomonidan AQSh hukumati bosimi ostida qabul qilingan.[manba kerak]

2021-yildan beri Rossiya-Ukraina inqirozi munosabati bilan Rossiyani SWIFT dan uzish takliflari paydo boʻldi. 2022-yil 24-fevralda Rossiyaning Ukrainaga bosqinchilik hujumi sodir boʻlgach, AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi. Shuningdek, aksariyat hollarda Yevropa Ittifoqi davlatlarining bir qismi, AQSh va Buyuk Britaniya Rossiyaning SWIFTdan uzilishini qoʻllab-quvvatlay boshladi.

Muqobillari

  • Moliyaviy xabarlar tizimi Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan SWIFTning analogidir, unda 9 mamlakatdan 331 ishtirokchi mavjud.
  • INSTEX Eron bilan savdo qilish uchun SWIFT muqobilidir.
  • CIPS — bu SWIFTning xitoycha muqobili hisoblanadi.
  • Ripple
  • Stellar

Rossiyada

Agar Rossiya xalqaro banklararo tizimdan uzilishi ehtimoli boʻlgani uchun Rossiya banki 2014-yil dekabr oyidan boshlab kredit tashkilotlariga Rossiyaning ichki operatsiyalari boʻyicha SWIFT formatida moliyaviy xabarlarni uzatish tizimini (SPFS) taqdim etib kelmoqda. 2017-yil oxirida ichki trafikning ulushi (Rossiya tashkilotlari oʻrtasida moliyaviy xabarlarni uzatish) rossiyalik SWIFT foydalanuvchilari tomonidan yuborilgan xabarlarning umumiy sonining 78 % ni tashkil etdi. Bu ham.

Rossiya banki SWIFT xalqaro hisob-kitob tizimidan uzilgan taqdirda banklarni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammoli vaziyatlardan himoya qilishga umid qilmoqda. Yevropa Ittifoqi 2014-yil sentabr va 2015-yil yanvar oylarida Rossiyaga qarshi yangi cheklovchi choralarni, jumladan, Rossiyani SWIFT tizimidan uzib qoʻyishni talab qildi.

Mavjud SWIFT tizimidan tub farqi maʼlumotlarni uzatish topologiyasining „yulduz“ topologiyasidan „daraxt“ (ierarxik) topologiyasiga oʻzgarishidir. Bitta versiyada ishlaydigan SWIFT tizimidan farqli oʻlaroq, dunyoda istalgan miqdordagi CyberFT Exchange serverlari oʻzaro toʻgʻridan-toʻgʻri ulanishni qoʻllab-quvvatlab, ishlashi mumkin.

2019-yilda SWIFTning muqobili boʻlgan — Rossiya Bankining Tez toʻlov tizimi (TTT) paydo boʻldi.

Xitoyda

2015-yil 8-oktabrda Xitoy oʻzining transchegaraviy banklararo toʻlov tizimini (CIPS — Cross-Border Interbank Payment System) ishga tushirdi.

Yevropa Ittifoqida

2019-yil iyun oyida Instrument in Support of Trade Exchanges (INSTEX) yangi toʻlov tizimida birinchi tranzaksiya amalga oshirildi. Tizimning bosh qarorgohi Parijda joylashgan boʻlib, u 2019-yil yanvar oyida Yevropa mamlakatlari uchun AQShning ushbu mamlakatga qarshi sanksiyalarini chetlab oʻtib, sanksiyaga uchragan Eron bilan savdo qilishlari uchun yaratilgan.

Manbalar

Oʻqish uchun

Havolalar

4°28′43″E / 50.73444°N 4.47861°E / 50.73444; 4.47861 G O

Tags:

Swift TarixiSwift SWIFT qanday ishlaydiSwift SWIFTga boʻlgan tashqi taʼsirlarSwift MuqobillariSwift ManbalarSwift Oʻqish uchunSwift HavolalarSwiftBelgiyaDasturiy taʼminotIngliz tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Xorazmshohlar davlatiOltingugurt (mineral)BotulizmTurizmZulfiyaGazlangan suvBachadonOsiyo davlatlari roʻyxatiSterilizatsiya (mikrobiologiya)HayzIslom KarimovSiqilish va choʻzilishTibbiyotBuyrak usti bezlariIqtisodiyotMarkaziy nerv sistemasiMehnat tarbiyasiXristianlikSunʼiy intellektBozor iqtisodiyotiga oʻtishAnafilaktik shokBurjMetodYahudiylikAlbert EinsteinMenejerAxborot xavfsizligiHarakatGooglePiyelonefritGʻarb falsafasiShom namoziDefektologiyaMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliRossiyaMorfemaOlmoshVitaminlarOʻzbekiston mobil telefon kodlariFoydali qazilmalarQobiliyatBuddizmIroq va Shom Islom DavlatiMatnKlinik qon tahliliNatriyQoʻshilgan qiymat soligʻiUlugʻbek rasadxonasiMonopoliyaXotiraInnovatsion faoliyatKislorodParlamentMeʼdaInson yuragiSezgiQoraqalpogʻistonZamburugʻlarMazhabLimfa sistemasiKoʻzQimmatli qogʻozlarMuhammad Sodiq Muhammad YusufReabilitatsiyaTanqidiy fikrlashInformatikaUglevodlarNamangan viloyatiAzonQozogʻistonBemorni parvarish qilishShaxmatXalq ijodiKredit-modul tizimiAhmad YugnakiyIngliz tiliQon aylanishiAluminiyTabiat🡆 More