Palmeiras (portugalcha: Sociedade Esportiva Palmeiras) — Braziliyaning San-Paulu shahridagi futbol klubi.
1914-yil 26-avgustda tashkil topgan. Bu San-Paulu, Korintians va Santos bilan birga San-Paulu shtatidagi eng kuchli toʻrtta klubdan biridir.
Palmeiras | ||||
Toʻliq nomi | Sociedade Esportiva Palmeiras | |||
Laqabi | Yashil-oqlar (portugalcha: Alviverde) Yashillar (portugalcha: Verdão) Cho'chqachalar (portugalcha: Porco) Futbol Akademiyasi (portugalcha: Academia de Futebol) | |||
Asos solingan | 26-avgust, 1914-yil | (Palestra Italia sifatida)|||
Stadion | Allianz Parque, San-Paulu, Braziliya | |||
Stadion hajmi | 45 000 | |||
Prezidenti | Leyla Pereyra | |||
Murabbiyi | Abel Ferreyra | |||
Sardori | Gustavo Gomes | |||
Reytingi | CONMEBOL 2 BFK 2 | |||
Vebsayt | palmeiras.com.br | |||
Musobaqasi | A Seriya | |||
2021 | 3 | |||
|
Braziliya Futbol Konfederatsiyasining 2010-yil dekabrdagi qaroriga koʻra, sobiq Braziliya kubogidagi gʻalabalar (1959—1968) Braziliya chempioni unvoni bilan tenglashtirildi. Shu tariqa, toʻqqizta unvonga ega „Palmeiras“ Braziliya chempionatlaridagi gʻalabalar soni boʻyicha eng oldi klub boʻlib turibdi. Shuningdek, „Palmeiras“ xalqaro maydondagi eng nomdor Braziliya klublaridan biri — jamoa uch marta Libertadores kubogini yutgan.
Klub 1914-yilda italiyaliklar tomonidan tashkil etilgan, shuning uchun 1942-yilgacha jamoa „Palestra Italia“ deb nomlangan, ammo nomini oʻzgartirgan, chunki Italiya Ikkinchi Jahon urushida ittifoqchilarga va Braziliyaning oʻziga qarshi chiqqan (Braziliya bu urushda qatnashgan yagona Lotin Amerikasi davlati edi).
Gʻolib chiqilgan barcha Braziliya musobaqalari (Braziliya chempionati, Robertan kubogi va Braziliya eski kubogi, shuningdek, yangi Braziliya kubogini hisobga olgan holda) yigʻindisiga koʻra, Palmeiras Braziliyada birinchi oʻrinda turadi.
Xalqaro maydonda jamoa 1990-yillarning oxirida murabbiy Luiz Felipe Skolari boshchiligida oʻzining eng katta yutuqlariga erishdi, 1998- va 1999-yillarda mos ravishda Copa Mercosul va Copa Libertadoresda gʻolib chiqdi va 2000-yilda oxirgi turnirning finaliga chiqdi.
2007-yil 30-martda FIFA 1951-yilgi Copa Rio turnirini birinchi klublar oʻrtasidagi jahon chempionati sifatida rasman tan oldi. Ushbu turnirda ikki oʻyin natijasiga koʻra finalda Italiyaning "Yuventus" jamoasini magʻlub etgan „Palmeiras“ gʻolib chiqdi. 2007-yil dekabr oyida FIFA oʻz fikrini oʻzgartirib, uning fikricha, Rio-1951 kubogi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining prototipi ekanligini eʼlon qildi, ammo bu turnir statistika nuqtai nazaridan Jahon chempionatiga tenglashtirilmasligi kerak.
2016-yilning 27-noyabr kuni 2016-yilgi Braziliya chempionati yakunlanishiga bir tur qolganida „Palmeiras“ Kuka boshchiligida oʻz maydonida oʻzi uchun rekord darajadagi tomoshabin (40 986 kishi) bilan uy uchrashuvida „Shapekoense“ni magʻlub etdi (1:0) va toʻqqizinchi Braziliya chempioni unvonini qoʻlga kiritdi. 2016-yil 28-noyabrga oʻtar kechasi San-Paulu shahrining koʻplab diqqatga sazovor joylari „Palmeiras“ ning oʻziga xos yashil rangi bilan bayramona yoritildi, bu 22 yil davomida A Seriyada kutilgan gʻalaba edi.
2021-yil 30-yanvar kuni Marakanada boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Libertadores kubogi finalida Palmeiras „Santos“ni 1:0 hisobida magʻlub etdi va tarixda ikkinchi marta Janubiy Amerika klublari kubogini qoʻlga kiritdi. 2021-yil 27-noyabr kuni jamoa oʻz muvaffaqiyatini takrorladi va finalda „Flamengo“ni 2:1 hisobida magʻlub etdi va jamoa klublar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. U yerda jamoa yarim finalda "Al Ahli"ni 2:0 hisobida magʻlub etib, finalga chiqdi, ammo finalda "Chelsi"ga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Palmeiras uchun eng muhim raqib bu Korintians. „Palmeiras“ 1914-yilda italiyaliklar klubi sifatida tashkil etilgan va bundan keyin „Korintians“ning baʼzi aʼzolari Palestra Italiaga koʻchib oʻtishgan. Shtatning „Katta toʻrtlik“ning boshqa klublari bilan — birinchi navbatda „San-Paulu“ bilan, „Santos“ bilan oʻyinlarda ham kurash keskinligi kam emas.
Qarama-qarshiliklarning har biri oʻz nomiga ega.
(1): 2023
(1):2022
|
|
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Palmeiras, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.