Oʻktam Isayevich Barnoyev (1964-yil, Romitan tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2020-yil 20-sentyabr, Germaniya) — oʻzbek davlat arbobi.
Samarqand, Buxoro viloyatlari hokimi va Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Oʻktam Barnoyev | |
---|---|
Bosh vazirning oʻrinbosari | |
Mansab davri 28-fevraldan – 2020-yil 20-sentyabrgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Vorisi | Shuhrat Gʻaniyev |
Buxoro viloyati hokimi | |
Mansab davri 2016-yil 16-dekabrdan – 2020-yil 27-fevralgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Muhiddin Esonov |
Vorisi | Karim Kamolov |
Samarqand viloyati hokimi | |
Mansab davri 2008-yil 15-apreldan – 2010-yil 17-dekabrgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Aʻzam Bahromov |
Vorisi | Zoir Mirzayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 4-oktyabr 1964-yil Romitan tumani |
Vafoti | 20-sentyabr 2020-yil (55 yoshda) Germaniya |
Maʼlumoti | Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
Mukofotlari |
Oʻ. I. Barnoyev 1964-yilda Buxoro viloyatining Romitan tumanida tugʻilgan. 1981—1986-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida oʻqigan.
1986-yil Buxoro viloyat birlashgan korxonalar maʼmuriyatining texnik direktsiyasining muhandisi.
1997—2000-yillar — Buxoro viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining iqtisodiyot va islohotlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari.
2000—2002-yillar — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimida rahbar.
2002—2004-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi agrosanoat kompleksining yetakchi mutaxassisi,
2004—2005-yillarda Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi.
2005—2007-yillar — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va isteʼmol tovarlarini qayta ishlash boʻyicha Axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi.
2007-yil — 2008-yil 15 aprel — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari.
2008-yil 15-aprel — 2010-yil 17-dekabr — Samarqand viloyati hokimi.
2011—2016-yilar — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi „Oʻzsuvnazorat“ suv inspektsiyasi boshligʻi,
2016-yildan „Oʻzagroximiya“ AJ inspektsiyasi rahbari va boshqaruv raisi.
2016-yil 16-dekabr — 2020-yil fevral — Buxoro viloyati hokimi. 2020-yil 27-fevralda Oʻ. I. Barnoevning nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Oʻzbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga koʻrib chiqildi va ma'qullandi. 2020-yil 28-fevralda Oʻzbekiston Prezidenti Bosh vazirning yangi oʻrinbosarini tasdiqladi. 2020-yil 6-iyuldan boshlab shuningdek, Oʻzbekistonning otchilik va ot sporti federatsiyasining raisi lavozimini egallaydi.
2020-yil 30-iyunda Oʻktam Barnoyevning COVID-19ga challingani maʼlum boʻldi.
2020-yil 20-sentyabrda nemis klinikasida vafot etdi.
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Oʻktam Barnoyev, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.