Osaka — Yaponiyadagi shahar.
Xonsyu o.ningjan. qismida. Osaka prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,6 mln. kishi (2000). O. — kattaligi va iqtisodiy ahamiyati jihatdan mamlakatda 2-oʻrinni egallaydi. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Ichki Yapon dengizi sohilidagi yirik port (yiliga 90 mln. t dan ortiq yuk ortibtushiriladi). Itami aeroporti xalqaro ahamiyatga ega.
O. — mamlakatning savdo-moliya markazi. Fond, sholi, paxta birjalari, banklar bor. Ogʻir sanoat markazi (jumladan, poʻlat, prokat, rangli metall buyumlari ishlab chiqariladi). Aniqmashinasozlik, kemachilik, energetika, priborsozlik va stanoksozlik, toʻqimachilik, kimyo-farmatsevtika, yogʻochsozlik, poligrafiya, sement, oyna-keramika sanoati korxonalari mavjud. 1933-yilda metropoliten qurilgan. 13 universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari, nafis sanʼat muzeyi va boshqa muzeylar, planetariy, teatrlar, botanika va hayvonot bogʻlari bor.
Shahar 4—7-asrlardan tilga olingan. Dastlab Naniva, 15-asrdan O. deb atalgan. 16-asr oxiridan O. mamlakat hoki-mining qarorgohi va yirik savdo shahri. Oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklaridan ibodatxonalar, qasr va boshqa bor. 1970-yilda shaharda "EKSPO—70" butun jahon koʻrgazmasi boʻlib oʻtgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Osaka, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.