Nankin (xitoycha Nanszin — jan.
poytaxt) — Xitoyning sharqiy qismidagi shahar. Szyansu provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 5,3 mln. kishi (1998). Yanszi daryosi quyi oqimidagi muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Dengiz kemalari kira oladigan port. Mamlakatning yirik iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazlaridan. Stanoksozlik, elektr va radio apparaturalari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, metallurgiya, kimyo, sement, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiklik elektr st-yasi mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan.
Nankin xitoycha: 南京 | |
---|---|
Subprovintsiya toifasidagi shahar | |
Soat yoʻnalishi boʻylab Nankin shahri, Xuanvu koʻli va Binafsha togʻning yuqoridan koʻrinishi Nankin timsoli sifatida keng eʼtirof etilgan janubiy sulolalarning Syao Jing qabri yonidagi „Bixie“ tosh haykali Yijiang darvozasi va Nankin shahar devori Qinxuay daryosi va Fuzi Miaoning tungi koʻrinishi Nankin Olimpiya sport markazi Ming Xiaoling maqbarasi Sun Yat-sen maqbarasining asosiy binosi | |
32°03′0″N 118°46′0″E / 32.05000°N 118.76667°E G O 118°46′0″E / 32.05000°N 118.76667°E G O | |
Mamlakat | Xitoy |
Provinsiya | Szyansu |
Hukumat | |
• Partqoʻm kotibi | Zhang Jinghua |
Asos solingan | mil. av. 495-yil |
Maydon | 6,587.02 km2 (2,543.26 mi²) |
Markazi balandligi | 15 m |
Aholisi (2020) | 9 314 685 |
Vaqt mintaqasi | UTC+8 |
Telefon kodi | 025 |
Pochta indeks(lar)i | 210000–213000 |
Avtomobil kodi | 苏A |
|
N.da Xitoy Fanlar akademiyasining filiali, tuproqshunoslik va geografiya institutlari, universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari, kutubxona, muzeylar, botanika va hayvonot bogʻlari, rasadxona bor.
N.ga miloddan avvalgi 472 yilda asos solingan. Turli davrlarda shahar nomi har xil atalgan. 1368—1421-yillarda mamlakat poytaxti. 1421 — 1911-yillarda Szyannan noyibligining markazi. 1853—64 yillarda Taypinlar davlati poytaxti. 1911 — 12 yillarda Sun Yatsen boshliq Xitoy Respublikasi hukumatining qarorgoxi. 1912-yildan Szyansu provinitsiyasining maʼmuriy markazi. Maʼmuriy va tarixiy yodgorliklardan „Imperator shahri“ (14—15-asrlar), shahar devori (uz. 34 km), ibodatxonalar, mak, baralar saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Nankin, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.