Nabi Jaloliddin: Oʻzbek yozuvchisi va shoiri

Nabi Jaloliddin (1962-yil 2-may; Andijon viloyati, Izboskan tumani, Oʻzbekiston SSR) – yozuvchi, jurnalist, shoir, tarjimon, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Shuningdek, „Shuhrat“ medali sohibi (2020). Tarjimon oʻlaroq Albert Camusning „Kaligula“ pyesasi va Vasiliy Shukshinning „Men sizga erk bergani keldim“ romanini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Choʻlpon haqidagi „Tegirmon“ hamda Umar Xayyomga bagʻishlangan „Oraliq (Xayyom)“ romani oʻquvchilari orasida mashhur.

Nabi Jaloliddin
Nabi Jaloliddin: Biografiyasi, Faoliyati, Ijodi
Tavalludi 2-may 1962-yil (1962-05-02) (61 yosh)
Andijon viloyati Izboskan tumani Jonobod qishlogʻi
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSR Oʻzbek SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti
Mashhur ishlari „Yalpizli kecha“ (1993)
"Hur nido" (1996)
"Oʻlimning rangi" (1998)
"Sen bilan qolmayman" (2002)
"Erkagi bor uy" (2005)
"Oraliq (Xayyom)"
"Tegirmon"
Mukofotlari Nabi Jaloliddin: Biografiyasi, Faoliyati, Ijodi

Biografiyasi

Nabi Jaloliddin 1962-yil 2-may kuni Andijon viloyati Izboskan tumani Jonobod qishlogʻida tugʻilgan. U 5 yoshligida otasidan, 11 yoshligida esa onasidan ayrilgan. Dastlabki taʼlimini tumandagi Toʻrtkoʻl qishlogʻida joylashgan maktab-internatda olgan. 19811983-yillarda Afgʻon urushida ishtirok etgan. Urushdan qaytgach, bir muddat Rossiyaning Tomsk shahrida oʻqib kelgan. Keyin esa hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetida tahsil olgan.

Faoliyati

Nabi Jaloliddin dastlab turli kasblarda ishlagan. Jumladan, militsiya xodimi, maktabda oʻqituvchisi boʻlib faoliyat koʻrsatgan. XX asrning 90-yillari, yaʼni Toshkentdagi oʻqishi vaqtida jurnalistika sohasidagi oʻz faoliyatini boshlagan. Yozuvchi oʻsha vaqtlarda ancha shov-shuvlarga sabab boʻlgan „Hurriyat“ gazetasi ochilishida ishtirok etgan. Keyinchalik Andijonga qaytib, mahalliy nashrlarda faoliyatini davom ettirgan. Jumladan, „Xolis“, „Hissador“, „Andijonnoma“ kabi gazetalarda turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2018-yilda Toshkentga qaytib, Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIUda muharrirlik qilgan.

Ijodi

Shoir oʻlaroq „Yalpizli kecha“ nomli ilk sheʼriy toʻplamini yozgan (1993). Yozuvchi sifatida ilk qissasi „Oʻlimning rangi“ nashrdan chiqqach, yozuvchi Pirimqul Qodirov tomonidan eʼtirof etilgan (1998). Shundan soʻng birin-ketin „Hur nido“ (1996), „Sen bilan qolmayman“ (2002), „Erkagi bor uy“ (2005) kabi sheʼriy hamda nasriy asarlari, „Oraliq (Xayyom)“ nomli tarixiy romani, Choʻlponga bagʻishlangan „Tegirmon“ romani nashr etilgan. 2021-yilda chop etilgan „Urushning davomi“ romanida oʻzi ishtirok etgan Afgʻon urushi xotiralari bilan bogʻliq voqealar tasviri aks ettirilgan.

Tarjimalari

Nabi Jaloliddin Albert Camusning „Kaligula“ pyesasini va Vasiliy Shukshinning „Men sizga erk bergani keldim“ romanini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Mukofotlari

2020-yil Nabi Jaloliddin „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.

Manbalar

Tags:

Nabi Jaloliddin BiografiyasiNabi Jaloliddin FaoliyatiNabi Jaloliddin IjodiNabi Jaloliddin TarjimalariNabi Jaloliddin MukofotlariNabi Jaloliddin ManbalarNabi Jaloliddin1962-yil2-may2020Albert CamusAndijon viloyatiIzboskan tumaniJurnalistOʻzbekiston SSROʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiShoirTarjimonVasiliy ShukshinYozuvchi„Shuhrat“ medali

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Toʻgʻri toʻrtburchakIkki nuqtaSamarqandKompyuter tarmogʻiKonfliktEgaYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiBugʻdoyMisOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiLitosferaQon kasalliklariMilliy hisoblar tizimiAntibiotiklarXotiraSirdaryo (viloyat)KanadaAbdurauf FitratMuomala madaniyatiTezisJinoyatAl-XorazmiyIshlab chiqarish samaradorligiKurashAdabiyotAminokislotalarErkin AʼzamMicrosoft ExcelAdobe PhotoshopLorents kuchiSportOrtopediyaElektrokardiogrammaQoraqalpogʻistonVeb-saytTezlikSanoatOʻtkan kunlarSanitariyaXitoyda taʼlim tizimiFoydali qazilmalarSharq falsafasiIrodaXudoyberdi ToʻxtaboyevOʻzbekiston viloyatlariAbu Rayhon BeruniyHijriy yil hisobiAnemiyaDoʻstlikOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariKutubxonaSuyakYevropaGerontopsixologiyaBolalar psixologiyasiSurxondaryo viloyatiItaliyaDiniy ekstremizmGoʻri AmirUzAutoMotorsHarakatRentgen nurlariDeformatsiyaProtsessorReleTIMSSYozSogʻlom turmush tarziSuvchechakYulduzVirusli gepatitVijdon erkinligiAbulfayzxonYaxlitlashGermaniyaYurak-qon tomir kasalliklariBotir QodirovHomiladorlikdan saqlanishAbulfayzxon (drama)🡆 More