Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi

Muqaddas Rim imperiyasi (lotincha:Sacrum Romanum Imperium; nemischa: Heiliges Römisches Reich nemischa talaffuzi:  ( tinglang)), Gʻarbiy, Markaziy va Janubiy Yevropadagi davlat boʻlib, ilk oʻrta asrlarda tashkil topib,1806-yilda Napoleon urushlari natijasida parchalangan.

'Muqaddas Rim Imperiyasi
lotincha:Sacrum Imperium Romanum
nemischa:Heiliges Römisches Reich'

Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi
 
Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi
 
Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi
962-yil 2-fevral — 1806-yil 6-avgust


Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi
 
Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi
 
Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi
 
Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi
 
Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi
 
Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi
 
Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi
Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi
Imperiya bayrog'i (1400–1806-yillar) Imperiya gerbi (1790-1806-yillar)
Shiori
Gott erhalte Frans den Kaiser
Madhiya
Gott erhalte Franz den Kaiser
"God Save Emperor Francis"
Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi
962-yildan 1806-yilgacha Muqaddas Rim imperiyasining hududi. (Zamonaviy davlatlar misolida)
Poytaxti Axen 800-1556-yillar
Palermo (1194-yilda Genrix VI ning toj kiyishidan Shtaufenlar sulolasi qulagunga qadar)
Frankfurt (1562-yildan 1583-yilgacha)
Praga (1583-yildan 1612-yilgacha)
Vena (1612-yildan 1806-yilgacha)
Til(lar)i Nemis
Lotin(oʻrta asrlar))
Boshqa tillar (chex, polyak, italyan, golland, fransuz va boshqalar)
Dini Rasmiy dinlar:

Katolik (800-1806-yillar),
Lyuteranlik(1555-1806-yillar)
Kalvinizm (1648-1806-yillar)

Pul birligi Bir nechta:
Taler
Gulden
Groshen
Reichsthaler
Maydoni 1 000 000 km (390 000 sq mi)
Aholisi 1700-yil-25.000.000
1800-yilda-29.000.000
Boshqaruv shakli Konfederal saylangan monarxiya
Sulola Karolinglar
Vidoniylar
Unroshinglar
Ottoniylar
Saliylar
Shtaufenlar
Lyuksumburglar
Gabsburglar
Gabsburg-Lotaringiya
'Qirol'
 - 800-814-yillar Buyuk Karl
'Imperator'
 - 962-973-yillar Otton I
'Imperator'
 - 1508-1519-yillar Maksimilian I
'Imperator'
 - 1519-1556-yillar Karl V
'Imperator'
 - 1792-1806-yillar Frans II
'Tarixiy davr' Oʻrta asrlardan yangi davrgacha
Tarix
 - 25-dekabr 1800-yil Franklar qiroli Buyuk Karl Rim imperatori tojini kiydi
 - 2-fevral 962-yil Sharqiy Franklar qiroli Otton I Rim imperatori tojini kiydiradi
 - 2-fevral 1033-yil Konrad II Burgundiya qirolligi tojini kiydi
 - 25-sentabr 1555-yil Augsburg tinchlik shartnomasi
 - 24-oktabr 1648-yil Vestfaliya tinchlik shartnomasi
 - 2-dekabr 1805-yil Austerlitz jangi
 - 6-avgust 1806-yil Muqaddas Rim imperatori Frans II ning taxtdan voz kechishi

962-yilda Otton I taxtga oʻtirganidan to XII asrgacha imperiya Yevropadagi eng kuchli monarxiya edi. Tarixchi Endryu Xolt uni „ehtimol, Oʻrta asrdagi eng qudratli Yevropa davlati“ deb taʼriflaydi.  Markazlashtirilgan boshqaruv 1250-yillarga kelib susuya boshladi.

Oʻzining eng gullab-yashnagan davrida imperiya tarkibiga: Germaniya, shimoliy va markaziy Italiya, Chexiya, shuningdek, Fransiyaning ayrim hududlari kirgan. 1034-yilgacha Muqaddas Rim imperiyasi rasmiy ravishda uchta qirollikdan: Germaniya, Italiya va Burgundiyadan iborat edi. 1041-yilda Bogemiya Knyazligi imperiya tarkibiga kirdi, u 1198-yilda Bogemiya qirolligiga aylandi (rasmiy ravishda imperiya ichidagi bu maqom unga 1212-yilda "Sitsiliya oltin buqasi" bilan berilgan edi). Sitsiliya qirolligi ham 1197-yildan boshlab, imperiya tarkibiga qoʻshildi.

Imperiya 962-yilda Germaniya qiroli Otton I tomonidan tashkil etilgan va qadimgi Rim imperiyasi va Buyuk Karl Frank imperiyasining bevosita davomi sifatida koʻrilgan. Imperiya mavjudligining butun tarixi davomida markaziy hokimiyat va imperiya tarkibiga kirgan davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni oʻzgartirish jarayonlari uzluksiz davom etdi. Imperiya oʻzining butun tarixi davomida bir necha yuzlab hududiy-davlat tuzilmalarini birlashtirgan murakkab feodal iyerarxik tuzilishga ega markazlashmagan davlat birlashmasi boʻlib qoldi. Imperiyaning boshida Imperator turar edi. Imperator unvoni merosiy emas edi, imperator saylovchilar kollegiyasi tomonidan saylov natijalariga koʻra tayinlangan. Imperatorning hokimiyati hech qachon mutlaq boʻlmagan, uning vakolatlari Germaniyaning yuqori tabaqa zodagonlari va XV asrning oxiridan boshlab imperiyaning asosiy davlatlari manfaatlarini ifodalovchi Reyxstag bilan chegaralangan edi.

Imperiya oʻzining dastlabki davrida feodal- teokratik davlat xarakteriga ega boʻlib, imperatorlar xristian olamida eng yuqori hokimiyatga daʼvogar edilar. Papa taxtining mustahkamlanishi va Italiyaga egalik qilish uchun koʻp asrlik kurash Germaniyada hududiy knyazlar kuchining bir vaqtning oʻzida oʻsishi imperiyadagi markaziy hokimiyatni sezilarli darajada zaiflashtirdi. Oʻrta asrlarning oxirlarida imperiya tarkibiga kirgan davlatlar yarim mustaqil yarim mustaqil edilar. Biroq, XV asr oxiri — XVI asr boshlarida amalga oshirilgan "imperator islohoti " markaziy hukumatning taʼsirini kuchaytirishga va imperator va imperiya tarkibidagi davlatlar oʻrtasida kuchlar muvozanatini shakllantirishga imkon berdi. Ammo Reformatsiya Yevropadagi 30 yillik urushdan soʻng inqirozga uchradi va Reyxstag imperiyaning asosiy kuchiga aylantirildi. Imperiya Yangi davrda oʻz fuqarolarining mustaqilligini, shuningdek, mulklarning anʼanaviy huquq va imtiyozlarini himoya qilishni taʼminladi. Vestfaliya tinchlik shartnomasidan soʻng imperiyada bir nechta diniy mazhablar shakllandi, Imperiya katoliklar va protestantlar oʻrtasida diniy urushlar kelib chiqarmaslikka harakat qildi. Oʻttiz yillik urush tugaganidan keyin imperiyada hokimiyatni markazlashtirishga urinishlar kuzatilmadi.

XVIII asrda imperiya tizimining markaziy hokimiyat taʼsirining pasayishi kuzatildi. Muqaddas Rim imperiyasi 1806-yilgacha mavjud boʻldi, Imperiya Napoleon urushlari vaqtida tugatildi, oxirgi imperator Frans II taxtdan voz kechdi, Imperiya oʻrnida Reyn konfederatsiyasi tashkil etildi.

Kelib chiqishi

Oʻrta asr Rim imperiyasi bilan bogʻliq boʻlgan sakrum („muqaddas“ degan maʼnoni anglatadi) atamasi 1157-yildan boshlab Fridrix I tomonidan ishlatika boshlangan. Ungacha bu davlat Rim imperiyasi hududi deb atalgan.

1512-yilda Kyoln imperatorlik qonun chiqaruvchi organining farmoni bilan imperiya nomi rasman Germaniya xalqlarining muqaddas imperiyasi (nemischa: Heiliges Römisches Reich Deutscher Nation, lotincha: Imperium Romanum Sacrum Nationis Germanicæ) deb oʻzgartirildi. Muqaddas Rim imperiyasi oʻz nomini Rim imperiyasidan olgan va uning vorisi hisoblangan.

Fransuz maʼrifatparvar adibi Volter ushbu imperiya haqida kinoya bilan shunday yozadi: „Oʻzini Muqaddas Rim imperiyasi deb ataydigan va oʻzini muqaddas Rim imperiyasi deb atashda davom etayotgan bu davlat na muqaddas, na Rim imperiyasi, na imperiya“.

Tarix

Ilk oʻrta asrlar

Karolinglar davri

V asrda Galliyadagi Rim hokimiyati mavqeyining pasayishi fonida mahalliy german qabilalari bu yerda nazoratni oʻz qoʻliga oldi. V asr oxiri va VI asr boshlarida Xlodvig I va uning vorislari boshchiligidagi merovinglar frank qabilalarini birlashtirib, Shimoliy Galliya va oʻrta Reyn daryosi vodiysi mintaqasi ustidan oʻz nazoratini oʻrnatdi. VIII asrning oʻrtalariga kelib, merovinglar yoʻboshchisiga aylangan Karl Martel boshchiligidagi karolinglar sulolasi amalda bu huddudda oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Uning oʻgʻli Pipin Pakana 751-yilda rasman Franklar qiroli boʻldi va Rim papasining roziligini oldi.  Karolinglar oilasi papa bilan yaqin ittifoq tuzishdi.

768-yilda Pipin Pakananing oʻgʻli Karl Franklar qiroli boʻldi va qirollik hududlarini kengaytira boshladi. Oxir-oqibat u oʻz mamlakati hududiga hozirgi Fransiya, Germaniya, Shimoliy Italiya, Markaziy Yevropa mamlakatlari hududlarini qoʻshib oldi. Endi Franklar qirolligi bevosita Papa yerlari chegaradosh boʻlib qoldi.

797-yilda Sharqiy Rim imperatori Konstantin VI oʻzini imperator deb eʼlon qilgan onasi Iren tomonidan taxtdan chetlatildi. Katolik cherkovi faqat erkak Rim imperatorini xristian olamining boshligʻi deb hisoblaganligi sababli, Papa Lev III yangi Rim imperatori uchun nomzod qidira boshladi.

Karlning lombardlarga qarshi Papa mulkini himoya qilishda cherkovga koʻrsatgan yordami uni ideal nomzodga aylantirdi. 800-yilning 25-dekabrda Rim papasi Lev III Buyuk Karlga imperatorlik tojini kiygazdi va Gʻarbda uch asr davomida birinchi marta imperatorlik unvonini tikladi.  Bu papaning tanazzulga yuz tutayotgan Vizantiya imperiyasidan yuz oʻgirib, Karolinglar boshqaruvidagi franklar qirolligining yangi kuchga aylanishining ramzi sifatida koʻrish mumkin. Buyuk Karl Renovatio imperii Romanorum („Rim imperiyasining yangilanishi“) unvonini qabul qildi.

814-yilda Buyuk Karl vafot etgandan soʻng, imperatorlik toji uning oʻgʻli Lyudovik I Taqvodorga oʻtdi. 840-yilda Lyudovik I vafot etgandan soʻng, hokimiyat uning oʻgʻli Loterga oʻtdi. Bu vaqtda Buyuk Karl hududi bir necha hududlarga boʻlinib ketgan edi. IX asr oxirlarida Gʻarbiy Franklar qirolligi va Sharqiy Frank qirolligi hudularini qirol Karl Kal va Karl Semiz Imperiyani qisqa vaqt ichida birlashtira oldi. 888-yilda Karl Semiz vafotidan keyin Karolinglar imperiyasi parchalanib ketdi va hech qachon qaytib tiklanmadi.

Sharqiy Frank qirolligi

Taxminan 900-yilda Sharqiy Frank qirolligining gersogliklari (Frankoniya, Bavariy , Shvabiya, Saksoniya va Lotaringiya) qayta birlashdi. 911-yilda Karolinglar qiroli Lyudovik II vafot etganidan soʻng, Sharqiy Frank tojini kiyish uchun Gʻarbiy Frank qiroliga murojaat qilinmadi, balki uning oʻrniga Frankoniya gersogi Konradni Rex Francorum Orientalium qilib sayladi. 919-yilda oʻlimi oldidan Konrad tojni Saksoniyalik Genrix Faulerga (919-936-yillar) topshirdi.

Genrix 936 yilda vafot etdi, lekin uning avlodlari, Ottoniylar (yoki yudolfing) sulolasi Sharqiy Frank qirolligini (yoki Germaniya qirolligi) taxminan bir asr davomida boshqarishdi. Genrix Faulerning oʻlimidan soʻng, uning oʻgʻli Otton I  936-yilda Axenda qirol etib saylandi.  U kichik grafliklar va bir necha gersoglarning bir qator qoʻzgʻolonlarini bostirdi. Shundan soʻng, qirol gersoglarning tayinlanishini nazorat qilishga muvaffaq boʻldi. U Sharqiy Frank gersogliklarining aksariyat rahbarlarini oʻz qarindoshlari bilan almashtirdi. Shu bilan birga, u oʻz oila aʼzolarining qirollik huquqlarini buzilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun eʼtiborli boʻldi.

Muqaddas Rim imperiyasining tashkil topishi

951-yilda Otton I Italiyaning beva qirolichasi Adelaydaga yordamga bordi, dushmanlarini magʻlub etdi, unga uylandi va Italiya ustidan nazoratni oʻz qoʻliga oldi.  955-yilda Otton I Lechfeld jangida vengerlar ustidan gʻalaba qozondi.  962-yilda Otton I ga Rim papasi Ioann XII imperatorlik tojini kiydirdi. Otton I ning imperator sifatida toj kiyishi nemis qirollarini Translatio imperii anʼanasi orqali Buyuk Karl imperiyasining vorisi sifatida belgilandi. Buyuk Otton I hukmronligi davridan boshlangan sanʼatning gullab-yashnashi Otton Uygʻonish davri sifatida atalib, uning markazi Germaniya edi, qolaversa, Shimoliy Italiya va Fransiyada ham ushbu jarayon yuzaga keldi.

963-yilda Otton I hozirgi Ioann XIIni taxtdan agʻdardi va yangi Rim papasi sifatida Lev VIII ni papalikka koʻtardi. Ushbu voqea Sharqiy Rim imperiyasi bilan ziddiyatlarni yuzaga keltirdi, ayniqsa Otton I ning oʻgʻli Otton II imperator Romanorum unvonini qabul qilganidan keyin bu ziddiyat kuchaydi. Shunga qaramay, Otton II Vizantiya malikasi Teofanuga uylanib sharq bilan nikoh aloqalari orqali yangi munosabatlarni oʻrnatdi.

996-yilda Otton III oʻzining amakivachchasi Grigoriy V ni birinchi nemislardan boʻlgan Rim papasi etib tayinladi. Otton III 1002-yilda yosh vafot etdi va uning oʻrnini amakivachchasi Genrix II egalladi. Genrix II 1024-yilda vafot etdi va Saliyan sulolasidan boʻlgan Konrad II gersoglar va zodagonlar oʻrtasidagi bahs-munozaralardan keyingina qirol etib saylandi.

Muqaddas Rim imperiyasi oxir-oqibat toʻrtta qirollikdan iborat boʻldi. Shohliklar quyidagilar edi:

  • Germaniya Qirolligi (962-yildan imperiyaning bir qismi);
  • Italiya Qirolligi (962-yildan 1801-yilgacha);
  • Bogemiya Qirolligi (1002-yildan Bogemiya gersogligi (1198-yilda qirollikka aylangan);
  • Burgundiya qirolligi (1032-yildan 1378-yilgacha).

Yuqori oʻrta asrlar

Shtaufenlar sulolasi

Saliyan sulolasi 1125-yilda Genrix V ning oʻlimi bilan tugagach, gersoglar uning yaqin qarindoshlarini emas, balki oʻrta darajada kuchli, ammo allaqachon keksaygan Saksoniya gersogi Lotarni tanladilar. U 1137-yilda vafot etganida, gersoglar yana yangi qirol tayinlashdi. Ular Shtaufenlar oilasidan imperator Genrix IV ning nabirasi Konrad III ni qirol etib saylashdi. Shtaufenlarning hokimiyta tepasiga kelishi Velflar bilan bir asrlik janjal keltirib chiqardi. Konrad Velflarni oʻz mulklaridan quvib chiqardi, ammo 1152-yilda vafotidan keyin jiyani Fridrix I „Barbarossa“ uning oʻrnini egalladi va Velflar bilan sulh tuzdi.

Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi 
Franklar qirolligi

Fridrix I Barbarossa 1155-yilda imperator taxtiga oʻtirdi. U qisman imperatorning kuchini papadan mustaqil ravishda oqlashga urinib, imperiyaning „Romanligi“ ni taʼkidladi.

Fridrix I ning siyosati birinchi navbatda Italiyaga qaratilgan boʻlib, u shimolning tobora badavlat va erkin shaharlari, ayniqsa Milan bilan toʻqnash keldi. U, shuningdek, Papa Aleksandr III (1159—1181-yillar) ga qarshi ozchilik tomonidan saylangan nomzodni qoʻllab-quvvatlab, Papalik bilan navbatdagi mojaroga aralashdi. Fridrix I 1177-yilda Aleksandr bilan nihoyat sulh tuzishgacha bir qator antipapalarni qoʻllab-quvvatladi. 1190-yilda Fridrix I Uchinchi Salib yurishida qatnashib, Kilikiya Armaniston Qirolligida vafot etdi.

Shtaufenlar davrida nemis knyazlari gʻarbiy slavyanlar yashamaydigan yoki kam yashaydigan erlarni muvaffaqiyatli, tinch yoʻl bilan sharqqa joylashtirishga yordam berishdi. Imperiyaning gʻarbiy qismidan nemis tilida soʻzlashuvchi dehqonlar, savdogarlar va hunarmandlar, ham nasroniylar, ham yahudiylar bu hududlarga koʻchib kelishgan. Bu yerlarning asta-sekin nemislashuvi murakkab hodisa boʻlib, uni XIX asr millatchiligining noxolis atamalarida talqin qilmaslik kerak. Sharqqa joylashish imperiyaning taʼsirini Pomeraniya va Sileziyani oʻz ichiga olgan holda kengaytirdi, shuningdek, mahalliy slavyan hukmdorlari bilan nikohlar orqali munosabtlarni normallashtirdi.

Fridrix I Barbarossaning oʻgʻli va vorisi Genrix VI davrida Shtaufenlar sulolasi oʻzining eng choʻqqisiga chiqdi. Genrix VI Sitsiliyaning Norman qirolligini oʻz hududlariga qoʻshib oldi, ingliz qiroli Richard Sheryuraknini asirlikda ushlab turdi. Fridrix Barbarossa vafotidan soʻng kenja oʻgʻli Shvabiyalik Filipp va toj uchun kurashgan Genrix Arslonning Brunsviklik oʻgʻli Otton ikki tomonlama saylandi. 1208-yilda Filipp janjalda oʻldirilganidan soʻng, Otton yakka hukmdorga aylandi.

Imperiya va Sitsiliyaning birlashishi tahdididan qoʻrqqan Papa Innokentiy III Germaniyaga yurish qilgan va Ottonni magʻlub etgan Fridrix II ni qoʻllab-quvvatladi. Gʻalabasidan soʻng, Fridrix ikki hududni alohida saqlash haqidagi vaʼdasiga amal qilmadi. Garchi u Germaniyaga yurishdan oldin oʻgʻli Genrixni Sitsiliya qiroli etib tayinlagan boʻlsa ham, u hali ham haqiqiy siyosiy hokimiyatni oʻzi uchun saqlab qolgandi. Bu jarayon Fridrix II 1220-yilda imperator taxtiga oʻtirgandan keyin ham davom etdi. Fridrix II ning kuchini oshishidan qoʻrqib, Rim papasi uni quvgʻin qildi. Yana bir munozarali nuqta Fridrix vaʼda qilgan, lekin qayta-qayta keyinga qoldirgan Salib yurishi edi. Keyinchalik, quvgʻin qilingan boʻlsa-da, Fridrix 1228-yilda Oltinchi Salib yurishiga rahbarlik qildi, bu jarayon Quddus Qirolligini vaqtincha tiklash bilan yakunlandi.

Uning imperatorlik daʼvolariga qaramay, Fridrixning hukmronligi imperiyada markaziy boshqaruvning parchalanishining asosiy burilish nuqtasi boʻldi. Sitsiliyada zamonaviy, markazlashgan davlatni barpo etishga eʼtibor qaratgan boʻlsa-da, u asosan Germaniyada boʻlmagan va Germaniyaning dunyoviy va cherkov knyazlariga keng koʻlamli imtiyozlar: 1220-yilda yepiskoplar tayinlash, tariflar oʻrnatish, tanga zarb qilishlarni bergan.

Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi 
Muqaddas Rim Imperiyasi XI asr

Bogemiya Qirolligi

Bogemiya Qirolligi oʻrta asrlarda muhim mintaqaviy kuchga ega davlat edi. 1212-yilda qirol Ottokar I (1198-yilda „qirol“ unvonini olgan) imperator Fridrix II dan Sitsiliya Oltin buqasini (rasmiy farmon) olib, Ottokar va uning avlodlari uchun qirollik unvonini qabul qilib oldi va Bogemiya gersogligi qirollikka aylandi. Bogemiya qirollari Muqaddas Rim imperiyasi oldidagi imperator kengashlarida ishtirok etishdan tashqari barcha majburiyatlardan ozod qilindi. Karl IV Pragani Muqaddas Rim imperatorining qarorgohi qilib tanladi.

Interregnum

    Mazkur turkum uchun asosiy maqola mavjud emas — Interregnum. Siz uni yaratib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.

1250-yilda Fridrix II vafotidan keyin Germaniya qirolligi uning oʻgʻli Konrad IV va anti-qirol Gollandiyalik Vilgelm oʻrtasida boʻlingan. Konradning oʻlimidan keyin Interregnum sodir boʻldi, bu davrda hech bir qirol umumeʼtirofga erisha olmadi, bu esa knyazlarga oʻz mulklarini mustahkamlashga va hukmdor sifatida yanada mustaqil boʻlishga imkon berdi. 1257-yildan keyin toj uchun Guelf xonadoni tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Kornuollik Richard va Shtaufenlar xonadonida tomonidan qoʻllab-quvvatlangan, lekin hech qachon nemis zaminiga qadam bosmagan Kastiliyalik Alfonso X oʻrtasida taxt uchun kurash boshlandi. 1273-yilda Richard vafotidan keyin Germaniyada qirol etib Rudolf I saylandi. U Gabsburglar orasida birinchi boʻlib qirollik unvoniga ega boʻlgan, ammo u hech qachon imperator tojini kiymagan. 1291-yilda Rudolfning oʻlimidan soʻng, Adolf va Albert qirol boʻlishdi ular ham hech qachon imperator tojini kiymagan.

Albert 1308-yilda oʻldirildi. Darhol Fransiya qiroli Filipp IV oʻzining akasi Karl Valuani Muqaddas Rim imperiyasining navbatdagi qiroli etib saylanishi uchun harakat qila boshladi. Filipp IV Fransiya papasi Klement V (1309-yilda Avinonda tashkil etilgan) qoʻllab-quvvatladi va uning imperiyani fransuz qirollik uyi taʼsiriga olib chiqish istiqbollarini olqishladi. U nemis saylovchilariga pora berish umidida fransuz pullarini hisobsizlik bilan tarqatdi. Koʻpchilik taxtda fransuz Karl Valuani koʻrishni xohlamasdi, Karlga asosiy raqib Palatin grafi Rudolf edi.

Oʻnlab yillar davomida imperatorsiz yashab kelgan saylovchilar, yirik hududiy magnatlar Karl Valuadan ham, Rudolfdan ham norozi edilar. Buning oʻrniga Lyuksemburg grafi Genrixni 1308-yil 27-noyabrda Frankfurtda olti ovoz bilan Genrix VII etib saylashdi. Shu tariqa Genrix VII 1309-yil 6-yanvarda Axenda qirol, 1312-yil 29-iyunda Rimda Rim papasi Klement V tomonidan imperatorlik tojini qabul qildi va bu interregnumni tugatdi.

Siyosiy tizimdagi oʻzgarishlar

XIII asrda yer boshqaruvidagi umumiy tuzilmaviy oʻzgarishlar siyosiy hokimiyatning aristokratik feodalizm hisobiga oʻsib borayotgan burjuaziya tomon siljishiga olib keldi. Shaharlarning yuksalishi va yangi shaharliklar tabaqasining vujudga kelishi feodalizmning ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy tartibini tugatdi.  Shaxsiy majburiyatlar oʻrniga pul qishloq xoʻjaligida iqtisodiy qiymatni ifodalovchi umumiy vositaga aylandi.

Dehqonlardan borgan sari oʻz egalariga soliq toʻlash talab qilina boshlandi. XII asrda Ganza ittifoqi oʻzini imperiyaning hamda butun shimoliy va markaziy Yevropadagi shahar va shaharlar savdogarlarining tijorat va mudofaa ittifoqi sifatida tashkil topdi. U Boltiq dengizi, Shimoliy dengizda dengiz savdosida ustunlik qildi. Ittifoqdagi shaharlarning har biri oʻz suverenitetining huquqiy tizimini saqlab qoldi, Ittifoq tarkibidagi Imperiya erkin shaharlari faqat cheklangan darajadagi siyosiy avtonomiyaga ega edi. XIV asrning oxiriga kelib, ittifoq agar kerak boʻlsa, oʻz manfaatlarini harbiy vositalar bilan taʼminladi. Xususan, 1361-yildan 1370-yilgacha Daniya Qirolligi bilan urush olib borildi. Ittifoq 1450-yildan keyin oʻz mavqeyini yoʻqotdi.

Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi 
1356-yilgi Oltin Buqa imzolanganda Muqaddas Rim imperiyasi

Soʻngi oʻrta asrlar

Hududiy oʻzgarishlar

Impratorni saylashdagi qiyinchiliklar, oxir-oqibat, knyaz saylovchilarning alohida birlashmasini (Kurfürsten) paydo boʻlishiga olib keldi, uning tarkibi va tartibi 1356-yilda Karl IV (1355-1378-yillarda hukmronlik qilgan) tomonidan chiqarilgan „Oltin buqa“ da bayon etilgan. 1346-yildan 1806-yilgacha amalda boʻlgan. Oltin Buqa Muqaddas Rim imperatorini saylash tizimini ham belgilab berdi. Endi imperator barcha yetti saylovchining roziligi bilan emas, balki koʻpchilik tomonidan saylanishi kerak edi. Saylovchilar uchun unvon meros boʻlib qoldi va ularga tanga zarb qilish huquqi berildi. Shuningdek, ularning oʻgʻillariga imperator tillarini — nemis, lotin, italyan va chex tillarini oʻrganish tavsiya etilgan. Karl IV ning qarori munozaralarga sabab boʻldi: bir tomondan, u Shtaufenlar davri tugaganidan soʻng fuqarolik toʻqnashuvlari avj olgan imperiya yerlarida tinchlikni tiklashga yordam berdi; boshqa tomondan, markaziy hokimiyat kuchsizlanib qoldi. Tomas Bredining fikricha, Karl IV ning maqsadi qirollik saylovlarini tugatish edi. Shu bilan birga, u Bogemiya (Chexiya)ni Lyuksemburglarning imperiyaning asosiy yerlari va ularning sulolaviy asosi deb eʼlon qildi. Uning Bogemiyadagi hukmronligi koʻpincha mamlakatning oltin davri hisoblanadi.

Shtaufenlardan keyingi qirollarning oʻz hokimiyatini saqlab qolishga urinishlari hokimiyatning oʻzgarishi bilan ham namoyon boʻldi. Oldin imperiyaning moliyasi imperiyaning Reyxsgut deb atalgan va u imperatorga tegishli boʻlgan. XIII asrdan keyin Reyxsgutning ahamiyati yoʻqoldi, garchi uning baʼzi qismlari 1806-yilda imperiya tugaguniga qadar saqlanib qolgan boʻlsa-da, Reyxsgut tobora koʻproq mahalliy gersoglarga boʻysungan.

1312-yilda Lyuksemburg sulolasidan Genrix VII Fridrix II dan keyingi birinchi marta Muqaddas Rim imperatori sifatida toj kiygan. Undan keyin barcha qirollar va imperatorlar oʻz oilasi (Hausmaxt) yerlariga tayanganlar:

Vittelsbaxlik Lyudovik IV (qirol 1314-yilda, imperator 1328—47-yillarda) Bavariyadagi yerlariga tayangan boʻlsa, Genrix VII ning nabirasi Lyuksemburglik Karl IV Bogemiyadagi oʻz yerlaridan kuch oldi.

Protestant islohoti va Renessans

1516-yilda boʻlajak Muqaddas Rim imperatori Karl V ning bobosi Aragonlik Ferdinand II vafot etdi.  Karl oʻz hukmronligini onasi Joanna Kastiliya bilan birgalikda Kastiliya va Aragonda boshlagan. 1519-yilda Ispaniyada Karlos I sifatida hukmronlik qilgan Karl V sifatida imperator unvonini oldi.

Karlning Muqaddas Rim Imperiyasida hukmronligi boshlanishidan oldin, 1517-yilda Martin Lyuter keyinchalik Reformatsiya boshladi. Keyin imperiya diniy yoʻnalishlar boʻyicha boʻlindi, shimol, sharq va koʻplab yirik shaharlar — Strasburg, Frankfurt va Nyurnberg protestant boʻldi, janubiy va gʻarbiy hududlar esa katolik edi.

Karl hukmronligining boshida yana bir Reyxs polki qayta tashkil etildi (1522-yil), Garchi Karl uning yoʻqligida bunga toqat qilishini va uning raisi uning vakili boʻlishi kerakligini eʼlon qildi. Karl V 1521-yildan 1530-yilgacha Germaniyada boʻlmagan. 1500-yillarning boshlarida tashkil etilganiga oʻxshab, Reyxs polki knyazlar oʻrtasidagi beqaror ishtirok va kelishmovchiliklar tufayli imperatordan mustaqil federal hokimiyatni yarata olmadi. Karl V 1547-yilda Shmalkaldlar urushida protestant knyazlarini magʻlub etdi, ammo protestant mulklari harbiy magʻlubiyatga qaramay, siyosiy jihatdan omon qolishga muvaffaq boʻldi.  1555-yil Augsburg tinchlik shartnomasida, Karl V akasi Ferdinand orqali hukmdorlarning katoliklik yoki lyuteranizmni tanlash huquqini rasman tan oldi (svinglyanlar, kalvinistlar va radikallar kiritilmagan).  1555-yilda Pavel IV papa etib saylandi va Fransiya tarafini yoqlab chiqdi, shundan keyin Karl V nihoyat jahon xristian imperiyasidan umidini uzdi.

Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi 
Innsbruk , Maksimilian davridagi eng muhim siyosiy markaz

Borokko davri

Germaniya oltmish yil davomida nisbatan tinchlikka ega boʻldi. Sharqiy jabhada turklar tahdid sifatida kuchayishda davom etgan boʻlsa-da garchi urush protestant knyazlari bilan yanada murosaga kelishni anglatadi va shuning uchun imperator bundan qochishga harakat qildi. Gʻarbda Reynlandiya tobora koʻproq Fransiya taʼsiriga tushdi. Gollandiyaning Ispaniyaga qarshi qoʻzgʻoloni boshlanganidan soʻng, imperiya betaraf boʻlib, 1581-yilda Niderlandiyaga imperiyani tark etishga ruxsat berdi. uning taʼsiri Kyoln urushi boʻlib, Reynning yuqori qismining katta hududimi vayron qilgan. Imperator Ferdinand III 1653-yilda Gollandiyaning betarafligini rasman qabul qildi, bu qaror 1728-yilda Reyxstag tomonidan tasdiqlangan.

1564-yilda Ferdinand vafot etgach, uning oʻgʻli Maksimilian II imperator boʻldi va otasi singari protestantizm mavjudligini va u bilan vaqti-vaqti bilan murosa qilish zarurligini tan oldi. Maksimilian 1576-yilda uning oʻrniga Rudolf II keldi, u klassik yunon falsafasini nasroniylikdan afzal koʻrdi va Bogemiyada yashadi. Katolik cherkovi Avstriya va Vengriyada nazoratni zoʻrlik bilan qayta tiklaganida, u bunga aralashmadi, bundan protestant knyazlari norozi boʻlishdi.

1612-yilda Rudolf vafot etganida imperiya hokimiyatida keskinlik yuzaga keldi. Bogemiyaliklar imperatorga qarshi isyon koʻtarishi oqibatida, imperiyani vayron qilgan Oʻttiz yillik urush (1618-48-yillar) boʻlib oʻtdi. Chet el davlatlari, shu jumladan Fransiya va Shvetsiya mojaroga aralashib, imperator kuchiga qarshi kurashayotganlarni qoʻllab-quvvatladilar, shu bilan birga oʻzlari ham katta hududlarni egallab oldilar.

Oʻttiz yillik urushni tugatgan 1648-yildagi Vestfaliya tinchlik shartnomasi kalvinizmga ruxsat berdi, ammo anabaptistlar, arminianlar va boshqa protestant jamoalari hali ham hech qanday imtiyoz berilmadi va imperiyaning oxirigacha taʼqib qilindi. Gabsburg imperatorlari Avstriya va boshqa joylarda oʻz mulklarini birlashtirishga eʼtibor qaratdilar.

Vena jangida (1683) Polsha qiroli Ioann III boshchiligidagi Muqaddas Rim imperiyasining armiyasi turk qoʻshinini qaqshatqich magʻlub etib, Usmonlilarning gʻarbiy yurishini toʻxtatdi va Yevropada Usmonli imperiyasining parchalanishiga olib keldi. Armiya Polsha-Litva Hamdoʻstligining uchdan birini va Muqaddas Rim Imperiyasining uchdan ikki qismini tashkil etgan.

Yangi davr

Prussiya va Avstriya raqobati

    Mazkur turkum uchun asosiy maqola mavjud emas — Prussiya va Avstriya raqobati. Siz uni yaratib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.

XVIII asr davomida Gabsburglar turli Yevropa toʻqnashuvlarida qatnashdilar, masalan, Ispaniya vorisligi urushi (1701-1714-yillar), Polsha vorisligi urushi (1733-1735-yillar) va Avstriya vorisligi urushi (1740-1740-yillar). Avstriya va Prussiya oʻrtasidagi nemis dualizmi 1740-yildan keyin imperiya tarixida hukmronlik qildi.

Imperiyaning qulashi

1792-yildan boshlab inqilobiy Fransiya imperiyaning turli qismlari bilan urush olib bordi. Imperiya 1806-yil 6-avgustda, oxirgi Muqaddas Rim imperatori Frans II (1804-yildan Avstriya imperatori) Austerlitzda Napoleon boshchiligida fransuzlar tomonidan magʻlubiyatga uchraganidan soʻng Pressburg shartnomasiga koʻra taxtdan voz kechdi. Napoleon imperiyaning katta qismini Reyn Konfederatsiyasiga aylantirdi. Fransning Gabsburg-Lotaringiya uyi imperiyaning qulashidan omon qoldi va Birinchi jahon urushidan keyin 1918-yilda Gabsburglar imperiyasi yakuniy tarqatib yuborilgunga qadar Avstriya imperatorlari va Vengriya qirollari sifatida hukmronlik qilishda davom etdi.

Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi 
Muqaddas Rim imperiyasining toji

1815-yilda Napoleon urushlari tugaganidan soʻng Reyn Napoleon Konfederatsiyasi oʻrniga yangi ittifoq — Germaniya Konfederatsiyasi paydo boʻldi.(qarang: Germaniya Konfederatsiyasi) Bu Prussiya 1871-yilda Avstriya va Shveytsariyadan tashqari nemis tilida soʻzlashuvchi hududlarni Prussiya rahbarligida birlashtirgan Germaniya imperiyasining tuzguniga qadar davom etdi.

Muqaddas Rim Imperiyasining hozirgi kungacha monarxiya maqomini saqlab qolgan yagona knyazlik davlatlari Lyuksemburg Buyuk Gertsogligi va Lixtenshteyn Knyazligidir. Germaniyada davlat sifatida mavjud boʻlgan yagona erkin imperator shaharlari Gamburg va Bremendir. Muqaddas Rim imperiyasining boshqa barcha tarixiy aʼzo davlatlari yo tarqatib yuborilgan yoki respublika boshqaruv tizimlarini qabul qilgan.

Imperiyaning mulklari

Imperiya tarkibidagi hududlar soni juda koʻp boʻlib, Vestfaliya tinchligi davrida ularning soni 300 ga yaqin edi. Imperiyaning eng qudratli lordlari avstriyalik gabsburglar boʻlib, ular XVII asrning birinchi yarmida imperiya tarkibidagi 240 000 km 2 (93 000 sq mi) yerni, asosan, hozirgi Avstriya va Chexiyani boshqargan. Shu bilan birga, Saksoniya, Bavariya va Brandenburg elektorlari tomonidan boshqariladigan yerlar (Prussiya qoʻlga kiritgunga qadar) hammasi 40 000 km 2 (15 000 sq mi) ga yaqin edi; Brunsvik -Lüneburg gertsogi (keyinchalik Gannover elektorati) bir xil oʻlchamdagi hududga ega edi. Bular nemis qirolliklarining eng kattasi edi. Pfalz elektorati 20 000 km 2 (7 700 sq milya) da sezilarli darajada kamroq edi va Mayns, Kyoln va Trierdagi cherkov elektoratlari ancha kichikroq boʻlib, taxminan 7 000 km 2 (2,700 kv milya). Ulardan sal kattaroq, taxminan 7 000-10 000 km 2 (2 700- 3 900 sq mi) Vyurtemberg gersogligi, Gessen-Kassel landgraviati va Meklenburg-Shverin gersogligi edi. Ular oʻlchamlari boʻyicha Salzburg va Myunster knyaz-episkoplari tomonidan taxminan bir xil edi. Boshqa nemis hududlarining aksariyati, shu jumladan, boshqa knyaz-episkopliklari, 5000 km 2 (1900 sq mi) dan kam edi, eng kichigi imperator ritsarlari hududi edi; taxminan 1790-yillarda Ritsarlar 350 ta oiladan iborat boʻlib, jami bor-yoʻgʻi 5000 km 2 maydonni boshqargan. Imperiya Italiya koʻproq markazlashgan edi, uning koʻp qismi Savoy (Savoy, Pyemont, Nitsa, Aosta), Toskana Buyuk Gersogligi (Toskana, Bar Lucca), Genuya Respublikasi (Liguriya, Koriska), Modena-Rejio va Parma-Piatsensa (Emiliya) gersogliklari oʻrtasida boʻlingan. Ispaniyaning Milan gersogligi (Lombardiyaning katta qismi), har birida yarim milliondan bir yarim milliongacha aholi bor edi. 

Oʻttiz yillik urushdan keyin Imperiyaning hududiy ulushlari

Boshqaruvchilar 1648-yil 1714-yil 1748-yil 1792-yil
Austriya Gabsburglari 225,390 km2 (32.8 %) 251,185 km2 (36.5 %) 213,785 km2 (31.1 %) 215,875 km2 (31.4 %)
Brandenburg Gogenzollernlari 70,469 km2 (10.2 %) 77,702 km2 (11.3 %) 124,122 km2 (18.1 %) 131,822 km2 (19.2 %)
Boshqa elektoratlar 89,333 km2 (13.1 %) 122,823 km2 (17.9 %) 123,153 km2 (17.9 %) 121,988 km2 (17.7 %)
Boshqa yerlar 302,146 km2 (44.0 %) 235,628 km2 (34.3 %) 226,278 km2 (32.9 %) 217,653 km2 (31.7 %)
Umumiy 687,338 687,338 687,338 687,338

Aholi

Muqaddas Rim imperiyasining umumiy aholisi soni juda noaniq va juda xilma-xildir. Buyuk Karl imperiyasida 20 million kishi boʻlgan.  Keyingi imperiyaning siyosiy tarqoqligini inobatga olgan holda, bunday raqamlarni jamlay oladigan markaziy idoralar mavjud emas edi. Shunga qaramay, Oʻttiz yillik urushning demografik falokati XVII asr boshlarida imperiya aholisining XVIII asr boshlarida boʻlganiga oʻxshashligini anglatardi; Bir hisob-kitoblarga koʻra, imperiya 1750-yilgacha 1618-yilgi aholi darajasidan oshmagan.

XVII asr boshlarida saylovchilar oʻz hukmronligi ostida quyidagi miqdordagi imperator subʼyektlarini ushlab turishgan:

Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi 
Yetti saylovchi
  • Gabsburg monarxiyasi: 5,350,000 (jumladan, 3 million Bogemiya yerlarida)  
  • Saksoniya elektorati: 1 200 000
  • Bavariya gersogligi (keyinroq Bavariya elektorati): 800 000
  • Saylov palatinati: 600 000
  • Brandenburg elektorati: 350 000
  • Mayns, Trier va Kyoln elektoratlari: jami 300-400 000

XVIII asrning birinchi oʻn yilligidagi Avstriya urush arxivlarining zamonaviy hisob-kitoblariga koʻra, Imperiya, jumladan, Bogemiya va Ispaniya Gollandiyasi, 28 millionga yaqin aholiga ega boʻlgan va quyidagicha taqsimlangan:

  • 65 cherkov shtatlari umumiy yer maydonining 14 foizini va aholisining 12 foizini;
  • 80 foiz yer va 80 foiz aholiga ega boʻlgan 45 ta sulolaviy knyazliklar;
  • 3 foiz yer va 3,5 foiz aholiga ega 60 sulolaviy graflik va lordlik;
  • 1 foiz yer va 3,5 foiz aholiga ega 60 ta imperator shaharlari;
  • Imperator ritsarlari hududlari, bir necha yuzlab, erning 2 foizi va aholining 1 foizi.

Eng yirik shaharlar

Yillar boʻyicha imperiyaning eng yirik shaharlari yoki qishloqlari:

  • 1050-yillar: Regensburg 40 000 kishi. Rim 35 000. Maynts 30 000. Speyer 25 000. Kyoln 21 000. Trier 20 000. Qurtlar 20 000. Lion 20 000. Verona 20 000. Florensiya 15000.
  • 1300-1350-yillar: Praga 77 000 kishi. Köln 54 000 kishi. Aaxen 21 000 kishi. Magdeburg 20 000 kishi. Nyurnberg 20 000 kishi. Vena 20 000 kishi. Danzig (hozirgi Gdansk) 20 000 kishi. Strasburg 20 000 kishi. Lyubek 15 000 kishi. Regensburg 11 000 kishi.
  • 1500-yilda: Praga 70 000. Köln 45 000. Nyurnberg 38 000. Augsburg 30 000. Danzig (hozirgi Gdansk) 30 000. Lyubek 25 000. Breslau (hozirgi Vrotslav) 25 000. Regensburg 22 000. Vena 20 000. Strasburg 20 000. Magdeburg 18 000. Ulm 16 000. Gamburg 15 000.
  • 1600-yilda:Milan 130 000.  Praga 100 000. Vena 50 000. Augsburg 45 000. Köln 40 000. Nyurnberg 40 000. Gamburg 40 000. Magdeburg 40 000. Breslau (hozirgi Vrotslav) 40 000. Strasburg 25 000. Lyubek 23 000. Ulm 21 000. Regensburg 20 000. Frankfurt-Mayn 20 000. Myunxen 20 000.
    Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi 
    Vena shahri. 1580-yil

Din

Katoliklik 1555-yilgacha imperiyaning yagona rasmiy dini boʻlgan. Muqaddas Rim imperatori har doim katolik boʻlgan.

Lyuteranlik 1555 -yildagi Augsburg tinchligida va 1648 -yildagi Vestfaliya tinchligida kalvinizm rasman tan olingan. Bu ikkisi yagona rasman tan olingan protestant konfessiyalarini tashkil qilgan, shu bilan birga boshqa turli protestant konfessiyalari, masalan, Anabaptizm, Arminianizm va hokazolar birga yashagan. Anabaptizmda ham turli mazhablar paydo boʻldi, jumladan Mennonitlar, Shvartsenau birodarlari, Hutteritlar, Amishlar va boshqa koʻplab guruhlar.

Augsburg tinchligidan keyin hududning rasmiy dini cuius regio, eius religio printsipi bilan belgilandi, unga koʻra hukmdorning dini oʻz fuqarolarining dinini belgilaydi. Vestfaliya tinchligi 1624-yil 1-yanvarda „oddiy yil“ deb hisoblangan hududning rasmiy dini qanday boʻlsa, shunday boʻlishini belgilab, ushbu tamoyilni bekor qildi. Bundan buyon hukmdorning boshqa eʼtiqodga oʻtishi unga tobe boʻlganlarning dinga qaytishiga olib kelmasdi.

Bundan tashqari, katolik hukmdorining barcha protestant fuqarolari va aksincha, oʻsha sanada ega boʻlgan huquqlar kafolatlangan edi. Hududning rasmiy dini tarafdorlari ommaviy ibodat qilish huquqiga ega boʻlsalar, boshqalarga esa shaxsiy ibodat qilish huquqiga ega boʻlishlari mumkin edi. Qonunga koʻra, hech kim dinga koʻra kamsitilmasligi yoki savdo, tijorat, hunarmandchilik yoki ommaviy dafn etishdan chetlashtirilmasligi kerak edi.

Muqaddas Rim imperiyasida yahudiylar ham mavjud edi.

Manbalar

Adabiyotlar


Qoʻshimcha oʻqish uchun

  • Arnold, Benjamin, Princes and Territories in Medieval Germany. (Cambridge University Press, 1991)
  • very old scholarly survey
  • Coy, Jason Philip et al. The Holy Roman Empire, Reconsidered, (Berghahn Books, 2010)
  • Donaldson, George. Germany: A Complete History (Gotham Books, New York, 1985)
  • Evans, R.J.W., and Peter H. Wilson, eds. The Holy Roman Empire 1495-1806 (2011); specialized topical essays by scholars
  • Hahn, Hans Joachim. German thought and culture: From the Holy Roman Empire to the present day (Manchester UP, 1995).
  • deals with Voltaireʼs statement
  • Scribner, Bob. Germany: A New Social and Economic History, Vol. 1: 1450-1630 (1995)
  • Treasure, Geoffrey. The Making of Modern Europe, 1648-1780 (3rd ed. 2003). pp. 374-426.
  • Zophy, Jonathan W., ed. The Holy Roman Empire: A Dictionary Handbook (Greenwood Press, 1980)

Nemis tilida

  • Heinz Angermeier. Das Alte Reich in der deutschen Geschichte. Studien über Kontinuitäten und Zäsuren, München 1991
  • Karl Otmar Freiherr von Aretin. Das Alte Reich 1648-1806. 4 vols. Stuttgart, 1993-2000
  • Peter Claus Hartmann. Kulturgeschichte des Heiligen Römischen Reiches 1648 bis 1806. Wien, 2001
  • Georg Schmidt. Geschichte des Alten Reiches. München, 1999

Tags:

Holy Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi Kelib chiqishiHoly Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi TarixHoly Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi Imperiyaning mulklariHoly Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi AholiHoly Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi ManbalarHoly Roman Empire Muqaddas Rim Imperiyasi AdabiyotlarHoly Roman Empire Muqaddas Rim ImperiyasiDe-Heiliges Römisches Reich2.oggFayl:De-Heiliges Römisches Reich2.oggNapoleon urushlari

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Yaponiyada taʼlimMetodologiyaRauf ParfiDiagnostikaElektr kuchlanishQonun (huquq)Magnit induksiyaHayvonlarKitobat sanʼatiIshlab chiqarishni tashkil etishJamol KamolImom al-BuxoriyGepatit B viruslariUslubMasturbatsiyaAutizmReflekslarYalpi ichki mahsulotStatistikaEmlashIchan qalʼaOntologiyaAlpomishSadriddin AyniyMicrosoft WordTishMiokard infarktiUndosh tovushlarPsixologiyaNatriyOntogenezKasallikGermaniya birinchi jahon urushi davridaLordeAppenditsitBuddizmBogʻlovchiKapitalTenglamaFargʻonaAmir TemurLipidlarSiyosiy partiyalarHadisSurxondaryo viloyatiTranzistorOʻzbek tiliRahmat FayziyKonfutsiylikArab tiliTeri kasalliklariKanadaPaygʻambarOʻsmalarGandbolHasharotlarArvillersAbdulla QahhorAsia ArgentoTuzlarU2BTSMakruhAllohning 99 nomiSezgiKompetensiyaJahon otin UvaysiyToshkent zilzilasi (1966)DemokratiyaAkulalarAbu Rayhon BeruniyKredit-modul tizimiArastuTabiat resurslariUlugʻbek rasadxonasiAxborot tizimiOzon🡆 More