Mariya Shukshina

Mariya Vasilevna Shukshina (1967-yil 27-mayda tugʻilgan, Moskva, SSSR) — sovet va rus aktrisasi, teleboshlovchi; Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist (2008).

Aktrisa Lidiya Fedoseyeva-Shukshina va aktyor, rejissyor, yozuvchi Vasiliy Shukshinning toʻngʻich qizi.

Mariya
Mariya Shukshina
Tavalludi 27-may
Moskva
Fuqaroligi Rossiya Federatsiyasi
Kasbi Aktrisa

Biografiyasi

U 1967-yil 27-mayda Moskvada tugʻilgan. Olga Shukshinaning katta singlisi (1968-yilda tugʻilgan). Bundan tashqari, 1960-yilda tugʻilgan Anastasiya Vyacheslavovna Voronina-Fransisko ismli tugʻishgan opasi ham bor.

Bir yarim yoshida u „Birodar“ qissasida ("Gʻalati odamlar" filmi, 1969), 1972-yilda (singlisi Olga bilan birga) — Rastorguevlarning qizlari rollarida rol ijto qilgan. „Pechki-lavochki“ filmida, ikki yildan soʻng esa "Shahar ustidagi qushlar" filmida Masha (Vishnyakovaning qizi) rolini ijro qilgan (rej. S. Nikonenko, 1974). 1984-yilda Alekseevskaya metro bekati yaqinidagi 1531-sonli maktabni tamomlagan.

Chet tillar institutining tarjimonlik fakultetini tamomlagan.

1999-yil 12-oktyabrdan 2014-yil 19-dekabrgacha — Birinchi kanalda „Jdi menya“ telekoʻrsatuvining boshlovchisi bo'lgan. 2018-yil 21-yanvardan 3-iyungacha — xuddi shu telekanalda „V gosti po utram“ telekoʻrsatuvi boshlovchisi bo'lgan.

2020-yil 13-iyulda u Oʻrta Ural ayollar monastiri va sobiq shegumen Sergius (Romanov) haqidagi hujjatli filmlarini nashr etish uchun Youtube kanalini yaratdi.

Ingliz va ispan tillarida so'zlashadi.

Oilasi

Tugʻishgan singlisi (onasi tomonidan) — Anastasiya Vyacheslavovna Voronina-Fransisko (1960-yilda tugʻilgan).

Opasi — Olga Shukshina (1968-yil 29-iyulda tugʻilgan).

Singlisi (otasi bir) — Shukshina Yekaterina Vasilevna (1965-yilda tugʻilgan).

Birinchi turmush oʻrtogʻi — Artyom Tregubenko, tarjimon. Qizi — Anna Tregubenko (1988-yil 2-iyulda tugʻilgan), VGIK ishlab chiqarish boʻlimida oʻqigan. Nabirasi — Vyacheslav Tregubenko (2014-yil 21-noyabrda tugʻilgan).

Ikkinchi turmush oʻrtogʻi — tadbirkor Aleksey Kasatkin. Oʻgʻli — Makar Kasatkin (1997-yil 20-noyabrda tugʻilgan). Nabirasi — Mark (2018-yil 20-aprelda tugʻilgan).

Uchinchi turmush oʻrtogʻi — advokat va tadbirkor Boris Vishnyakov. Egizak oʻgʻillari: Tomas va Foka (2005-yil 31-iyulda tugʻilgan).

Filmografiyasi

Yil Fil’m nomi Roli
1969 Strannie lyudi (novella „Bratka“) Mashenka
1972 Pechki-lavochki doch Rastorguevix (net v titrax)
1974 Ptitsi nad gorodom Masha, doch Vishnyakova
1990 Vechniy muj Katerina Fedoseevna
1995 Amerikanskaya doch Xelen Saymon, mama Enn

Mukofotlari

Mariya Shukshina 
D. A. Medvedev bilan „Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist“ unvonini berish paytida. 2008-yil

Davlat mukofotlari:

  • II darajali "Vatanga xizmatlari uchun" ordeni (2006-yil 27-noyabr) — milliy televideniye va radioeshittirishni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi va koʻp yillik samarali faoliyati uchun
  • Rossiya Federatsiyasining xizmat koʻrsatgan artisti“ faxriy unvoni (2008-yil 14 iyul) — mahalliy kinoni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun
  • Rossiya Federatsiyasi Prezidentining faxriy yorligʻi (2017-yil 12-dekabr) — milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantirishdagi xizmatlari, koʻp yillik samarali faoliyati uchun
  • I darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2020-yil 23-noyabr) — milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi, koʻp yillik samarali faoliyati uchun

Boshqa mukofotlari:

  • Sankt-Peterburg hukumatining adabiyot, sanʼat va arxitektura sohasidagi 2009-yil uchun „Kino rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ mukofoti (2010-yil 17-iyun) — „Poxoronite menya za plintusom“ filmini yaratgani uchun
  • Nika (2010) — „Poxoronite menya za plintusom“ filmidagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa roli uchun
  • „Kemerovo viloyatining 75-yilligi“ yubiley medali (2018-yil 5-mart)
  • Figaro (2022) — „Sanʼat va hayotdagi haqiqat uchun“ nominatsiyasida

Hujjatli Filmlari

  • Mariya Shukshina. "Menga otam haqida gapirib bering" („Birinchi kanal“, 2009)

Manbalar

Havolalar

Tags:

Mariya Shukshina BiografiyasiMariya Shukshina FilmografiyasiMariya Shukshina MukofotlariMariya Shukshina Hujjatli FilmlariMariya Shukshina ManbalarMariya Shukshina HavolalarMariya Shukshina196727-mayAktyorlik sanʼatiFilm rejissorMoskvaSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiVasiliy ShukshinYozuvchi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Newton qonunlariOʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishiHadisShum bola (film)DaraxtAtmosfera bosimiQunut duosiTabiatni muhofaza qilishAdsorbsiyaQoraxoniylar davlatiOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiUnli tovushlarSWOT tahliliSharq falsafasiMehnatAnafilaktik shokSonlar roʻyxatiSharq taronalariKalsiyKosmosYarimoʻtkazgichGektarUygʻonish davriQitʼaNutqOʻzbekiston kinosiOyat al-KursiBrutsellyozLugʻatNatriyTIMSSOʻqituvchiZaxmShaxmatDinning funksiyalariOʻsimliklar fiziologiyasiMateriyaSintaksisKreditKislorodQashqadaryo viloyatiInsultBuyrakElektr maydonErkin VohidovKoreya RespublikasiIngliz tiliFutbol maydoniKompetensiyaShokHayrat ul-abrorKecha va kunduzMotiv (psixologiyada)Bernulli tenglamasiTasavvufAbu Rayhon BeruniyXudoyberdi ToʻxtaboyevFutbolUyushiq boʻlaklarKuyishOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiSaylov tizimiReklamaOʻzgaruvchanlikSezgiInternetBaqara surasiPomidorAhmad al-FargʻoniyUslubMeʼmorlikImmun sistemasiOvqat hazm qilishPedagogik psixologiyaLazerToshkent viloyatiXavfsizlik texnikasiChala tugʻilgan bolaKelishik🡆 More