Magnus Lennart Eriksson (talaffuzi: Magnus Lenart Eriksson; 1990-yil 8-aprelda Shvetsiyada tugʻilgan) — shvetsiyalik futbolchi, „Djurgården“ futbol klubi va Shvetsiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Magnus Lennart Eriksson | ||
Tavallud sanasi | 8-aprel 1990-yil | ||
Tavallud joyi | Solna, Shvetsiya | ||
Boʻyi | 1.81 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Djurgårdens IF | ||
Raqami | 7 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
—2006 | AIK | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2008 | AIK | 0 | (0) |
2008 | → Väsby United (ijara) | 10 | (0) |
2008 | → Täby IS (ijara) | 1 | (1) |
2008 | → Akropolis IF (ijara) | 9 | (4) |
2009—2010 | Väsby United | 48 | (13) |
2011—2012 | Åtvidabergs FF | 50 | (26) |
2012—2013 | Gent | 4 | (0) |
2013—2014 | Malmö FF | 60 | (16) |
2015 | Guizhou Renhe | 7 | (0) |
2015—2016 | Brøndby IF | 22 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2005—2007 | Shvetsiya U17 | 10 | (1) |
2007—2010 | Shvetsiya U19 | 10 | (2) |
2012 | Shvetsiya U21 | 2 | (0) |
2014— | Shvetsiya | 5 | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (6-noyabr uchun) |
Magnus Eriksson oʻz shahrining „AIK“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
2012-yilning yozida u Belgiyaning „Gent“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 15-sentyabr kuni „Mechelen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Magnus Eriksson Yupiler ligasida debyut qilgan. Murabbiylarning doimiy oʻzgarishi tufayli Magnus Eriksson bor-yoʻgʻi toʻrtta bahsda qatnashgan va mavsum oxirida „Malmö“ futbol klubi bilan shartnoma imzolab, Vataniga qaytgan. 2013-yil 2-aprelda „Halmstads“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qilgan. 5-aprel kuni oʻzining sobiq jamoasi „Åtvidaberg“ futbol klubiga qarshi bahsda Magnus Eriksson „Malmö“ futbol klubi darvozasiga birinchi golni urgan. Oʻsha yili u Shvetsiya Superkubogining gʻolibi va mamlakat chempioni boʻlgan.
Chempionlar ligasi saralash bosqichi oʻyinlarida Magnus Eriksson Avstriyaning „Red Bull“ jamoasi darvozasiga gol urgan va jamoaga turnirning guruh bosqichiga chiqishga yordam bergan.
2015-yilning 10-iyulida Magnus Erikssonning „Brøndby“ futbol klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilingan. 19-iyul kuni u Daniya Superligasida „Aarhus“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 18-oktyabr kuni „Viborg“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Magnus Eriksson „Brøndby“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. Magnus Eriksson mavsum davomida faqat bir marta gol urgan, shu bois chempionat yakunlariga koʻra klub rahbariyati futbolchini sotishga qaror qilgan. 2016-yilning yozida Magnus Eriksson „Djurgården“ futbol klubi bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytgan. 18-iyul kuni „Jönköpings Södra“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 14-avgust kuni „Elfsborg“ futbol klubiga qarshi bahsda Magnus „Djurgården“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. 2017-yilning 20-dekabrida Magnus Eriksson Amerikaning „San Jose Earthquakes“ futbol klubiga ko‘chib o‘tgan. U MLSdagi debyutini 2018-yilning 3-martida „Minnesota United“ futbol klubiga qarshi mavsumning ochilish o‘yinida o‘tkazgan. 2018-yilning 7-aprelida u MLSdagi ilk golini „Philadelphia Union“ futbol klubi darvozasiga kiritgan.
2014-yilning 17-yanvarida Magnus Eriksson Shvetsiya terma jamoasida Moldova bilan o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan.
Jamoa | Mamlakat | Mavsum |
---|---|---|
AIK Solna | Shvetsiya | 2006—2008 |
F. C. Väsby United (ijara) | 2008 | |
Akropolis IF (ijara) | 2008 | |
F. C. Väsby United | 2009—2010 | |
Åtvidabergs FF | 2011—2012 | |
K. A. A. Gante | Belgiya | 2012—2013 |
Malmö FF | Shvetsiya | 2013-2014 |
Guizhou Renhe | Xitoy | 2015 |
Brøndby IF | Daniya | 2015—2016 |
Djurgårdens IF | Shvetsiya | 2016—2017 |
San Jose Earthquakes | AQSh | 2018—2020 |
Djurgårdens IF | Shvetsiya | 2020 |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Magnus Eriksson, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.