Luperkaliya

Luperkaliya (lotincha: Lupercus, lupusdan olingan boʻlib — „boʻri“ maʼnosini anglatadi) — eng qadimgi Rim bayramlaridan biri boʻlib, choʻponlarining, Favn bilan tenglashtirilgan, Luperk xudosi (lat.

Luperkus) sharafiga bagʻishlangan, poklanish va unumdorlik bayrami.

Tavsifi

Ovidiyning soʻzlariga koʻra, festival har yili fevral oyining Ididan keyin uchinchi kuni (yaʼni, Yulian taqvimiga koʻra 15-fevral) Palatin tepaligi etagidagi Luperkal gʻorida oʻtkazilgan, rivoyatga koʻra, bu yerda, Rim asoschilari Romul va Remni ona boʻri boqib katta qilgan. Luperkning luperklar, deb nomlangan, patritsial yosh ruhoniylari ushbu grotda yigʻilishib, yosh echkilar va itlarni, maxsus qurbonlik qilinadigan joyda, qurbonlik qilishgan. Luperklardan biri, qurbonlarning qoniga botirilgan, pichoqni ikki olijanob yoshlarning peshonasiga tekkizgan. Boshqa ruhoniylar qonli izlarni sutga namlangan jun bilan oʻchirishgan, shundan keyin yigitlar kulishlari kerak edi. Shundan soʻng marosimga doir ovqatlanish vaqti boʻlib, oxirida Luperklar qurbonlik qilingan echkilarining terisini kesib tashlaganlar. Yalangʻoch holda, echki terisi bilan bellarini bogʻlab, bu xudoning koʻrinishini anglatuvchi belgi hisoblangan, shahar boʻylab yugurishgan va yaqinlashib kelayotgan odamlarni, echkini terisi bilan, qamchilashgan. Ayollar oʻz tanalarini bajonidil zarbalarga duchor qilishgan, chunki luperkning zarbasi ularga serpushtlik va oson tugʻish imkonini beradi, deb ishonishgan.

Luperkaliyaning diniy vazifalaridan biri boʻrilar podasiga nisbatan nafrat uygʻotish edi. Ehtimol, Luperk qadimgi boʻri kultining qoldiqlari boʻlib, keyinchalik Favnga sigʻinish bilan birlashtirilgan. Baʼzi manbalarda Luperkaliyani, qadimgi yunon xudosi, Panga taqashgan, ularning tashkil etilishini afsonaviy Evander bilan bogʻlashgan. Leonard Shmits bu versiyani yunon yozuvchilari (Rim xudolarini yunon xudolari bilan birlashtirishga qiziqqan) va ularning Rim izdoshlarining taxminlari bilan izohlagan; shuningdek, marosimning juda qoʻpol tabiati, aniq qadimgi zamonlardan kelib chiqqanligidan dalolat beradi.

496-yilda Rim papasi Gelasiy I Luperkaliyani taqiqlagan. Vaqt oʻtishi bilan, Avliyo Valentin kunini sevishganlar kuni sifatida nishonlash Luperkaliya oʻrnini egallagan.

Qadimgi adabiyotda

Luperkaliyaning batafsil tavsifi Ovidiyning Fastida berilgan. Luperkaliya haqida Plutarxning „Qiyosiy biografiyalar“ asarida ham tilga olingan.

Yana qarang

  • Onesim Ovchar
  • Slavyan an'analarida uchrashuv

Manbalar

Adabiyotlar

  • Lisoviy I. A., Revyako K. A. Luperkalii // Antichniy mir v terminax, imenax i nazvaniyax: Slovar-spravochnik po istorii i kulture Drevney Gresii i Rima / Nauch. red. Nemirovskiy A. I. — Minsk: Belarus, 2001.
  • Luperkalii // Lomonosov — Manizer [Elektronniy resurs]. — 2011. — S. 151. — (Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya : [v 35 t.] / gl. red. Yu. S. Osipov ; 2004—2017, t. 18). — ISBN 978-5-85270-351-4.
  • Luperkalii // Lombard — Mezitol. — M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1974. — (Bolshaya sovetskaya ensiklopediya : [v 30 t.] / gl. red. A. M. Proxorov ; 1969—1978, t. 15).
  • Obnorskiy N. P. Luperkalii // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.
  • Favn / Shtaerman Ye. M. // Mifologicheskiy slovar / gl. red. Ye. M. Meletinskiy. — M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1990. — S. 553. — ISBN 5-85270-032-0.
  • Alberta Mildred Franklin. The Lupercalia. New York: Columbia University, 1921. 
  • Ovid et al. Fasti. Project Gutenberg, 2014. 

Tags:

Luperkaliya TavsifiLuperkaliya Qadimgi adabiyotdaLuperkaliya Yana qarangLuperkaliya ManbalarLuperkaliya AdabiyotlarLuperkaliyaLotin tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

MushuksimonlarLotin tiliTemuriylar shajarasiOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariTerminal holatAxborot tizimiKommunikatsiyaFiziologiyaTurizm28-martOliy nerv faoliyatiQushlarModal soʻzlarTabiatni muhofaza qilishMuhammad YusufZaharlanishKreditQuyoshBemorni parvarish qilishSon (tilshunoslik)GigiyenaModdalar almashinuviFutbol tarixiQadriyatBiriktiruvchi toʻqimaAfgʻonistonBosh miya nervlariOkeanOʻrta OsiyoBirlashgan QirollikMehnat muhofazasiYarimoʻtkazgichXufton namoziAxborot jamiyatiOʻzbekiston viloyatlariSkeletJismoniy tarbiyaArab xalifaligiPsixologiya tarixiSodda gapYevgeniy OneginMagnit induksiyaHamid OlimjonMetallarIso MasihRadioDaosizmGap boʻlaklariHarakatXorazmYosh psixologiyasiMemuarHikoyaShishaBuxgalteriya balansiQoʻshma gapKuchZardushtiylikOshqozon-ichak kasalligiQarilikIshlab chiqarish harajatlariPrinterRahmat FayziyDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiNyu-YorkTarovih namoziSomoniylar davlatiAlbert EinsteinUygʻonish davriOmmaviy axborot vositalariIjtimoiy psixologiyaRaqobatDelfinDorivor oʻsimliklarAlgoritmJadidchilikAsosiy vositalarAutizmMusahhih🡆 More