Koʻpayish (biologiyada) — barcha mavjudotlarning oʻziga oʻxshash organizmlar hosil qilish orqali oʻz hayoti uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash xususiyati.
Koʻpayish jinssiz va jinsiy boʻladi. Jinssiz Koʻpayish 2-marta yoki koʻp marta boʻlinish, yaʼni shizogoniya (bir hujayralilarda); spora hosil qilish (tuban va sporali oʻsimliklarda); vegetativ koʻpayish (organlar bir qismining aj-ralib chiqib, yangi organizm hosil qilishi) va kurtaqlanish (koʻp hujayralilarda) orqali sodir boʻlishi mumkin. Boʻlinish va spora hosil qilib Koʻpayishda organizm jinsiy jihatdan ixtisoslashmagan bitta xujayradan rivojlanadi. Vegetativ Koʻpayishda esa yangi organizm ova organizmning bir qismidan hosil boʻladi.
Jinsiy Koʻpayish 2 xil jinsiy hujayraning koʻpayishi, yaʼni urugʻlanish yoki partenogenez (tuxum hujayraning urugʻlanmasdan rivojlanishi) orqali roʻy beradi. Koʻpchilik hayvonlarning hayot siklida Koʻpayishning turli shakllari, mas, jinssiz va jinsiy, urugʻlanish va partenogenez, urugʻlanish va vegetativ koʻpayish qonuniy almashinib turadi. Oʻsimliklarning Koʻpayishi ham jinssiz (sporofit) va jinsiy (gametofit) naslning gʻallanib turishi orqali boradi. Koʻpayish muddati va tezligi harorat, kun uzunligi, oziq miqdori va tashqi muhitning b. omillari bilan bogʻliq. Yuksak hayvonlarda Koʻpayish organlari faoliyati nerv sistemasi va ichki sekretsiya bezlari tomonidan boshqarib turiladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Koʻpayish, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.