Kathy Acker

Kathy Acker (1947-yil 18-aprel – 1997-yil 30-noyabr) amerikalik romannavis, dramaturg, va yozuvchi boʻlib, bolalikdagi travmaga bagʻishlangan oʻziga xos asarlari bilan tanilgan.

Unga fransuz tanqidiy nazariyasi, tasavvuf, pornografiya, hamda klassik adabiyot katta taʼsir oʻtkazgan.

Kathy Acker
Kathy Acker
Acker, 1996-yil
Tavalludi 18-aprel 1947-yil
Nyu York Shahri, Nyu York, AQSH
Vafoti 30-noyabr 1997-yil(1997-11-30)
(50 yoshda)
Tijuana, Baja Kaliforniya, Meksika
Fuqaroligi AQSh
Sohasi
  • Yozuvchi
  • dramaturg
  • shoira
Mashhur ishlari Blood and Guts in High School (roman)
Great Expectations
New York (qisqa hikoya)
Turmush oʻrtogʻi Robert Acker (1966–19??)
Peter Gordon (1976)

Biografiyasi

Bolalik va yoshlik yillari

Uning oilasi badavlat boʻlib, madaniy jihatdan kelib chiqishi nemis-yahudiy boʻlsa-da, dini yahudiy emas edi. Uning otasi tomonidan buvisi Florens Vayl avstriyalik yahudiy boʻlib, erining qoʻlqop tikish biznesidan kichik boylik meros qilib olgan. Ackerning bobosi va buvisi Birinchi jahon urushi oldidan Elzas-Lotaringiyadan siyosiy surgun qilingan.

Taʼlimi

Acker Upper East Sidedagi qizlar uchun xususiy maktab – Birch Wathen Lenox maktabida oʻqidi. Brandeis universitetida klassikani oʻrgandi. 1966-yilda u Robert Ackerga turmushga chiqdi va uning familiyasini oldi. Robert Acker polsha-yahudiy muhojirlarining oʻgʻli edi. Uning onasi va oʻgay otasi oʻgʻlini badavlat insonga uylanishini xohlashgan edi va ularning nikohi uzoq davom etadi deb oʻylashmagan. Kathy roman yozishga qiziqib qoladi va turmush oʻrtogʻi Robert bilan Kaliforniya universitetiga, San-Diegoga oʻqishga keladi, u yerda David Antin, Eleanor Antin va Jerome Rothenberg kabi ustozlardan tahsil oladi. U 1968-yilda bakalavr darajasini olgach, Nyu-Yorkka koʻchib oʻtadi. Nyu-York shahar kollejida yunon tiliga ixtisoslashgan klassika boʻyicha ikki yillik aspiranturada tahsil oladi, ammo aspirantura diplomini ololmadi. Nyu-Yorkdagi faoliyati davomida u kotib va porno ijrochi sifatida ishlagan.

Oxirgi yillari va vafoti

1996-yil aprel oyida Ackerga ko'krak bezi saratoni tashxisi qoʻyildi. 1997-yil yanvar oyida u Guardian gazetasining „Kasallik sovgʻasi“ („The Gift of Disease“) maqolasida anʼanaviy tibbiyotga boʻlgan ishonchini yoʻqotganligi haqida yozgan. Oradan bir yarim yil oʻtgach, Acker 1997-yil 30-noyabrda 50 yoshida Tijuana saraton klinikasida saraton kasalligining asoratlari tufayli vafot etdi

Manbalar

Tags:

Kathy Acker BiografiyasiKathy Acker TaʼlimiKathy Acker Oxirgi yillari va vafotiKathy Acker ManbalarKathy AckerAdabiyotKlassikPornografiyaTasavvufTravma

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Qalqonsimon bezBotir QodirovKoreya RespublikasiShayboniylarParijHayzTaʼlimParlamentPsixoterapiyaAbu Ali ibn SinoXotiraTinch okeaniQutadgʻu biligQisqartma soʻzlarMicrosoft OfficeYevropa davlatlari roʻyxatiYerMusiqa cholgʻu asboblariStatistikaBorliqMoliyaDramaMushukInfeksiyaYorugʻlikBernulli tenglamasiKistaZardushtiylikJigarTilshunoslikBosh SahifaGrammatikaMehnat unumdorligiAhmad al-FargʻoniyQoraqalpogʻistonDiniy ekstremizmJanubiy Koreyada taʼlimSunʼiy intellektXiva xonligiTurkiston muxtoriyatiSoʻz birikmasiUrbanizatsiyaHamletMurat GöğebakanJangi loyElektron pochta orqali xabar tarqatishSut emizuvchilarFizioterapiyaAsrga tatigulik kunKimyoYuklamaMovarounnahrHindistonOilaBakteriyalarIlhaqKonfutsiylikMicrosoft AccessTabiatOyat al-KursiHarbiy unvonlarYahudiylikOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariSanitariyaElektr tokiOʻzbekistonda taʼlimDoʻstlikQobusnomaOmbudsmanUndosh tovushlarRim raqamlariShum bola (film)Osiyo davlatlari roʻyxatiTurkiyaUnli tovushlarAnafilaktik shokBiznes rejaAdaptatsiya🡆 More