Karol Shimanovskiy

Karol Matsey Shimanovskiy, polyakcha: Karol Maciej Szymanowski (1882.

6.10, Timoshovka, Ukraina — 1937. 29.3, Lozanna) — polyak kompozitori, pianinochi, musiqajamoat arbobi, zamonaviy milliy kompozitorlik maktabi asoschisi, musiqiy oriyentalizmning yirik namoyandasi. Sanʼatkorlar oilasida tugʻilib, bolaligidan otasi, soʻng togʻasi (G.V.Neygauz)dan fortepiano saboqlarini olgan, 8 yoshida ilk ommabop konsert bergan. 1901-yildan Varshavada yashab, kompozitsiya va nazariy fanlardan taʼlim olgan, 1905-yil "Yosh Polsha" kompozitorlari safiga qoʻshilgan. Keyinchalik Avstriya va Germaniyada tahsil koʻrish jarayoni Sh. ijodiy uslubiga salbiy (milliylashish oʻrniga — nemislashish yoʻsinida) taʼsir koʻrsatgan. Ijodiy inqirozdan qutulish maqsadida Jazoir, Tunis va boshqalar Sharq mamlakatlariga yoʻl olib, ommaviydiniy marosim kuy va usullarini yozib olgan. Avvallari ham sharqona mavzularga ("Zulayho" qoʻshigʻi, "Hofizning ishqiy qoʻshiqlari" turkumi) murojaat qilib kelgan Sh., safardan qaytgach, "Hofizning ishqiy qoʻshiqlari — II", R.Tagor sheʼrlariga va "Ehtirosli muazzin qoʻshiqlari" vokal turkumlarini yaratdi ("Allohu akbar" deb nomlangan ilk qismida musiqiy oriyentalizmni teranlashtirib, taqlid manbaiga usluban tenglashishga muyassar boʻlgan). Kompozitorning sharqona asarlarining eng yetuk namunasi — Jaloliddin Rumiyning "Imshab" ("Bu kecha") radifli gʻazali asosida — yakkaxon xonanda, xor va simfonik orkestr uchun yaratgan "Tun haqidagi qoʻshiq" nomli 3-simfoniyasi (1914) dir. Sh., shuningdek, "Xagit" (1922), "Qirol Roger" (1926) operalari, "Xarnasi" (1934) baleti, qator diniy asarlar (mashhuri — "Stabat mater"), cholgʻu konsertlar, oʻnlab kamer turkumlar (ular orasida "Shahrizoda"), bir qancha ilmiy maqolalar va "Efeb" romani muallifi. Musiqiy romantizm va impressionizm tamoyillari, Uygʻonish davri musiqa unsurlari hamda milliy folklor janrlaridan ijodiy foydalanib, oʻziga xos musiqa uslubini yaratgan.

Karol Shimanovskiy
Shimanovskiy (1922)

Manbalar




Tags:

Polyak tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TeatrKriptovalyutaOʻsimliklar fiziologiyasiAlina ZagitovaErkak jinsiy aʼzosiAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiPul-kredit siyosatiAbdulhamid ChoʻlponYirtqichlarHTMLBachadonBoborahim MashrabMicrosoft PowerPointMuharrirXalqaro tashkilotYengil atletikaMehnat muhofazasiXioniylarIjtimoiy psixologiyaKoinotXalqaro xotin-qizlar kuniRentgen nurlariEnsiklopediyaYalligʻlanishPsixologiyaOzarbayjonShah Rukh KhanIchki sekretsiya bezlariHasharotlarParhez bilan davolashLitosferaMonopoliyaHomiladorlikdan saqlanishReabilitatsiyaLeykotsitlarIdrokOʻzbek adabiyotiLenta.ruIshlab chiqarishni tashkil etishTamagirlikKoreya RespublikasiGigiyenaYuridik shaxsAleksandr PushkinDarsMagnit maydonAllohning 99 nomiSinkveyinVoleybolBiriktiruvchi toʻqimaYusuf Xos HojibUy hayvonlariStol tennisiBitcoinIjtimoiy tarmoqOmonimlarTuproqGidroelektr stansiyaOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiBulbullarAbdulla QodiriyMineral oʻgʻitlarSonlar roʻyxatiTemur tuzuklariToʻqimaGʻafur GʻulomElon MuskKitlarDelfinAromatik uglevodorodBayerische Motoren Werke AGOʻqituvchiOmmaviy axborot vositalariTemir yoʻl transportiEpistemologiyaZaxmJigar sirroziAvstraliyaIxtiro🡆 More