Xioniylar

Xioniylar — (oʻrta forscha: Xiyōn yoki Hiyōn; avestocha: Xiiaona; soʻgʻdcha xwn; pahlaviy Xyon) — Movarounnahr va Baqtriyadagi koʻchmanchi xalq.

Baʼzi tadqiqotchilar fikriga ko'ra, dastlab Oltoy togʻlari atrofida yashashgan va 4-asrning 1-yarmida janubi-gʻarbga siljib, Amudaryo va Sirdaryo oraligʻiga kirib kelishgan.

Xioniylar
Xioniylar V asrda

Bu yerda dastlab ular Zarafshon vohasini egallab, janubga harakat qilishgan va ancha zaiflashib, sosoniylar Eroniga qaram boʻlib qolgan Kushon podsholigi oʻrnini egallaganlar hamda markazi Toxariston boʻlgan Shimoliy Hindiston, Afgʻoniston, Xurosonning bir qismini ham oʻz ichiga olgan Xioniylar davlatini (4— 5-asrlar) barpo qilishgan. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa Xioniylarning dastlab Orol dengizi shimolida yashaganligi va yirik massaget qabilalar ittifoqiga mansub boʻlib, hunlar bilan aralashganligini taʼkidlaydilar (L.N. Gumilev, SP. Tolstov, K.V. Trever). Ularning fikricha, yunon va lotin tilidagi asarlarda Xioniylar "oq hunlar" deb atalgan. 4-asrning 70-yillarida Xioniylar sosoniylar Eroniga qarshi hujum uyushtirib, muvaffaqiyatga erishganlar. Shuningdek, sosoniy podsholar Varaxran (418— 438), Yazdigard II (438—457) davrlarida ular Eronning eng yirik raqibiga aylanganlar. Xioniylar hukmronligi davom etayotgan bir paytda yangi bir sulola — kidariylar oʻrtaga chiqqan. Ular Oltoy togʻlari va Sharqiy Turkiston oraligʻidan janubi-gʻarbga siljib, 420-yilda Bolo (Naxshab) shahrini oʻziga qarorgoh qilishgan va Xioniylar davlati bilan qoʻshni boʻlib qolganlar.

Asl kelib chiqishi

Ularni birinchi marta milodiy 356-357 yillarda Baqtriyada bo'lgan Rim tarixchisi Ammian Marcellin tasvirlagan; u xioniylarni kushonlar bilan birga yashaganini ta'riflagan. Ammian xioniylar avvallari Movarounnahrda yashab, Baqtriyaga kirgandan keyin kushonlarning vassaliga aylanib, ular madaniy taʼsirida boʻlib, baqtriya tilini oʻzlashtirganliklarini koʻrsatadi. Ular Sosoniylar imperiyasiga hujum qilishgan, lekin keyinchalik (Grumbates ismli boshliq boshchiligida) Sosoniylar qoʻshinida yollanma askar boʻlib xizmat qilgan.

Xioniylar ichida eron tillarida Karmir Xyon va Spet Xyon kabi nomlar bilan ma'lum bo'lgan ikkita asosiy kichik guruh mavjud bo'lgan. Karmir ("qizil") va speta ("oq") prefikslari, ehtimol, Markaziy Osiyo an'analariga tegishli bo'lib, ularda ma'lum ranglar asosiy nuqtalarni anglatadi. Karmir Xyon Yevropa manbalarida Kermichionlar yoki “Qizil Xunlar” nomi bilan mashhur boʻlgan va baʼzi olimlar ularni kidariylar va/yoki Alxonlar bilan birlashtirgan. Spet Xyon yoki "Oq xunlar" Hindistonda Sveta-huna nomi bilan mashhur bo'lgan ko'rinadi va ular ko'pincha eftaliylar bilan bog'liq.

Xioniylar, xunlar va turkiylar o‘rtasidagi tafovutlarni britaniyalik sharqshunos olim Karlil Aylmer Makartni (1944) ta’kidlagan bo‘lib, u dastlab qarindosh bo‘lmagan xalq nomi bo‘lgan “Xion” nomi “Xun" so'zi bilan o'xshashligi sabab keyinchalik bu xalqqa ko‘chirilgan” degan fikrni bildirgan. IV asrda Eronning shimoli-sharqiy chegarasidagi dashtlarda paydo bo'lgan xioniylar, ehtimol, xunlarning bir tarmog'i bo'lib, Yevropada birozdan keyin paydo bo'lgan. Xunlar taxminan miloddan avvalgi 360-yilda Ural va Volga oraligʻida yashagan Alanlarga hujum qilib, ularni bosib olgan va xioniylar haqida birinchi eslatma milodiy 356 yilda boʻlgan.

Amerikalik sharqshunos tarixchi Richard Nelson Frye (1991) fikricha, xioniylar sharqiy eroniy xalqi boʻlishiga qaramay, xioniylarning shakllanishida kam bo'lsa-da baʼzi turkiy qabilalar ishtirok etgan. Koʻchmanchi xalqlar tuzgan davlatlar koʻp xalqlardan iborat konfederatsiyalar boʻlgan, xususan, xioniylarning hukmron guruhlari orasida qisman sharq va shimoldan kelgan turkiyzabon qabila vakillari boʻlgan, garchi Xioniylar konfederatsiyasidagi xalqning katta qismi, eroniy tillarda gaplashgan. Bu O‘rta Osiyo tarixida oxirgi marta eroniyzabon ko‘chmanchilar hukmronlik qilgan, bundan keyin ko'chmanchilar tomonidan tuzilgan barcha davlatlarni turkiylar tuzgan”.

5-asrning 2-yarmida Xioniylar va Kidariylar davlati hududini oʻz ichiga olgan yangi bir davlat eftaliylar sulolasi oʻrtaga chiqadi va 6-asrning 60-yillarigacha Markaziy Osiyodagi eng yirik davlatga aylanadi.

Adabiyot

  • Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, Toshkent, 2001.



Tags:

AmudaryoAvestoIX asrIlmiy tadqiqotOltoy togʻlariPahlaviylarSirdaryo (daryo)Sugʻd tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

YurakElektr tokiDunyoning yetti moʻjizasiChigʻatoy ulusiMaʼlumotlar bazasiKonfutsiylikMorfologiyaQonun (huquq)Fan-texnika taraqqiyotiEfirlarHanafiylikInterpolNewton qonunlariAlgoritmMalayziyaKino sanʼatiYandexTojikistonDavlatlar roʻyxatiAFC U-23 Osiyo kubogi 2024DinOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiShaxmatKoinotYevropa davlatlari roʻyxatiAdabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari roʻyxatiFransiyada ta'limInstagramKonusStatistikaSinfdan tashqari ishlarSomoniylar davlatiKompyuter grafikasiTuproqNafas olish tizimiQashqadaryo viloyatiUsmon AzimOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiSon (tilshunoslik)Yosin surasiOʻzbekiston tarixiKasallikTub sonlar roʻyxatiHarakatAnemiyaQogʻozKoreya RespublikasiMehnatVaqt oʻlchov birliklariBadiiy asar pafosiKoʻmakchiXavfsizlik texnikasiTermodinamikaning birinchi qonuniBirinchi jahon urushiOʻpkaKanadaOngMuskullarYaxlitlashKompozitsiyaIrsiy kasalliklarBoʻlinish alomatlariErtakGermaniya ta'lim tizimiIkki eshik orasiQadimgi MisrIbroyim YusupovQunut duosiMirzo UlugʻbekDiqqatYurak-qon tomir kasalliklariInformatikaYupiterQoʻshilgan qiymat soligʻiEnergiyaOʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiMarjinalizmMuzeyOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi🡆 More