Kaptarsimonlar (Columbiformes) — qushlar sinfining bir turkumi.
311 turi mavjud. Yer yuzining hamma mintaqalarida (chekka shim. va jan. sovuq hududlardan tashqari) tarqalgan. Oʻrmon, bogʻ, butazor, qoyalar, jarlik va binolar boʻgʻotida yashaydi. Tanasining uzunligi. 15 dan 85 sm gacha, ogʻirligi 30 g dan 3 kg gacha. Drontalarning ogʻirligi 22,5 kg ga yetadi. Kaptarsimonlarning patlari zich va qalin, boshi kichik, boʻyni va oyoklari qisqa, qanotlari uzun va oʻtkir. Narilari modalariga nisbatan yirik va rangi chiroyliroq. Yerda oziqlanganligi sababli yaxshi yuguradi. Barcha turlarining juftlari barqaror (monogam). Uyasini daraxtlar, qoyalar, jarlardagi kovaklarga, binolarga, yerga quradi. Asosan, 2 ta, ayrim turlari 1 yoki 3 ta tuxum qoʻyadi. Tuxum bosish davri — 14 kundan 30 kungacha. Bir yilda, odatda, 2-marta, ayrim turlari 4—5-martagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan joʻjalari tez oʻsadi, yirik turlarida 25 kunligida uchirma boʻladi. K. bulduruqlar (2 avlod, 16 tur), drontlar (2 avlod, 3 turi Mavrikiya, Burbon va Radriges o.laridagi oʻrmonlarda yashagan), kaptarlar (41 urugʻ, 292 tur) oilalariga boʻlinadi. Baʼzan bulduruqlar alohida turkumga ajratiladi.
Oʻzbekistonda 4 urugʻga mansub 12 turi uchraydi. Qorabovur, suvbulduruq, koʻk kaptar, govkaptar, klintux, qoʻngʻir kaptar, qumri kabi turlari qisman ovlanadi. Goʻshti mazali. Oʻzbekistonda tarqalgan turlarining barchasi oʻsimlik urugʻlari bilan oziqlanadi. Xonaki kaptarlarning 150 ga yaqin zoti mavjud. Barcha kaptar zotlari yovvoyi koʻk kaptardan kelib chiqqan. Oq bovur, qora kaptar kabi turlari Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Kaptarsimonlar, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.