Tuxum

Tuxum — tarkibida barcha oziq moddalarga ega boʻlgan parranda mahsuloti.

Isteʼmol uchun, asosan, tovuq, bedana, sesarka Tuxumlari ishlatiladi. Sifati, vazni, muddati va saqlanish sharoitiga qarab parhez va oshxona (oddiy) Tuxumlariga ajratiladi. Yangi, yuqori sifatli, sovuq haroratda saqdanmagan, muddati 7 kundan oshmagan Tuxumlar parhez Tuxum hisoblanadi. Tovuq Tuxumda 26% quruq modda, shu jumladan, 12—13% protein, 12% lipidlar (lipidlarning 99% sarigʻida toʻplangan), 1% uglevodlar, 1% mineral moddalar bor. Tuxum oqsili (okligi)ning 60% almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalar, fermentlar (shu jumladan, lizotsim) va glikoproteidlar (avidin) dan iboraTuxum Tuxum sarigʻi (sariqligi) rangi uning tarkibidagi karotinoidlarga bogʻliq. Uning oʻrtasida urugʻlangan embrion diski joylashgan. Shuningdek, Tuxum tarkibida aminokislotalarga boy oqsil, letsitin, fosforli yogʻlar, 20 dan ortiq mikroelement qamda A, V, Ye, D va boshqa vitaminlar bor. Koloriyaliligi boʻyicha oʻrtacha semizlikdagi mol goʻshtiga teng keladi va yaxshi singadi. Joʻja ochirish uchun serpusht tovukdarning yirik Tuxumlari tanlab olinadi. Odatda, tovuq Tuxumi 55—65, kurkaniki 70—100 g, oʻrdakniki 70—90 g, gʻozniki PO— 180 g. boʻladi. Tuxum uzok, vaqt saqlanadigan boʻlsa, oziq-ovqatlik sifati pasayib ketmasligi uchun, qayta ishlanib, undan qandolatchilik va non sanoatida ishlatiladigan melanj (muzlatish yoʻli bilan konservalangan tuxum massasi) va Tuxum kukuni tayyorlanadi. Melanji 8—10 oy, Tuxum kukunini 2 yil saqlash mumkin.

Tuxum
Tuyaqush tuxumi

Yana q.

Manbalar



Tags:

BedanaLipidlarProteinlarTovuqUglevodlar

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Aholi daromadlariBosh SahifaBoborahim MashrabZaharlanishOʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiAdaptatsiyaQuyoshShanxay hamkorlik tashkilotiIqtisodiyotQoraxoniylar davlatiDifferensial tenglamaDinGlobal muammolarAmudaryoHomilaOʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiNutq madaniyatiBozor iqtisodiyotiga oʻtishNafas olish tizimiFotonMantiq falsafasiSuv havzasiBiotsenozOʻzbekiston siyosiy partiyalariKino sanʼatiGʻaznaviylar davlatiOmmaviy axborot vositalariGeometriyaYulduzTransportAl-XorazmiyDemokratiyaAlgoritmMuhammad XorazmshohKislorodUrgʻuMirzo UlugʻbekOʻzbekiston tarixiSportEkologiyaAuditNATOAndijon viloyatiIshsizlikOʻtkan kunlarMilliy dinlarEmlashRossiyaSoʻz turkumlariOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiXorazmshohlar davlatiNogironlikMicrosoft ExcelGuinness rekordlar kitobiAbdulla OripovShaxsiy gigiyenaSilBuddizm tarixiMoliyaHuquqRibonuklein kislotalarBurchAseptikaBirinchi jahon urushiChingizxonBemorni parvarish qilishBuxoro arkiKutubxonaFotosintezIlhaqAlbert EinsteinKonfessiyaIdrokOʻzbek lotin alifbosiKubOgahiyFuqarolarning huquq va burchlariGloballashuv🡆 More