Jahon Yurak Federatsiyasi

Jahon Yurak Federatsiyasi (inglizcha: World Heart Federation (WHF)) — 1978-yilda Shveysariyaning Jeneva shahrida tashkil etilgan nodavlat tashkilot hisoblanadi.

U Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish boʻyicha oʻzining yetakchi NNT hamkori sifatida tan olingan.

Jahon Yurak Federatsiyasi (WHF)
Maqsadi Har bir inson uchun yurak-qon tomir tizimi salomatligini ta'minlash
Joylashuvi Jahon Yurak Federatsiyasi  Shveysariya Jeneva
Prezidenti Prof. Daniel Piñeiro
Vebsayti https://world-heart-federation.org/

Tarixi

Jahon Yurak Federatsiyasi 1978-yilda Xalqaro Kardiologiya Jamiyati (inglizcha: International Society of Cardiology) va Xalqaro Kardiologiya Federatsiyasi (inglizcha: International Cardiology Federation)ning birlashishi natijasida Xalqaro Kardiologiya Jamiyati va Federatsiyasi (inglizcha: International Society and Federation of Cardiology) nomi ostida tashkil etilgan. 1998-yilda bu tashkilot o‘z nomini Jahon Yurak Federatsiyasiga o‘zgartirdi.

Jahon Yurak Federatsiyasi 100 dan ortiq mamlakatlarda 200 dan ortiq tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. Bu global yurak-qon tomir salomatligini himoya qilish bo'yicha yetakchi tashkilotdir. Federatsiyaning asosiy maqsadi — butun dunyo bo'ylab odamlarga yurak-qon tomir sistemasi salomatligini saqlash uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar, parvarish va davolanishga ega bo'lish imkonini berishdan iborat.

Bu tashkilot JSST bilan rasmiy aloqada bo'lgan yagona yurak-qon tomir xastaliklari (inglizcha: Cardiovascular disease(CVD)) tashkilotidir.

Tadbirlar

Jahon Yurak Federatsiyasi doimo Butunjahon Kardiologiya kongressi (inglizcha: the World Congress of Cardiology)ga mezbonlik qiladi. Birinchi Jahon Kardiologiya Kongressi 1950-yil sentyabr oyida Parijda bo‘lib o‘tgan. Kongress Xalqaro Kardiologiya Jamiyati homiyligida chaqirilgan.

2000-yilda Jahon Yurak kuni ta'sis etilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad — butun dunyo bo'ylab odamlarga yurak-qon tomir kasalliklari dunyodagi o‘limlarning asosiy sababi ekanligini ma'lum qilish bo‘lgan. Jahon Yurak kuni(inglizcha: World Heart Day) yurak-qon tomir kasalliklari haqida global targ‘ibot kunidir. Bu kun hozirgacha har yili 1-oktabr sanasida nishonlanib kelinmoqda.

2016-yilda Jahon Yurak Federatsiyasi Mexiko shahrida qon aylanish tizimi salomatligi bo'yicha birinchi global sammitga mezbonlik qilgan. Sammitda vazirlar, yetakchilar, sogʻliqni saqlash xodimlari va soha rahbarlari ishtirok etishgan. 2021-yilda global sammit Jahon yurak sammiti deb qayta nomlangan. Sammitda yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish eng muhim vazifa etib belgilangan.

Rasmiy qo‘llab-quvvatlanishi

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) yurak-qon tomir kasalliklarini global salomatlikni saqlashda kun tartibining birinchi qatoriga qo‘yadi. Tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik ularga tamaki va havo ifloslanishi kabi masalalarning salomatlikka salbiy ta'sirini oldini olishda o'z bilimlari va g‘oyalari bilan bo'lishish imkonini beradi.

Havolalar

World Heart Report 2023

Manbalar

Tags:

Jahon Yurak Federatsiyasi TarixiJahon Yurak Federatsiyasi TadbirlarJahon Yurak Federatsiyasi Rasmiy qo‘llab-quvvatlanishiJahon Yurak Federatsiyasi HavolalarJahon Yurak Federatsiyasi ManbalarJahon Yurak FederatsiyasiIngliz tiliJahon sogʻliqni saqlash tashkilotiJenevaNodavlat notijorat tashkilotShveysariyaYurak-qon tomir kasalliklari

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Birlashgan Millatlar TashkilotiOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiOʻtkan kunlarSuvBank va bank tizimining tarixi va rivojlanishiFaoliyatInson yuragiJismoniy tarbiyaUndalmaQuyosh energiyasidan foydalanishSon (tilshunoslik)Oʻlmas UmarbekovAlbert EinsteinPaygʻambarFotoeffektVoleybolAseptikaChingiz AytmatovOrqa miyaAxborot texnologiyalariIshlab chiqarish samaradorligiShokSanoatMuhammadBuyuk ozodlik xartiyasiDasturiy taʼminotHayotiy shaklVatanOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiDoriXudoyberdi ToʻxtaboyevGlukozaKahf surasiXattotlikIbroyim YusupovOʻzbekistonGuinness rekordlar kitobiXarakter (obraz)Oʻzbekistonda taʼlimForobiyDavlatQitʼaQarilikIchki sekretsiya bezlariLeykotsitlarOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiPunktuatsiyaAngliyaSezgiAxloqYulduzTurizmMotiv (psixologiyada)ElektrokardiogrammaRentgen nurlariQoraqalpoqlarAtrof-muhitni muhofaza qilishYordamchi soʻzlarVikipediyaMantiqiy amallarBorliqSaid AhmadAvstraliyaKino sanʼatiTemuriylar tarixi davlat muzeyiReal Madrid CFFutzalJigarYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiKoʻmakchiTragediyaVijdon erkinligiMagnit maydonQimmatli qogʻozlarLudwig van BeethovenOyoqSunʼiy intellekt🡆 More