Izotoplar (izo yunoncha bir degan ma'noni topos — joy, oʻrin) — bitta kimyoviy elementning tartib raqamlariga teng , atom massasi har xil boʻlgan atom turlarining atom yadrosidagi protonlar soniga teng , neytronlar soni esa har xil (atom qobigʻidagi elektronlar soni ham teng) boʻlganligi sababli ularning fizik va kimyoviy xossalari deyarli bir xil boʻladi.
Elementning I. i yadro zaryadiga, atom yadrosidagi neytronlar soniga, binobarin, atom massasiga qarab bir-biridan farq qiladi. Elementlarning I.i kimyoviy elementlar davriy sistemasida ayni bir joyda turadi. Masal, vodorodning uchta izotopi bor: vodorod, deyteriy va tritiy. Bularning hammasi davriy sistemada birinchi oʻrin (bitta katak)da joylashgan. Yadrodagi nuklonlar soni bir xil boʻlgan atomlar I.dan farq qilib izobarlar , yadrosidagi neytronlar soni bir xil boʻlgan atomlar esa izotonlar deb ataladi. Oddiy vodorod atomida bitta proton va ikkita neytron boʻlsa, yadrosi murakkablashadi, atom massasi 2 ga teng boʻladi, biroq yadro atrofida bitta elektron aylanaveradi. Bu vodorod atomi boʻlsada ogʻir vodorod — deyteriy atomi deb ataladi. Ogʻir vodorodning kislorod bilan birikish reaksiyasidan ogʻir suv olinadi.
Deyteriy yadrosiga bitta neytron qoʻshilsa, oʻta ogʻir vodorod — tritiy, uning kislorod bilan reaksiyasi natijasida suv hosil boʻladi. Deyteriy va tritiy vodorodning ogir I.i, ulardan hosil boʻlgan suvlar kimyoviy xossalari jihatdan oddiy suvdan farq, qilmasada, fizik xossalari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Tabiatdagi ko'pchilik kimyoviy elementlar aralash I.dan iborat, deyarli hamma elementlarda I. mavjud. Masalan, simob 7 ta, qalay 10 ta, uran esa 3 ta izotopga ega. Hozirgacha 280 ga yaqin barqaror va 2000 dan ortiq radioaktiv I. maʼlum. Sunʼiy I.dan tinchlik va harbiy maqsadlarda yonilgʻi sifatida foydalaniladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Izotoplar, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.