Denny Vrandečić: Xorvatiyalik kompyuter olimi

Zdenko „Denny“ Vrandečić (1978-yil 27-fevralda Olmoniyaning Shtutgart shahrida tugʻilgan) – kelib chiqishi xorvatiyalik kompyuter olimi.

U Semantic MediaWiki va Wikidataning hammuallifi, Wikifunctions loyihasining yetakchi ishlab chiqaruvchisi va Wiki jamgʻarmasining maxsus loyihalar boʻyicha yetakchi mutaxassisi. U Olmoniyaning „The Dark Eye“ oʻyini uchun modullarni ishlab chiqqan.

Denny Vrandečić
Denny Vrandečić: Taʼlim, Karyera va tadqiqot, Shaxsiy hayoti
Tavalludi 27-fevral 1978-yil (1978-02-27) (46 yosh)
Shtutgart, Olmoniya
Fuqaroligi Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya
AQSH bayrogʻi AQSh
Sohasi Wikidata
Semantic Web
Semantic wiki
World Wide Web
Ish joylari Google
Wiki
Janubiy Kaliforniya universiteti
Taʼlimi Karlsruhe texnologiya universiteti (PhD)
Tezis sarlavhasi Ontologiyani baholash
Akademik rahbarlari Rudi Studer
Mashhur ishlari Wikidata
Wikifunctions
Semantic MediaWiki
Turmush oʻrtogʻi Kamara Vrandečić
Veb-sayt simia.net

Hozirgi kunda AQShning Kaliforniya shtatiga qarashli San-Fransisko koʻrfazi hududida istiqomat qiladi.

Taʼlim

Vrandečić 1997-yildan Shtutgart universitetida aniq va tabiiy fanlardan tahsil oldi. Doktorlik dissertatsiyasini 2010-yilda Karlsrue texnologiya institutida (KIT) olgan. 2004-yildan 2012-yilgacha Rudi Studer bilan amaliy kompyuter fanlari va rasmiy tavsif tillari institutida (AFIB) bilimlarni boshqarish boʻyicha tadqiqot guruhida ilmiy xodim boʻlgan. 2010-yilda Janubiy Kaliforniya universitetiga kelgan.

Karyera va tadqiqot

Vrandečić maʼlumotlar bazalari, maʼlumotlarni izlash, webga asoslangan ommaviy hamkorlik va semantik veb-saytlar bilan shugʻullanadi. 2012—2013-yillarda Vikipediyaga qardosh loyiha – Wikidata platformasining loyiha menejeri boʻlgan. Markus Krötzsch bilan birga KIT guruhida Semantic MediaWiki saytini yaratgan.

2013-yildan Google kompaniyasida ontolog boʻlib ishlay boshlagan. Google tomonidan qidiruv tizimining natijalarini turli manbalardan olingan semantik maʼlumotlar bilan kompilyatsiya qilish uchun foydalanadigan maʼlumotlar bazasini yaratgan. 2019-yil sentyabr oyida Vrandečić Googlening loyihalarni rivojlantirish boʻlimida Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalari va Google qidiruv tizimini integratsiya qiluvchi Wiki-rezident sifatida ishlayotganini eʼlon qilgan.

2020-yil iyul oyida Googledan ketdi va „Abstract Wikipedia“ loyihasini davom ettirish uchun Vikimedia Jamgʻarmasida ishlay boshladi. Loyiha koʻp tilli boʻlib, mashinaga asoslangan bilim platformasini yaratish uchun Vikidata maʼlumotlaridan foydalanishga qaratilgan Vikipediyaning 20 yillik yubileyiga yozgan murojaatida Vikipediya qardosh loyihalari boʻyicha texnik va shaxsiy mulohazalarni ishlab chiqqan.

Xorvatcha Vikipediya asoschilari va administratorlaridan biri. 2008-yilda Vikimaniya ilmiy dasturi rahbari boʻlib ishlagan. 2015 va 2016-yilgi Vikimaniya vasiylik kengashi aʼzosi boʻlgan.

Shaxsiy hayoti

Vrandecic Xorvatiya va AQSh fuqaroligiga ega. 2012-yilda oʻzbekistonlik Vikipediya administratori Qamarniso Ismoilova (Kamara Vrandečić) bilan turmush qurgan. Hozirda rafiqasi va qizi bilan California Bay hududida istiqomat qiladi.

Manbalar

Tags:

Denny Vrandečić TaʼlimDenny Vrandečić Karyera va tadqiqotDenny Vrandečić Shaxsiy hayotiDenny Vrandečić ManbalarDenny Vrandečić1978-yil27-fevralKompyuter olimiMediaWikiOlmoniyaStuttgartVikimaʼlumotlarWikimediaXorvatiya

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Xalqaro huquqVladimir PutinFotorezistorAsteroidGeterotsiklik birikmalarPISA - Xalqaro o'quvchilarni baholash dasturiMusiqaPunktuatsiyaPoʻlatPiyelonefritMakroiqtisodiyotSirt taranglikSkeletBirlashgan QirollikOmonimlarProtsessorMalayziyaJismoniy mashqlarSportSayohatnomaBoʻlinish alomatlariMetallar korroziyasiYan Amos KomenskiyQunut duosiErtakXristianlikLeksikologiyaAksiyaGepatit AIsitmaAvstraliyaAfrosiyob (tezyurar poyezd)ForobiyPaygʻambarYouTubeMakruhTemuriylarKorxonaMuhammad YusufAliUyushiq boʻlaklarAbdulla AvloniyBiznes rejaAK-74Amir TemurXamsachilikTransformatorKislotaCristiano RonaldoOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiShayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari roʻyxatiAhmad YassaviyIslom mazhabchiligiBenzolAbu Rayhon BeruniyEtnopsixologiyaAl-XorazmiyBirinchi yordamSafforiylar davlatiAtomGandbolSuyuqlikBourlensPolshaAyollar futbol assotsiatsiyasiXokkeyDezinfeksiyaTibbiyot deontologiyasiBetonKoʻzQon bosimiQushlarModdaning agregat holatlariOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiOila tarbiyasiSaljuqiylar imperiyasiYulduzQizil kitob🡆 More