Buzoqboshilar

Buzoqboshilar (Gryllotalpidae) -toʻgʻri qanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi.

Buzoqboshilar ekinlarining juda koʻp turlari zararkunandasi. Uzunchoq tanasi 35–50 mm, usti qoʻngʻir, qorin tomoni sargʻishqoʻngʻir tusda; ustqanoti kalta; orqa qanotlari yaxshi rivojlangan; keng, yoʻgʻon oldingi oyoqlari yer qazishga moslashgan. B. asosan yer tagida yashaydi, yer ustiga juda kam chiqadi. Tuproqda gorizontal yoʻllar qaziydi va 10—20 sm chuqurlikda tuxum qoʻyish uchun uya quradi. Qoʻngʻiz, nimfa hamda lichinka holida qishlaydi; tuxumdan 10—12 kunda lichinkalar chiqib, tuproqsa hayot kechira boshlaydi va qishlab, kelasi yili yozda rivojlanishini tugatadi. B., asosan nam yerlarda koʻproq uchraydi. Sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida sharq B. (Gryllotalpa africana P.), bir tikanli B. (G. unispina Sauss) va oddiy B. (G. gryllotalpa L.) tarqalgan. B. poliz hamda parniklardagi ekinlar ildizi, baʼzan poyalarini kemirib, zarar yetkazadi, shuningdek qazigan yoʻllari tuprokdagi namning tez buglanib ketishiga sabab boʻladi. Baʼzan gʻoʻza, oqjoʻxori, makkajoʻxori, arpa va boshqa ekinlarni ham (sholidan tashqari) shikastlaydi. Kurash choralari: zaharli xoʻraklardan foydalanish; tuproqni kuzda dixloretan bilan fumigatsiyalash.

Buzoqboshilar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Najmiddin Mahmudxoʻjayev.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Erkin VohidovXorazm viloyatiKoʻp nuqta29-aprelAndijon qoʻzgʻoloniAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiNafas olish tizimiMediasavodxonlikKombinatorikaOʻrta OsiyoIqtisodiyot nazariyasi143Sharq falsafasiXamsaTafakkurQoraqalpogʻistonKonfutsiylikDinshunoslikSaylovAtomUygʻonish davriRobindranat TagorMorfemaOperaAxborot texnologiyalariMarsSoʻz birikmasiNeftYan Amos KomenskiyObligatsiyaDaun sindromiFransiyada ta'limMendel qonunlariInfeksion kasalliklarMiokard infarktiAlisher NavoiyMotiv (psixologiyada)Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiJamiyat falsafasiGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqGektarOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari roʻyxati (2020–2025)Davlat poytaxtlari roʻyxatiOgahiyOntologiyaOʻqituvchiBaqara surasiChigʻatoy ulusiEhtimollar nazariyasiHomiladorlikMalayziyaTremorMedia madaniyatiJinsiy aloqaOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiOʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiQuyoshHusayin NorchayevChilla davriFalsafiy antropologiyaFeʼlMicrosoft ExcelTransformatorInformatikaMunis XorazmiyOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiNormativ-huquqiy hujjatlarTadbirkorlikSuyak sinishiMarkaziy OsiyoOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiQon gruppalariFotonInternet tarixiAmudaryo69 (jinsiy poza)Eiffel minorasiAtom yadrosi🡆 More