Boy With Luv

„Boy with Luv“ (koreyscha nomi: 작은 것들을 위한 시) — Janubiy Koreyaning „BTS“ guruhining amerikalik ashulachi Halsey ishtirokidagi qoʻshigʻi, 2019-yil 12-aprelda oʻzlarining „Map of Soul: Persona“ (2019) oltinchi mini albomidagi birinchi singl sifatida chiqarilgan.

Singl AQSH Billboard Hot 100 roʻyxatida sakkizinchi oʻrinda debyut qilib, BTS ning chartdagi ikkinchi eng yaxshi oʻntaligiga, shuningdek, Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi koreys guruhining eng yuqori reytingiga ega qoʻshigʻiga aylandi. Musiqa klipi chiqarilgan birinchi 24 soat ichida YouTube platformasida 74 milliondan ortiq tomosha bilan rekord oʻrnatdi.

„Boy with Luv“
BTS va Halsey qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 12-aprel 2019-yil
Janr
Davomiyligi 3:50
Leybl
  • Big Hit (KR)
  • Universal Japan (JP)
BTS va Halsey singllari xronologiyasi
„Waste It on Me“
(2018)
Boy with Luv
(2019)
„Dream Glow“
(2019)
Klipi
„Boy with Luv“ YouTubeda

Yaratilish tarixi

2019-yil 7-aprelda chiptalar kassasida ishlaydigan qiz obrazidagi Halsey ishtirokidagi qoʻshiqning 13 soniyali musiqiy videoning treyleri chiqarildi. Rasmiy musiqiy video 12-aprel kuni YouTube kanalida chiqarildi. Guruh birinchi boʻlib qoʻshiqni 2019-yil 13-aprelda „Saturday Night Live“ dasturida mehmon sifatida ijro etdi va 2019-yil 1-mayda Billboard Music Awards marosimida Halsey bilan qoʻshiq ijrosi rejalashtirilayotgani eʼlon qilindi. BigHit 2019-yil 26-aprelda „Boy with Luv“ qoʻshigʻi uchun yana bir musiqiy klipni taqdim etdi.

Tijoriy muvaffaqiyati

2019-yil 27-aprelda „Boy with Luv“ singli AQShning Billboard Hot 100 roʻyxatida sakkizinchi oʻrinda debyut qildi. Bu BTS ning eng yaxshi natijasidir: ular „Fake Love“ (2018-yil, 2-iyun) singli bilan AQSh da bor-yoʻgʻi 10-oʻrinni egallagan edi. Bunday natija AQSh dagi har qanday koreys guruhi uchun eng yuqori yutuqdir. Digital Song Sales chartida singl uchinchi oʻrinni egallab, Streaming Songs chartida beshinchi oʻrinni egalladi (Janubiy Koreya guruhi uchun eng yaxshi natija). Psy bilan birga BTS ikki marta AQShda top 10 talikka kirgan yagona janubiy koreyaliklardir.

Yutuqlari

Yakuniy roʻyxatlar

Nashr Roʻyxat Oʻrni Manba(lar)
Apple Music 2020-yilning eng sara qoʻshiqlari: Koreya 15
Billboard 2019-yilning 100 ta eng yaxshi qoʻshigʻi 37
2019-yilning 25 ta eng yaxshi K-pop qoʻshiqlari: Tanqidchilar tanlovi 15
Bugs 2019-yil 100 ta eng yahshi qoʻshiq 2
BuzzFeed 2019-yilning eng yaxshi K-pop musiqiy videolari 8
Dazed 2019-yilning eng yaxshi 20 ta K-pop qoʻshigʻi 7
Gallup Korea 2019-yilning eng yaxshi qoʻshiqlari 1
Genie Music 2019-yilning eng yaxshi 10 ta qoʻshigʻi 5
Idolator 2019-yilning 75 ta eng yaxshi pop qoʻshiqlari 42
Insider 2019-yilning 57 ta eng yaxshi musiqiy videolari 22
NME 2019-yilning eng yaxshi 50 ta qoʻshigʻi 49
South China Morning Post 2019-yilning eng yaxshi 10 ta K-pop qoʻshigʻi 1
YouTube Koreyada 2019-yilda eng koʻp koʻrilgan 10 ta musiqiy klip 1
CelebMix 2019-yilning eng yaxshi 10 ta K-pop qoʻshiqlari 2
Amazer 2019-yilda eng koʻp eshitilgan K-pop qoʻshiqlari 2

Manbalar

Tags:

Boy With Luv Yaratilish tarixiBoy With Luv Tijoriy muvaffaqiyatiBoy With Luv YutuqlariBoy With Luv ManbalarBoy With LuvAmerika Qoʻshma ShtatlariAshulachiBTSBillboard Hot 100HalseyKoreyschaQoʻshiqYouTube

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Kamoliddin BehzodInson tanasiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiGazlarVaqtXamsa (Navoiy)ShayboniylarNatural sonBetonInsonparvarlikAmper qonuniFrilanserBor postulatlariDin falsafasiXulosa chiqarishBuxoroVoleybolAQSHda taʼlimOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariBuyuk Ipak yoʻliMaʼnaviyatErkin VohidovPIRLSShishaDiniy tashkilotKonstantin UshinskiyDasturlashValyuta intervensiyasiTremorMuzeyOvqat hazm qilish tizimiFarrux FattoyevXrom (kimyoviy element)Atom yadrosiMorfemaKelishikGimnastikaOySaid AhmadAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiIshlab chiqarish harajatlariRim raqamlariOsiyoKoʻchirma gapTushunchaTeriBalogʻatga yetishOʻtkir HoshimovAbulfayzxonMisTurkiston muxtoriyatiQushlarSintaksisSamarqandXiva yurishi (1873)Buxoro viloyatiKelinlar qoʻzgʻoloni (film)Yurak ishemik kasalligiQutadgʻu biligVijdon erkinligiElon MuskYengil atletikaAksiologiyaOʻqituvchiAmudaryoZaxmOʻlmas UmarbekovSterilizatsiya (mikrobiologiya)SportDoʻstlikTosh davriOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiOʻzbekiston viloyatlariMehnat muhofazasiHijriy yil hisobiAQSh dollariMendel qonunlariSilMusulmon huquqi🡆 More