Blackpink: Janubiy Koreya qizlar guruhi

BLACKPINK (koreyscha: 블랙핑크; tarjimasi: QoraPushti) - YG Entertainment tomonidan tashkil topgan Janubiy Koreyalik qizlar guruhi.

Guruh a'zolari to'rt kishidan iborat: Jisoo, Jennie, Rosé va Lisa. BLACKPINK 2016-yil avgust oyida debyut qilgan va guruh "Square One" nomli ilk albomini chiqargan. Albomga kiritilgan "Whistle" va "BOOMBAYAH" nomli singllar mos ravishda Gaon Digital Chart (Janubiy Koreya) va 'Billboard World Digital Song Sales (AQSh) chartlarida birinchi pogʻonani egallagan.

BLACKPINK
Blackpink: Aʼzolari, Diskografiyasi, Filmografiyasi

BLACKPINK va PUBG Mobile 2021-yil martida
Chapdan oʻngga: JISOO, JENNIE, ROSÉ va LISA
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Seul, Janubiy Koreya
Mamlakat Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Faoliyat yillari 2016–hozirgacha
Janr
Leybl
  • YG Entertainment
Tarkib
Vebsayt blackpinkofficial.com

Guruhning Selena Gomez bilan hamkorlikda ijro etgan „Ice Cream“ (2020) qoʻshigʻi Billboard Hot 100 chartida 13-pogʻonaga, The Album (2020) nomli albomi esa Billboard 200 chartida ikkinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Ushbu albom umumjahon boʻylab bir milliondan ortiq nusxada sotilib, guruhni buni uddalagan ilk qizlardan iborat koreys guruhiga aylantirgan. Bundan tashqari, guruh qoʻshiqlaridan biri Billboard Emerging Artists chartida birinchi pogʻonaga koʻtarilgan ilk ayollardan iborat guruh hamda qoʻshiqlaridan biri Billboard World Digital Song Sales chartiga kirgan va unda birinchi pogʻonaga koʻtarilgan ilk qizlardan iborat koreys guruhi hisoblanadi. Shuningdek, guruh ijrosidagi „Ddu-Du Ddu-Du“ (2018) qoʻshigʻi Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi tomonidan oltin sertifikati bilan taqdirlangan va buning ortidan Blackpink ushbu tashkilotdan sertifikat olgan ilk ayollardan iborat koreys guruhga aylangan. Guruhning Dua Lipa bilan hamkorlikda ijro etilgan „Kiss and Make Up“ taronasi Britaniya fonograf sanoati va Avstraliya ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi tomonidan mos ravishda kumush va platina sertifikatlari bilan taqdirlangan hamda buning ortidan guruh ushbu tashkilotlardan sertifikat olgan ilk koreys guruhi boʻlgan.

Blackpink guruhi faoliyati davomida koʻplab rekordlarni oʻrnatgan. Jumladan, guruh ijrosidagi „Kill This Love“ (2019) va „How You Like That“ (2020) taronalari uchun olingan videokliplar YouTube platformasida birinchi 24 soat ichida eng koʻp koʻrilgan klip oʻlaroq rekord oʻrnatgan. Taronalardan ikkinchisi hatto Guinness rekordlar kitobiga ham kirgan. Guruh YouTubeda qoʻshiqlariga olingan besh videoklipi ham bir milliarddan oshiq marta koʻrilgan ilk musiqiy guruh hamda ilk ayollardan iborat koreys guruhi hisoblanadi. Bundan tashqari, Blackpink Spotify platformasida eng koʻp obunachiga ega qizlardan iborat guruh hamdir (2022-yil apreliga koʻra, 29 milliondan oshiq obunachi). Boshqa yutuqlari qatoridan „Yil yangi artisti“ nominatsiyasida Golden Disc Awards va Seoul Music Awards, „Eng yaxshi ayollardan iborat guruh“ nominatsiyasida Mnet Asian Music Award, MTV Music Video Award (bu mukofotni qoʻlga kiritgan ilk koreys guruhi boʻlishgan) va h.k. joy olgan. Shuningdek, guruh Forbes jurnalining 30 Under 30 Asia roʻyxatiga kiritilgan. 2021-yilning yanvarida Janubiy Koreya prezidenti Moon Jae-in Blackpinkni K-popni umumjahon boʻylab yoyganlari uchun taqdirlagan va guruhni global K-pop fenomenoni oʻlaroq eʼtirof etgan.

Blackpink: Aʼzolari, Diskografiyasi, Filmografiyasi
Blackpink 2016-yilgi Melon Music Awards taqdirlash marosimida
Blackpink: Aʼzolari, Diskografiyasi, Filmografiyasi
Blackpink 2017-yilda oʻtkazilgan Koreya musiqa festivalida (Seul)
Blackpink: Aʼzolari, Diskografiyasi, Filmografiyasi
Blackpink 2018-yilgi Seoul Music Awards taqdirlash marosimida
Blackpink: Aʼzolari, Diskografiyasi, Filmografiyasi
Blackpink 33-Golden Disc taqdirlash marosimida

Aʼzolari

Diskografiyasi

  • Blackpink in Your Area (2018)
  • The Album (2020)
  • Born Pink (2022)

== Konsert va turnelari ==; Turnelar

  • BLACKPINK ARENA TOUR (2018)
  • IN YOUR AREA WORLD TOUR (2018-2020)
  • BLACKPINK WORLD TOUR [BORN PINK] (2022-2023); Konsertlar
  • BLACKPINK Japan Premium Debut Showcase (2017)
  • BLACKPINK Livestream Concert: THE SHOW (2021)

Filmografiyasi

  • Blackpink House (2018, V Live / YouTube / JTBC2)
  • YG Future Strategy Office (2018, Netflix)
  • Blackpink X Star Road (2018, V Live)
  • Blackpink Diaries (2019, V Live / YouTube)
  • 24/365 with Blackpink (2020, YouTube)
  • Blackpink: Light Up the Sky (2020, Netflix)
  • Blackpink: The Movie (2021)

Manbalar

Havolalar

Tags:

Blackpink AʼzolariBlackpink DiskografiyasiBlackpink FilmografiyasiBlackpink ManbalarBlackpink HavolalarBlackpinkAQShBillboard (jurnal)Janubiy KoreyaJennieJisooKoreys tiliLisaRoséTarjimaYG Entertainment

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

OsiyoSon (tilshunoslik)Oyat al-KursiChatqol biosfera qoʻriqxonasiWilliam ShakespeareEksperimental psixologiyaGermaniya ta'lim tizimiOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiQunut duosiQoraqalpogʻiston bayrogʻiInvestitsiyaJahon savdo tashkilotiDispanserSportNavoiy viloyatiXulosa chiqarishUzAutoMotorsVeb-saytTogʻ jinslariAleksandrKreditJanubiy AmerikaInternetTelegramDiqqatRegiston maydoniSingapurBirinchi yordamLondonOʻzbekiston siyosiy partiyalariMagnit maydonFotonNevrologiyaOʻzbekistonda paxta ishiUmar XayyomJigarDemokratiyaZotiljamTib qonunlariGektarKuydirgiOlimpiada oʻyinlariOdamUvaysiyAholi daromadlariVitaminlarAlbert EinsteinGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqBasketbolTilReklamaPunktuatsiyaOilaXurshid DavronOq ayiqFuqarolarning huquq va burchlariLeksikaGlobal muammolarAfgʻonistonGlukozaIssiqlik oʻtkazuvchanlikSomoniylar davlatiAbdurauf FitratMultimediaKategoriyalarEritmalarSimfoniyaKubik metrChingizxonYogʻKalsiyLeykotsitlarKompyuter tarmogʻiUsmonlilar imperiyasiZardushtiylikPsixologiya tarixiDidaktikaQadimgi RimBuyuk ozodlik xartiyasi🡆 More