Boston Marafoni Portlashlari

Boston marafoni portlashlari 2013-yil 15-aprelida Boston shahrida oʻtkazilayotgan marafonga boʻlgan terror xuruji edi.

Marra chizigʻi yaqinida mahalliy vaqt bilan soat 14:49 (Toshkent vaqti bilan 23:49) da 13 soniya farq bilan ikkita bomba portladi; natijada uch kishi halok boʻldi, 183 kishi yaralandi. Voqea yuzasidan Federal tergov idorasi (FTI; inglizcha: FBI) surishtiruv-qidiruv ishlari boshladi.

Boston Marafoni Portlashlari
Portlashlar natijasi
Boston Marafoni Portlashlari
Portlashlar xaritasi

18-aprel kuni FTI portlashlargacha va ulardan keyin foto va videolarga tayanib, ikki gumondorni qidiruvga berdi. Bu gumondorlar kelib chiqishi chechen boʻlmish aka-uka Joxar va Tamerlan Tsarnayevlar ekani omma yordami bilan aniqlandi.

Fotosuratlar eʼlon qilinishidan besh soat oʻtib, gumondorlar Massachusetts texnologiya institutidagi politsiya xodimini oʻldirishgani haqida xabarlar paydo boʻldi. Keyin ular avtomobil va uning egasini opqochib ketishdi, biroq politsiya ularning iziga tushib, Watertown shahrigacha quvib bordi. Gumondorlar Watertownda otishma boshlab, transport politsiyasi xodimini yaralashdi. Jarohatlangan Tamerlan Tsarnayev qoʻlga tushdi, lekin keyinchalik kasalxonada oʻldi. Joxar ham yaralangan edi, biroq politsiyaga darhol tutilmadi.

Minglab politsiya va harbiy xodimlar Watertown hududini qurshab, Joxarni taʼqib qilish amaliyotini oʻtkazishdi. 19-aprel kuni mahalliy hokimiyat Watertown va uning atrofida yashovchi aholini oʻz uylarini tark etmaslikka chaqirdi. Aksariyat jamoat muassasa va transporti yopilib, shahar koʻchalari boʻshatildi. Kechga borib uydan chiqmaslik tavsiyasi bekor qilingach, yaralangan Joxar bir mahalliy odam tomonidan hovlidagi brezent bilan yopilgan qayiq ichida topildi. Kichik otishmadan keyin politsiya Joxarni tutdi va kasalxonaga eltdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov Bostonda insonlar qurbon boʻlgani yuzasidan AQSh Prezidenti Barack Obamaga hamdardlik bildirdi.

Manbalar

Havolalar

Tags:

2013BombaBostonFederal tergov idorasiIngliz tiliTerrorizm

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Ijtimoiy himoyaYorugʻlikning qutblanishiMantiq falsafasiAxloqMualliflik huquqiMagnit induksiyaOʻzbekistonda taʼlimUslubBorliqSugʻurtaEkstremizmAnvar ObidjonTennisSterilizatsiya (mikrobiologiya)Kelinlar qoʻzgʻoloni (film)QoraqalpogʻistonTilBiotexnologiyaWolfgang Amadeus MozartTarbiyaDasturlashTurkiston muxtoriyatiNormativ-huquqiy hujjatlarJinsiy aʼzolarHusayin NorchayevFutbol boʻyicha 2024-yilgi Oʻzbekiston KubogiOʻzbek tiliEmailToʻlepbergen QayipbergenovEiffel minorasiMaydoniga koʻra mamlakatlar roʻyxatiYuklamaJigar sirroziGerontopsixologiyaIslom tarixiKonfliktUNESCOGipofizLoyihalashQon guruhlariKutubxonaIntegratsiyaAntibiotiklarNazarmat EgamnazarovMa’lumotlar bazasini boshqarish tizimiMoliya bozoriHijriy yil hisobiYalligʻlanishKompyuterStatistikaGnoseologiyaTogʻ jinslariOsiyo davlatlari roʻyxatiEnergiyaDialektikaQuyoshKoʻp nuqtaYonsei universitetiBuddizmBuyuk Ipak yoʻliIkki eshik orasiToʻlqinlarXalqaro oʻquvchilarni baholash dasturiAzotIqtisodiy oʻsishToʻldiruvchiEkologik omillarTovushAlbert EinsteinLugʻatMiokard infarktiYahudiylikQonun (huquq)Buxoro xonligiXudoyberdi ToʻxtaboyevQushlarAnafilaktik shokMenejment🡆 More