Baxtiyor Ixtiyorov

Baxtiyor Axmedovich Ixtiyorov (28-mart 1940-yil – 21-noyabr 2021-yil) – Buxoro shahrining Tabibon mahallasida zamonasining fozil kishilaridan Mulla Ixtiyori Xushxatning farzandi, sanʼatkor Ahmad Muxtorovich Ixtiyorov oilasida tavallud topdi.

Oʻzbekiston xalq artisti (1989). 1958-yilda Buxoro shahrida maktabni tugallagan. Shoir va dramaturg Omon Muxtor bilan sinfdosh boʻlgan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining musiqali drama fakultetini tugatgan (1963). Muqimiy teatrida aktyor va rejissor (1959-1976), bosh rejissor (1980-1988), 1976—1980-yillar A. Hidoyatov nomidagi teatrda, 1988—1991-yillar Satira teatrida bosh rejissor, aktyor (1991-yildan shu teatrda aktyor, rejissor).

Baxtiyor Ixtiyorov
Baxtiyor Ixtiyorov
Tavalludi
Baxtiyor Axmedovich Ixtiyorov

28-mart 1940-yil
Buxoro, Oʻzbekiston
Vafoti 21-noyabr 2021-yil(2021-11-21)
(81 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1964-2021
Mukofotlari Baxtiyor IxtiyorovMehnat shuhrati ordeniBaxtiyor Ixtiyorov

Eng yaxshi rollari: Asad („Oltin qidiruvchilar“), Koʻsadov („Ravshan va Zulxumor“), Asad („Kimga toʻy, kimga aza“), Abubakr („Jon qizlar“), Tohir („Ishqing bilan“), Parvoz („Ajab savdolar“).

Kinodagi yirik rollari: Hasan („Ajoyib xayolparast“), Baxtiyor („Choʻl usti osmon“), Baxtiyor („Yor-yor“), Qoʻgʻirchoqboz („Oʻtgan kunlar“), Hofiz („Nodirabegim“), Yettinchi jin („Yettinchi jin“), Suhrob („Abu Rayhon Beruniy“).

Rejissor sifatida „Ezop“ (G. Figeyredu), „Yolgʻonchi darkor“ (D. Psatas), „Jumagul“ (T. Qaipberganov), „Jonim fido“ (I. Rahim), „Kimga toʻy, kimga aza“ (N. Safarov), „Xotinimning eri“ (G. Xugayev va K. Pliyev), „Otasining qizi“ (Isfandiyor), „Soʻnggi oʻq“ (Oʻ. Umarbekov), „Aka-uka sovchilar“ (R. Muhammadjonov), „Layli va Majnun“ (A. Navoiy), „Tohir va Zuhra“ (S. Abdulla) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.

Ixtiyorov komik aktyor boʻlib, obraz yaratishda ifoda vositalarini tezkorlik bilan kengaytirish, voqeaning ijtimoiy mohiyatini, oʻz sanʼati jihatlarining hajviy tomonlarini chuqurlashtirish, boʻrttirib koʻrsatish qobiliyatiga ega. Uning hajvlari kuldiribgina qolmay, balki kulgu ortiga yashiringan dardi kishini oʻylashga majbur etadi. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Ixtiyorov 2021-yil 21-noyabrda Toshkent shahrida 81 yoshida vafot etdi.

Oilasi

Filmografiyasi

Manbalar

Havolalar

Tags:

Baxtiyor Ixtiyorov OilasiBaxtiyor Ixtiyorov FilmografiyasiBaxtiyor Ixtiyorov ManbalarBaxtiyor Ixtiyorov HavolalarBaxtiyor IxtiyorovOmon MuxtorOʻzbekiston xalq artisti

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Elektromagnit induksiyaFrilanserXulosa chiqarishMazhabUygʻonish davriSon (tilshunoslik)Qutadgʻu biligEronInvestitsiyaToʻgʻri toʻrtburchakPsixologiya tarixiSpirtlarNatural sonJanubiy Koreyada taʼlimHTMLSimmetriyaMushukNafasDavlatlar pul birliklari roʻyxatiQobiliyatYorugʻlikning qutblanishiJahon bankiRevmatizmOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiFavvoraShaxmatHajmAndijon (shahar)Sodda gapOʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2020-2025)YaponiyaIlmiy tadqiqotTremorDoriQadimgi YunonistonKlinik qon tahliliFrazeologiyaIchki sekretsiyaMineral oʻgʻitlarTinch okeaniAFC U-23 Osiyo kubogi 2024Bolalar adabiyotiKariyesFotiha surasiSaid AhmadOʻzgaruvchanlikAleksandrOrqa miyaMadrasaKuzatishGuinness rekordlar kitobiTasviriy sanʼatQunut duosiKubik metrMahmudxoʻja BehbudiyTemirYunon-Baqtriya podsholigiSuvTezlikIqbol MirzoOʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiGidrolizKalla suyagiEvolutsiyaXotira va qadrlash maydoniPsixologiyaMineral ozuqalarZaharlanishAfrikaRaqobatBiznes rejaInternet tarixiOʻzgarmas tokXamsaMaqolBorliqMoliya tizimiOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiBipolyar tranzistor🡆 More