Basra

Basra — Iroq janubidagi shahar.

Basra (arab. Bassora) — Iroqning janubi-sharqidagi shahar, Basra livi (viloyati)ning maʼmuriy markazi. Fors qoʻltigʻidan 90 km ichkarida, Iroqning Shatt ul-Arab daryosi sohilidagi eng katta porti, sohil boʻylab 27 km ga choʻzilgan. Aholisi 617 ming kishi (1985). Shahar 637 yoki 638 yilda xalifa Umar davrida (634 — 644) qurilgan. 8—9-asrlarda xalifalikning madaniy va iqtisodiy markazi boʻlgan. Shahar 10-asrda baridi feodallari, buvayhiylar (947), 11-asrdan saljuqiylar hukmronligida boʻlgan. 1258-yil moʻgʻullar qoʻliga oʻtdi, 1534-yilda Usmonlilar saltanatiga qoʻshib olindi. 1914-yil noyabrda Angliya qoʻshinlari B.ni bosib oldi. Birinchi jahon urushi davrida Britaniyaga qaram boʻlgan Iroq davlati tarkibida boʻldi.

Mamlakat tashqi savdo muomalasining deyarli hammasi B. orqali boʻladi. B. muhim temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport va elektrostansiya bor. Mamlakatning neft qazib olish va qayta ishlash markazi. Kimyo, toʻqimachilik, sellyuloza-qogʻoz, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Xurmo quritish va uni chetga chiqarish bilan mashhur. Kanal va koʻpriklari koʻpligidan B.ni "Sharq Venesiyasi" deb ham ataydilar. Universitet bor. Qad. B. harobalari saqlangan.

Manbalar




Tags:

Iroq

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Seks-ramzKecha va kunduzMaydoniga koʻra mamlakatlar roʻyxatiMetodologiyaRadioaktiv parchalanishWilliam ShakespeareSogʻliqni saqlashHomiladorlikdan saqlanishKompyuter virusiFonetik oʻzgarishlarHamza Hakimzoda NiyoziyKreditSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiBuxoroZaxmAppenditsitFutbolManipulyatsiyaOʻzbekistonda paxta ishiDiniy ekstremizmGigiyenaMadaniyatOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariBudjetIjtimoiy himoyaArab tiliYevrosiyoSinfdan tashqari ishlarSaraton (kasallik)Tinch okeaniYulduzli tunlarVaboMicrosoft PowerPointOmmaviy madaniyatOilaFizioterapiyaOʻzbekistonda NavroʻzFosforKasallikGʻarb falsafasiOʻtkir HoshimovIroq va Shom Islom DavlatiMuqaddas kitoblarTalab va taklifBadmintonMatematikaKapalaklarQon gruppalariXiva xonligiAmudaryoBola huquqlari toʻgʻrisida konvensiyaUlugʻbek rasadxonasiShaxmatYengil atletikaQunut duosiRavishBorliqAsalariPulBiotexnologiyaDavlatlar roʻyxatiBadiiy asarTurkiston general-gubernatorligiBosimSanoatOʻpka emfizemasiNutqLeksikografiyaChingizxonSonlar roʻyxatiFalsafiy antropologiyaYozuvOrganik kimyoPaygʻambarQashqadaryo viloyatiQadimgi RimBahor🡆 More