Balanit

Balanit, balanopostit (yun.

balanos — jinsiy olatning bosh qismi; itis; balanoposthitis) — jinsiy olat (zakar) bosh qismi terisi (balanit) va chekka kertmagi ichki qavatining yalligʻlanishi (balanopostit). Koʻproq bolalarda olat boshi qisilib, chiqmay qolgan hollarda kuzatiladi (qarang Fimoz). Birlamchi va ikkilamchi B. uchraydi. Olat chekka kertmagining kambar boʻlishi, unda siydik tomchisi yoki smegma toʻplanib qolib, unga mikroblar tushishi, shuningdek uretrit, qand kasalligi va boshqa natijasida vujudga kelishi mumkin. Soʻzak, zaxm asoratlari, fimoz ham B.ga sabab boʻladi. Olat boshi sohasi shishib, qizaradi, maddalaydi, achishish, qichishish alomatlari paydo boʻlib, bu ayniqsa bemor siygandan keyin zoʻrayadi. Lohaslik, bosh ogʻrigʻi, haroratning koʻtarilishi, baʼzan chov sohasidagi limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. B.ning oddiy, diabetik, gangrenoz, halqasimon, eroziyali, yiring-yarali xillari bor. Kasallikning ilk alomatlari paydo boʻlganda, darhol urolog-vrachga (siydik aʼzolari mutaxassisi) uchrashish zarur. Kasallikning kechishi va xiliga qarab davo tayinlanadi, asosan yalligʻlanishga qarshi dorilar (antibiotiklar, dezinfeksiyalovchi eritmali vanna va boshqalar) buyuriladi. Ogʻirroq hollarda jarrohlik usuli qoʻllaniladi. B.ning oldini olish uchun oʻgʻil bolalar gigiyena qoidalariga amal qilishlari, agar fimoz boʻlsa, oʻz vaqtida davolatishlari lozim.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Davlatlar pul birliklari roʻyxatiUmurtqa pogʻonasiBrauzerGuinness rekordlar kitobiEva ElfieParkinson kasalligiBogʻlovchiFargʻona viloyatiAbu Rayhon BeruniyElektrokardiogrammaQuyosh tizimiYorugʻlik interferensiyasiOʻtkan kunlarReklamaInternet69 (jinsiy poza)Qatar tarixiQuyon (hayvon)GalaktikaQon kasalliklariHamletOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiAhmad YugnakiyKanadaLeksikologiyaAsosiy vositalarOʻzbekistonda taʼlimGlitserinDaosizmYulduz UsmonovaNazarmat EgamnazarovDemografiyaElektron hukumatMustaqil davlatlar hamdoʻstligiEmotsiyaPunktuatsiyaXorazm viloyatiMilliy tilTugʻruqOntogenezSanoq sistemasiMicrosoft OfficeVeb-saytOʻzbekiston — Yaponiya munosabatlariUglerodQidiruv tizimiOtabek UmarovSpirtlarNutq madaniyatiYorugʻlik dispersiyasiAl-XorazmiyOʻqituvchiSaylov tizimiVoleybol toʻpiAl-Nassr FKFotiha surasiOʻsmalarAxloqMeʼda osti beziMicrosoft AccessNitrat kislotasiBakteriyalarJangi loyErtakBadiiy asarOzoda NursaidovaEritmalarMediasavodxonlikYurakXudoyberdi ToʻxtaboyevFermentlarSayyoraMikroorganizmlarYugurishKonsepsiyaPeshob ajralishining buzilishiMineralAvestoReal Madrid CF🡆 More