Axal Viloyati

Axal viloyati (sobiq Ashxobod viloyati) – Turkmaniston tarkibidagi viloyat.

1973-yil 27-dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 95,4 ming km². Aholisi 875 ming kishidan ziyod (1997; Ashxobod shahri aholisisiz), asosan turkmanlar, shuningdek ruslar, oʻzbeklar, ukrainlar, ba-lujlar va boshqa yashaydi. Shaharliklar 62%. Axal viloyatida 9 tuman, 3 shahar va 13 shaharcha bor. Markazi – Ashxobod shahri Viloyatning kattagina qismini Qoraqum (hududining 90%dan ziyodi) egallagan, janubida Kopetdogʻ togʻlari joylashgan. Foydali qazilmalari: tabiiy gaz (Markaziy Qoraqum gazli rayoni) va mineral qurilish materiallari (sement xom ashyosi, ohaktosh, qumoq, dolomit, qurilish qumi va tosh). Iqdimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 0,2°, iyulniki 30,9°. Yiliga 140 mm dan (Qoraqumda) 250 mm gacha (Kopetdogʻ togʻlarida) yogʻin yogʻadi. Asosiy daryosi – Tajan, shuningdek sugʻorishda foydalaniladigan kichik soylar bor. Viloyat hududidan Qoraqum kanaloʻ oʻtadi. 6 suv ombori qurilgan; eng yiriklari: 1-Tajan, 2-Tajan, Xor-Xor va Kopetdogʻ. Sur tuproq, taqirsimon, oʻtloq va choʻl qumloq tuproqlar tarqalgan. Bu-ta-efemer oʻsimliklari oʻsadi. Oʻrmonlar viloyat hududining 0,04% ni egallaydi (asosan Kopetdogʻ togʻlarida va Tajan daryosi vodiysida).Axal viloyatida ishlov beruvchi sanoat, sabza-votchilik, polizchilik va tokchilik yetakchi oʻrinda. Energetikasi Mari GRES va Buzmayin GRESdan keladigan energiya va tabiiy gazda ishlaydi. Sanoatining asosiy tarmogʻi – yengil sanoat (paxta tozalash va ip gazlama). Poyabzal, tikuvchilik, gilam toʻqish, ipak yigiruv va trikotaj fabrikalari bor. Oziq-ovqat va qurilish materiallari sanoati (gʻisht, sement, temir-beton buyumlar, shisha va boshqa ishlab chiqarish), mashinasozlik (shu jumladan neft va elektrotexnika) va metall-sozlik rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari – Ashxobod, Tajan, Buzmayin.Axal viloyati paxta, sabzavot, poliz ekinlari, uzum yetishtirish va bogʻdorchilikka ixtisoslashgan. Chorvachilikda sut-goʻsht yetishtiriladi. Qoramol, qoʻy, echki, tuya, yilqi boqiladi. Axal viloyati hududidan Oʻrta 811Osiyo temir yoʻl oʻtgan, avtomobil yoʻllari bor. Ashxobodda aeroport mavjud.

Ahal viloyati

Ahal welaýaty
viloyat
Axal Viloyati
38°30′0″N 59°0′0″E / 38.50000°N 59.00000°E / 38.50000; 59.00000 G O 59°0′0″E / 38.50000°N 59.00000°E / 38.50000; 59.00000 G O
Mamlakat Turkmaniston
Asos solingan 1922
Maydon [convert: invalid number]
Rasmiy til(lar)i Turkman tili
Aholisi
939 700
Zichligi 9,67 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+5
Ahal viloyati xaritada
Ahal viloyati
Ahal viloyati

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil






Axal Viloyati  Turkmaniston viloyatlari Axal Viloyati 

Ahal viloyati | Bolqon viloyati | Toshoʻgʻuz viloyati | Lebap viloyati | Mari viloyati |

Viloyatlarni boshqaruvchi shahar - Ashxabod

Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

SinonimlarRossiyaInstagramKasallikBoborahim MashrabBurjBirinchi yordamIlhaqTuproqMehnat unumdorligiDin falsafasiGepatit B viruslariAllergiyaEksperimental psixologiyaOntologiyaKurashMovarounnahrXarakter (obraz)Albert EinsteinXotira va qadrlash maydoniPeshob ajralishining buzilishiAxborot xavfsizligiMehrobdan chayonVijdon erkinligiOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiBuyuk Ipak yoʻliXorazmshohlar davlatiElektrokardiogrammaPaxtaXalq pedagogikasiBozorOrol dengiziHarakatElektr energiyasiAbdurauf FitratFutbolPsixologiya tarixiEkologiyaIssiqlik elektr stansiyalariAsrga tatigulik kunMicrosoft ExcelQonOltinBolalar adabiyotiBuxgalteriya balansiTogʻ jinslariElektron pochta orqali xabar tarqatishBronxitVenera (sayyora)Organik kimyoSirdaryo (viloyat)QoʻriqxonaAflotunBuxoroAnafilaktik shokYunon faylasuflariSomoniylar davlatiDiqqatOʻlmas UmarbekovMotiv (psixologiyada)Kubik metrLotin tiliSaylov tizimiMineral oʻgʻitlarSuvchechakGrammatikaAbu Ali ibn SinoSifatIqtisodiy oʻsishKushon podsholigiLeykozQashqadaryo viloyatiShaharIchki sekretsiyaRaqobatTranzistorOʻzbekistonda taʼlimAlgoritm🡆 More