Aqtoʻbe viloyati — (1992-yilgacha Aktyubinsk viloyati) Qozogʻiston Respublikasidagi viloyat.
1932-yil 10-martda tashkil etilgan. Maydoni 300,6 ming km2. Aholisi 786,349 ming kishi (2012), asosan, qozoqlar, shuningdek, rus, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 54 %. Aqtoʻbe viloyatida 13 maʼmuriy tuman, 7 shahar, 4 shaharcha bor. Maʼmuriy markazi — Aqtoʻbe shahri. Temir yoʻl uzunligi 1140 km. Asosiy temir yoʻllari: Orenburg — Aqtoʻbe — Toshkent va Aterov — Qandagʻach — Orsk. Havo yoʻllari Aqtoʻbeni Moskva, Almati va viloyatning boshqa tumanlari bilan bogʻlab turadi. Aqtoʻbedan Aterov — Orsk neft quvuri oʻtadi.
viloyat | |
---|---|
Tegishli | Gʻarbiy Qozogʻiston |
Maʼmuriy markazi | Aqtoʻbe |
Asos solingan sanasi | 10-mart 1932-yil |
Akim | Muhambetov Arximed Begejanovich |
Aholi (2014) | 808,878 (4,7 % , (7-oʻrin) |
Zichligi | 2,70 kishi./km² |
Millatlar tarkibi | qozoqlar 78,28 % ruslar 12,60 % ukrainlar 4,73 % tatarlar 1,34 % olmonlar 0,93 % |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar |
Maydoni | 300 629 km² (11 %, 2-oʻrin) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 713 xx x-xx-xx |
Pochta indeksi | 03xxxx |
Avtomobil raqami kodi | D,04 |
Rasmiy sayti | http://aktobe.gov.kz/ |
Xaritada | |
57°13′48″E / 50.28444°N 57.23000°E G O |
Aqtoʻbe viloyati gʻarbda Kaspiy boʻyi pasttekisligi, janubda Ustyurt platosi, janubi-sharqda Turon pasttekisligi va shimolida Ural togʻlarining janubiy tarmoqlari oraligʻida. Viloyatning katta qismi tekislik (balandligi 100–200 m); oʻrta qismida Mugʻojar togʻlari (eng baland joyi 657 m), gʻarbiy qismida Ural yoni platosi, januni-sharqda Orolboʻyi Qoraqumi, Katta va Kichik Boʻrsiq qumlari, shimoli-sharqda Toʻrgʻay platosi bor. Viloyat Qozogʻistonning shimoli-gʻarbiy hududida joylashgan. Shimoliy tarafidan — Rossiyaning Orenburg viloyati bilan, janubidan — Oʻzbekiston Respublikasining tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan, gʻarbida — Mangʻistov viloyati, Atirau va Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati, sharqida — Qoʻstanoy, janubiy-sharqida — Qiziloʻrda viloyatlari bilan chegaradosh. Viloyat markazi — Aqtoʻbe shahari.
Viloyat aholisining soni 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 786,349 kishini tashkil qildi. Viloyat aholisining yarmidan ortigʻini qozoqlar tashkil qilishadi. 2010-yildagi viloyatning milliy tarkibni quyidagi jadvaldan qarang:
Aholi soni 1989-yil | % | Aholi soni 1999-yil | % | Aholi soni 2010-yil | % | |
---|---|---|---|---|---|---|
umumiy | 732653 | 100,00 % | 682558 | 100,00 % | 718870 | 100,00 % |
Qozoqlar | 407222 | 55,58 % | 482285 | 70,66 % | 562716 | 78,28 % |
Ruslar | 173281 | 23,65 % | 114416 | 16,76 % | 90569 | 12,60 % |
Ukrainlar | 74547 | 10,17 % | 46848 | 6,86 % | 33976 | 4,73 % |
Tatarlar | 16924 | 2,31 % | 11675 | 1,71 % | 9652 | 1,34 % |
Olmonlar | 31628 | 4,32 % | 10721 | 1,57 % | 6693 | 0,93 % |
Beloruslar | 4736 | 0,65 % | 2569 | 0,38 % | 1866 | 0,26 % |
Moldavanlar | 3716 | 0,51 % | 2164 | 0,32 % | 1791 | 0,25 % |
Chechenlar | 3335 | 0,46 % | 1379 | 0,20 % | 1494 | 0,21 % |
Koreyslar | 1350 | 0,18 % | 1383 | 0,20 % | 1328 | 0,18 % |
Ozarbayjonlar | 1588 | 0,22 % | 988 | 0,14 % | 1061 | 0,15 % |
Boshqirdlar | 2643 | 0,36 % | 1106 | 0,16 % | 951 | 0,13 % |
Bolgarlar | 1457 | 0,20 % | 1045 | 0,15 % | 939 | 0,13 % |
boshqalar | 10226 | 1,40 % | 5979 | 0,88 % | 5834 | 0,81 % |
Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq, qishi esa sovuq. Yozda tez-tez garmsel va toʻzon, qishda esa qor boʻronlari boʻlib turadi. Aqtoʻbe viloyati shimoli-gʻarbida iyulning oʻrtacha harorati 22,5 °C, janubi-sharqida 25 °C, yanvarda shimoli-gʻarbida — 16 °C va janubi-sharqida —15,5 °C. Yiliga shimoli-gʻarbida 300 mm ga yaqin, markazi va janubda 125–200 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri shimoli-gʻarbida 175 kun, janubi-sharqida 190 kungacha. Daryolari Kaspiy dengizi va kichikroq koʻllarga quyiladi. Yirik daryolari — Emba, Uralning irmoklaridan — Oʻr, Ilek, shuningdek, Irgʻiz, Uil, Toʻrgʻay va Sagʻiz. Aksari daryolari kam-suv, yozda qurib qoladi. 150 ga yaqin, asosan, shoʻr koʻllar bor. Viloyatning shimoli-gʻarbida qoratuproq va kashtan tuproqlar, oʻrta va shimoli-sharqida och kashtan va boʻz tuproqlar tarqalgan. Janubda shoʻrxoklar ham uchraydi. Viloyatning shimoli-gʻarbida xilma-xil dasht oʻsimliklari, janubda esa chala choʻl va choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Yumronqoziq, qoʻshoyoq, sichqon kabi kemiruvchilar koʻp. Yirtqich hayvonlardan boʻri, qarsak tulki bor, jayran va saygʻoq saqlanib qolgan.
Aqtoʻbe viloyati da yirik sanoat (asosan, konchilik, kimyo, mashinasozlik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi) va qishloq xoʻjaligi (lalmikor dehqonchilik hamda yaylov qoʻychiligi) rivojlangan. Viloyat energetikasi asosan Qaragʻandi koʻmiriga asoslangan. Xromit, mis, nikel-kobalt rudalari, titan, oltin, shuningdek, fosforit (Oqtoʻba fosforit havzasi), neft va tabiiy gaz boyliklari koʻp. Konchilik, kimyo, ferroqotishma va boshqa sanoat tarmoqlari rivojlangan. Konchilik sanoati korxonalari Mugʻojar togʻlaridadir, viloyatning markaziy va janubiy qismida neft va gaz qazib olinadi. Aqtoʻbe shahrida ferroqotishma, xrom birikmalar, rentgen apparaturasi, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, mexanika, avtomobil taʼmirlash zavodlari va yengil hamda oziq-ovqat sanoati korxonalari, kimyo kombinati bor.
Yerning koʻp qismi yaylov va oʻtloqlar. 1956—58 yillarda 1,6 mln.ga dan ortiq qoʻriq va boʻz yerlar oʻzlashtirilib, gʻallachilik xoʻjaliklari barpo etildi. Gʻalla, texnika ekinlari (asosan, kungaboqar), kartoshka, sabzavot va poliz, ozuqa ekinlari ekiladi. Qoramol, qoʻy, echki, yilqi, tuya boqiladi. Viloyatning shimoli-gʻarbida lalmikor gʻallachilik (bahorgi bugʻdoy, arpa, tariq), goʻsht-sut chorvachiligi, choʻchqachilik va parrandachilik rivojlangan. Viloyatning qurgʻoqchil hududida yaylov chorvachiligi (goʻshtyogʻ va goʻsht-jun) va dehqonchilik bilan shugʻullaniladi. Shalqar koʻlida baliq ovlanadi.
Aqtoʻbe shahri Qozogʻiston Respublikasining gʻarbiy hududining madaniy, bilim va fan markazi boʻlib hisoblanadi. Shaharda 11 oliy oʻquv yurti, 16 oʻrta maxsus oʻquv yurtlari bor. Shaharda qozoq va rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, viloyat tarixiy-davlat noma muzeyi, Kengash ittifoqi qahramoni Aliya Moʻldagʻulova nomidagi muzeyi faoliyat yuritadi.
Vikiomborda Aqtoʻbe (viloyat) haqida turkum mavjud |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Aqtoʻbe (viloyat), which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.