Vladimir Vladimirovich Putin (rus: Влади́мир Влади́мирович Пу́тин; 7-oktabr, 1952-yil, hozirgi Sankt-Peterburg shahri) — Rossiya davlat arbobi.
Rossiya Federatsiyasining ikkinchi va toʻrtinchi Prezidenti, sobiq Rossiya Bosh Vaziridir. U Boris Yelsin qaroriga binoan 1999-yilning 31-dekabridan prezident vazifasini bajaruvchi boʻlib, 2000-yil 7-mayda prezidentlik lavozimiga oʻtirdi. 2004-yili u ikkinchi muhlatga saylandi; 2008-yilning 7-mayida prezidentlik lavozimini Dmitriy Medvedevga boʻshatdi.
Putin 2012-yilgi Rossiya prezidentlik saylovida 64% ovoz yigʻib, uchinchi muhlatga saylandi. U prezidentlik lavozimini 2012-yil 7-mayida egallagan. Forbes jurnali uni Dunyoning eng qudratli kishisi deb baholagan.
Sankt-Peterburg universitining yuridik fakultetini tugatgan (1975). Oʻqishni tugatgach, Davlat xavfsizlik organlariga ishga yuborilgan. Germaniya Demokratik Respublikasida ishlagan (1985—1990).
Oilali. 1983-yil 28-iyul kuni Lyudmila Aleksandrovnaga nikohlangan. Oʻzaro nikohdan ikki farzandi Mariya (1985-yil Sankt-Peterburgda tugʻilgan) va Katerina (1986-yil Drezdenda tugʻilgan) ismli qizlari bor. 6-iyun kuni „Rossiy 24“ telekanaliga intervyu bera turib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning turmush oʻrtogʻi ularning nikohi yakuniga etganini eʼlon qilishdi. Ushbu qadamni izohlab, Vladimir Putin bu „umumiy qaror“ boʻlganini maʼlum qildi. Oʻz navbatida, Lyudmila Putinaning qayd etishicha, soʻnggi vaqtlarda er-xotinlar „deyarli koʻrishishayotgani yoʻq, har birining oʻz hayoti bor“.
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Vladimir Putin, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.