Tatar tili — (tatarcha: татар теле) turkiy tillardan biri.
Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida, Boshqirdiston, Chuvashiston, Mariy El, Udmurtiya, Mordoviya respublikalari va koʻplab viloyatlarining ayrim tumanlarida, shuningdek, Oʻrta Osiyoda, Qozogʻiston va Ozarbayjonda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 7 million kishiga yaqin (20-asr oxiri). Sezilarli fonetik va morfologik tafovutlarga ega boʻlgan 2 lahjasi bor: oʻrta, gʻarbiy (yoki mishar).
Tatar tili | |
---|---|
Milliy nomi | татар теле, tatar tele, تاتار تيلی |
Mamlakatlar | Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Turkiya, Ozarbayjon, Tojikiston, Finlandiya, Ruminiya, Xitoy, Avstraliya va boshqalari |
Rasmiylik holati | Tatariston |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 5 406 110 |
Turkumlanishi | |
Til oilasi |
|
Alifbosi | Kirill |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | tt |
ISO 639-2 | tat |
ISO 639-3 | tat |
Tatar tili fonetikasi 10 unli fonemaning mavjudligi, labtish v fonemasining, ch qorishiq undoshining yoʻkligi, baʼzi unlilar pozitsiyasining umumturiy holatdan farqlanishi bilan ajralib turadi. Morfologiyasida analitik zamon shakllari, yetakchi feʼlning koʻmakchi feʼllar bilan qoʻshilib, harakatning davomiyligi, jadalligi, tugallangantugallanmaganligi kabi maʼnolarni ifodalashi keng tarqalgan. Leksikasida arabcha, forscha, ruscha va rus tili orqali oʻzlashgan baynalmilal soʻzlar koʻpchilikni tashkil etadi. Eski adabiy Tatar tili yozma yodgorliklari 13-asrga mansub. 19-asrning oʻrtalaridan adabiy til xalq tili bilan yaqinlasha boshlaydi. Hozirgi adabiy Tatar tili fonetik va leksik jihatdan oʻrta lahjaga, morfologik jihatdan gʻarbiy lahjaga yaqin. Yozuvi 1927-yil gacha arab grafikasi, 1927—39 yillarda lotin grafikasi, 1939-yildan rus grafikasi asosida shakllangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Tatar tili, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.