Saxa (yoqut) tili (saxa.: саха тыла) — turkiy tillarning sharqiy tarmogʻiga mansub til; Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasida, qisman Amur, Magadan, Saxalin viloyatlarida, Taymir va Evenk muxtor viloyatlarida tarqalgan.
Saxa tilida 430 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi (1993). Markaziy, vilyuy, shimoli-gʻarbiy va taymir sheva guruxlari farqlanadi. Morfologiyasi agglyutinativ harakterda boʻlib, sonlar, olmoshlar hamda kelishiklar boʻyicha boshqa turkiy tillardan bir kadar farqlanadi. Leksikasida oʻz fonetik qiyofasini saqlab qolgan moʻgʻulcha oʻzlashmalar, shuningdek, evenk va rus tilidan kirgan soʻzlar koʻplab uchraydi.
Yoqut tili | |
---|---|
Milliy nomi | саха тыла |
Mamlakatlar | Rossiya |
Rasmiylik holati | Saxa Respublikasi |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 450 140 (2010) |
Turkumlanishi | |
Til oilasi | Oltoy |
Alifbosi | (1929-39 yili) Lotin |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | - |
ISO 639-2 | sah |
ISO 639-3 | sah |
Koʻp qismi Saxa Respublikasida, oz qismi esa Krasnodar, Xabarovsk oʻlkalarida, shu bilan birga Amur, Irkutsk, Magadan Chita viloyatlarida istiqomat qiluvchi (umumiy soni 450 140), oʻzlarini saxa deb biluvchi saxa xalqining milliy, adabiy, davlat tili. Bu til boshqa turkiy tillarga qaraganda oʻzgachadir. 1818-20 yili missionerlar saxa tiliga alifbo kiritdi. Biroq saxalar 1929-39 yili Lotin alifbosini, 1939-yildan buyon esa kirill alifbosini foydalanib keladi. Adabiy tilining shakllanishiga Saxalarning markaziy tumanlarining turgʻunlarining ogʻzaki yili asos boʻldi.
Saxa tilining umumxalq yozuvi 1922-yilda S.A.Novgorodov tomonidan yaratilib, 1924-yilda takomillashtirilgan; 1929-yildan lotin grafikasi asosidagi, 1939-yildan esa rus grafikasi asosidagi yozuvga almashtirilgan. Adabiy til Saxa Respublikasining markaziy hududidagi soʻzlashuv tili asosida rivojlangan.
А а | Б б | В в | Г г | Ҕ ҕ | Д д | Дь дь | Е е |
Ё ё | Ж ж | З з | И и | Й й | К к | Л л | М м |
Н н | Ҥ ҥ | Нь нь | О о | Ө ө | П п | Р р | С с |
Һ һ | Т т | У у | Ү ү | Ф ф | Х х | Ц ц | Ч ч |
Ш ш | Щ щ | Ъ ъ | Ы ы | Ь ь | Э э | Ю ю | Я я |
Birlikda | Ko'plikda |
---|---|
мин | биһиги |
эн | эһиги |
кини | кинилэр |
0 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | |||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
нуул | биир | икки | үс | түөрт | биэс | алта | сэттэ | аҕыс | тоҕус | уон | |||
11 | 20 | 30 | 40 | 50 | 60 | 70 | 80 | 90 | 100 | 1000 | 10000 | 1000000 | |
уон биир | сүүрбэ | отут | түөрт уон | биэс уон | алта уон | сэттэ уон | аҕыс уон | тоҕус уон | сүүс | тыһыынча (муҥ) | уон тыһыынча (үтүмэн) | мөлүйүөн |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Yoqut tili, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.