Volgograd: Rossiyadagi shahar

Volgograd (1925 i.

gacha Saritsin, 1961-yil ga qadar Stalingrad) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Volgograd viloyatining markazi. Volga daryosining oʻng sohilida. Yirik daryo porti, aeroport bor. Temir yoʻl tuguni. Kema qatnaydigan Volga-Don kanalining boshlangʻich punkti. Aholisi 1005 ming kishi (1999). Shaharga 1589-yilda asos solingan. 18-asr oxiriga qadar harbiy istehkom boʻlgan. 1942-yil iyulidan 1943-yil fevralgacha V.da nemis qoʻshinlari bilan shiddatli janglar boʻlgan. V. Rossiya Federatsiyasining yirik sanoat markazlaridan biri. Sanoatning yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (traktorsozlik, kemasozlik, neft mashinasozligi, motorsozlik va boshqalar), metallurgiya (alyuminiy, quvur, poʻlat sim-kanat zavodlari). Yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, elektr energetika ham rivojlangan. Konserva, margarin, sut, pivo zavodlari, konditer fabikasi, goʻsht kombinatlari, temir-beton, uysozlik zavodlari, yengil sanoat korxonalari (koʻn zavodi, tikuvchilik fabikalari va boshqalar) bor. V.da 7 oliy oʻquv yurti (shu jumladan 3 universitet), 5 teatr, muzeylar (Mamay qoʻrgʻonidagi yodgorlik ansambli, oʻlkashunoslik muzeyi, tasviriy sanʼat muzeyi va boshqalar), mavjud.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tags:

Rossiya

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

InvestitsiyaIspaniyaBosh miyaSugʻurtaMahmudxoʻja BehbudiyMuomala madaniyatiYoʻl belgilariQuyosh tizimiFunksiya (matematika)TibbiyotErkak jinsiy aʼzosiAtrof-muhitni muhofaza qilishOʻzbek tiliNafasKutubxonaTemuriylarTurkiyaYorugʻlikning qutblanishiEfirlarMineral oʻgʻitlarAnton ChexovHujayraOʻrta OsiyoFuqarolarning huquq va burchlariBoburLeksikografiyaUygʻonish davriGazlarSport inshootlariBasketbolXrom (kimyoviy element)UglerodDiqqatXorazmChigʻatoy ulusiKuyishMehrobdan chayonRomanSezgiJismoniy mashqlarOntologiyaTilKlinik qon tahliliOʻsimliklarDavlatlar pul birliklari roʻyxatiIjro etuvchi hokimiyatXulosa chiqarishTishXufton namoziOʻsmalarOltinQunut duosiOna sutiViruslarIshlab chiqarish samaradorligiHamletBadiiy asar pafosiHamid OlimjonShavkat MirziyoyevShaharJahon bankiMaktabAndijon (shahar)SanʼatIlmiy tadqiqotAmir TemurSuvchechakErkin VohidovKelishikLudwig van BeethovenVaqtOila tarbiyasiPaygʻambarYaxlitlashHinduiylikAseptikaIkki eshik orasiXalqaro oʻquvchilarni baholash dasturi🡆 More