Vikipediyada manfaatlar ziddiyati (MZ) deb Vikipediyaning betaraf ensiklopediya yaratish manfaati va muallifning oʻz manfaati orasidagi ziddiyat tushuniladi.
Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya maqolalari mazmunini tartibga soluvchi koʻrsatmalarning bir qismidir. Unga amal qilish tavsiya etiladi, lekin u — aqida emas; idrok bilan ish tuting. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Maqola yozayotgan shaxs Vikipediya manfaatini bir chetga surib, oʻzini yoki oʻziga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga tegishli tashkilot, muassasa, ixtiro, ijod va boshqalarni maqtab yozsa manfaatlar ziddiyati vujudga keladi. Maqola yozayotganda betaraf va nufuzli manbalarga tayanish kerak. Reklamaga yoʻl qoʻyilmaydi.
MZ bor tahrirlar qilish qatʼiyan tavsiya etilmaydi. Agar tayinli tahrirlar betaraflik, Vikipediya nima emas va Ensiklopedik ahamiyat kabi qoidalarni buzsa, shu tahrirlar muallifi muayyan muddatga chetlashtirilishi mumkin. Maqolada MZ topilishi Vikipediyadan tashqarida ham samara koʻrsatishi, maqola kimning foydasiga yozilgan boʻlsa, oʻsha shaxs yoki tashkilotga zarar keltirishi mumkin.
Vikipediya reklama uchun joy emas, balki ensiklopediyadir. Barcha vikipediyachilar betaraf, ishonchli ensiklopediya yaratishlari lozim. Bunga rioya qilmagan har qanday vikipediyachi MZ da shubhalanishi mumkin.
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Vikipediya:Manfaatlar ziddiyati, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.