Vakuolalar (frans.
Vakuole, lotincha: vacuus — boʻsh) — oʻsimlik va hayvonlar hujayrasida ichi suyuqlik bilan toʻlgan, sitoplazmadan membrana bilan ajralib turadigan boʻshliq. Bir hujayralilarda ferment bilan toʻlgan hazm qilish Vakuolalari, osmoregulyatsiya va ayirish funksiyasini bajaruvchi, qisqaruvchi Vakuolalar, koʻp hujayrali hayvonlar hujayrasida esa ikkilamchi lizosomalar guruhiga mansub va oʻzida gidrolitik ferment saqlovchi, hazm qiluvchi va avtofaglovchi Vakuolalar boʻladi.
Eukaryotik hujayra organellalari:
|
Oʻsimlik hujayralarida Vakuolalar — endoplazmatik toʻrning hosilasi boʻlib, birmuncha shaffof membranotonoplast bilan oʻralgan. Oʻsimliklardagi Vakuolalar sistemasi — vakuom yosh hujayralarda naylar va pufaklar sistemasidan iborat. Hujayra oʻsib, ixtisoslasha borishi bilan Vakuolalar ham yiriklasha boradi va hujayra umumiy hajmining 70—95% gacha qismini egallab oladi. Vakuolalar shirasi (rN darajasi 2—5 ni tashkil etadi) tarkibida erigan anorganik (fosfat, oksalat), organik birikmalar (qand, aminokislotalar, oqsillar) va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari (taninlar, glikozidlar, alkaloidlar), ayrim pigmentlar (mas., antotsianinlar) boʻladi. Vakuolalar hujayradagi suv-tuz al-mashinuvini boshqaradi; hujayraning turgor holatini saqlaydi; quyi mole-kulali suvda eriydigan metabolitlar va zaxira moddalarni toʻplaydi; moddalar almashinuvida hosil boʻladigan zararli moddalarni hujayradan chiqa-rib tashlaydi va boshqa baʼzi funk-siyalarni bajaradi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Vakuolalar, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.