Usmonlilar Sulolasi

Usmonlilar sulolasi – Kichik Osiyo, Bolqon, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, qisman Kavkaz va Qrimda hukmronlik qilgan turk sultonlari sulolasi (1299—1922).

Usmonli turk imperiyasi davlatini boshqargan. Sulola nomi uning asoschisi Usmon I ibn Ertoʻgʻrul nomidan olingan.

Movarounnahr va Xurosonda yashovchi oʻgʻuz turklarining qay (qayigʻ) urugʻiga mansub qavm Ertoʻgʻrul boshchiligida XIII a. 20-yillari – moʻgʻullar istilosi davrida Kichik Osiyoga borib, oʻrnashib qolishgan. Ular saljuqiylarning Koʻniya sultonligi hududida mustaqil beklik tashkil qilishgan. Ertoʻgʻrul beklik boshqaruvini 1281-yilda oʻgʻli Usmon I Gʻoziyga topshirgan. Bu beklik 1299-yilda uzini mustaqil davlat deb eʼlon qilgan. Keyinchalik bu davlat Usmonli turk sultonligi nomi bilan dunyoga tanilib, oʻrta asrlarda jahondagi eng qudratli davlatga aylangan.

Sulola vakillari oʻzlarini avval bek (bey), soʻngra sulton (Murod I dan boshlab) deb ataganlar, keyinchalik eng yuqori diniy unvon – xalifa unvonini ham oʻzlariga qoʻshib olganlar (Salim /dan boshlab). Usmonlilar sulolasi sultonlari quyidagilardan iborat:

Usmon I (1299—1324), Urxon (1324— 1359), Murod I (13591389), Boyazid I (1389—1402), Boyazid I oʻgʻillari Sulaymon Chalabey, Muso Chalabeylar, Mehmed Chalabeylarning taxt uchun kurashi (1402—13), Mexmed I (1413—21), Murod II (1421—44; 1446—51), Mehmed II Fotix (1444—46; 1451—81), Boyazid II (1481-1512), Salim I (1512—1520), Sulaymon I Qonuniy (1520—66), Salim II (1566—74), Murod III (1574-95), Mehmed III (1595— 1603), Ahmad I (1603—17), Mustafo(1617—18; 1622—23), Usmon II (1618— 22), Murod IV (1623—40), Ibrohim (164048), Mehmed IV (1648-87), Sulaymon II (1687—91), Ahmad II (1691-95), Mustafo II (1695-1703), Ahmad III (1703 – 30), Mahmud I (1730-54), Usmon III (1754-57), Mustafo III (1757—74), Abdulhamid I (1774-89), Salim III (1789-1807), Mustafo IV (1807—08), Mahmud II (1808 – 39), Abdulmajid (1839—61), Abdulaziz (1861-76), Murod V (1876), Abdulhamid II (1876-1909), Mehmed V Rashid (1909—18), Mehmed VI Vaqiduddin (1918—22), Mustafo Kamol (Otaturk) tashabbusi bilan Turkiyada sultonlik tugatilgach (1922-yil 1 noyabr), soʻnggi sulton Mehmed VI xorijga joʻnab ketishga majbur boʻlgan.

Adabiyot

  • Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971; Stenli Len —Pul, Musulmanskiye dinastii, Moskva—Tashkent—Bishkek, 1966.




Tags:

BolqonErtoʻgʻrulKichik OsiyoUsmon I

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Bolalar psixologiyasiNitrat kislotasiOrol dengiziLeksikologiyaFaoliyatWolfgang Amadeus MozartMiokard infarktiGrammatikaYorugʻlik interferensiyasiQuyoshKonsepsiyaOʻsimliklarArab xalifaligiKimyoJigar sirroziAbu Ali ibn SinoYalpi ichki mahsulotTeatrKelishikDavlatDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiNavroʻzMuhammad FuzuliyUzAutoMotorsOlmaEmotsiyaAvtomobil yoʻliMusiqaRavishNafasTafakkurQoʻshilgan qiymat soligʻiMuloqotIbroyim YusupovAnalizatorlarInfeksiyaHomilaAbdulla AvloniyZaxmTurkiyaKonfutsiylikInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunTalab va taklifImom al-BuxoriySinfdan tashqari ishlarXalqaro terrorizmIrsiy kasalliklarOt (soʻz turkumi)ToʻldiruvchiFeʼlSilMahtumquliFalsafaMeʼdaEritmalarDaun sindromiQutadgʻu biligKasbQarilikQon kasalliklariAksiyaEpistemologiyaFan-texnika taraqqiyotiDasturiy taʼminotSamarqand viloyatiIslom KarimovTranzistorFuqarolarning huquq va burchlariHamza Hakimzoda NiyoziyFotosintezSterilizatsiya (mikrobiologiya)Alisher NavoiyDiniy tashkilotOksidlanish-qaytarilish reaksiyalariOʻzbekiston bayrogʻiQoʻshma gapSaid Ahmad🡆 More