Til Osti Nervi Kanali

Til osti nervi kanali (canalis nervi hypoglossi) — odam kalla suyagi ensa qismida joylashgan teshik.

Kanal har ikkala yuqori va medial tomondan ensa doʻngligi (condylus occipitalis) bilan toʻsilib turadi va undan til osti nervi oʻtadi.

Til Osti Nervi Kanali
Ensa suyagida joylashgan til osti nervi kanali (canalis nervi hypoglossi)

Tuzilishi

Til osti nervi kanali ensa suyagi asosi va boʻyinturuq oʻsimtasi birikkan sohada joylashgan. Embrional rivojlanish davridagi oʻzgarishlar sababli ensa suyagida 2 va undan ortiq til osti nervi kanallari paydo boʻlishi mumkin.

Shakllanishi

Til osti nervi kanali sut emizuvchilarda rivojlanishning embriologik bosqichida hosil boʻladi.

Funksiyasi

Uzunchoq miyadan chiqqan til osti nervi ildizlari til osti nervi kanali orqali kalla suyagidan tashqariga uzatiladi.

Klinik ahamiyati

Til osti nervi kanalini oʻrganish bosh suyagi asosida joylashgan turli xil oʻsmalarni, jumladan: boʻyinturuq venasi katta piyozchasi oʻsmalari, miyelomalar va ba'zi hollarda meningiomani tashxislashda yordam beradi. Bu kanalni oʻrganish miyaning ushbu qismida jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun kalla suyagiga xavfsiz xirurgik ochib kirish usullarini ishlab chiqishda ahamiyatli hisoblanadi.

Tadqiqotlar

Til osti nervi kanali yaqinda inson nutqining qadimiyligini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarda foydalanilgan. Tadqiqotchilar shuni aniqladilarki, bundan 2 million yil avval yashagan gominidlar zamonaviy shimpanzelarniki bilan bir xil oʻlchamdagi til osti nervi kanaliga ega boʻlgan; shuning uchun, ba'zi olimlar ular gapirishga qodir boʻlmagan deb taxmin qilishadi. Biroq, 400 000 yil muqaddam arxaik H. sapiens zamonaviy odamlarniki bilan bir xil oʻlchamdagi til osti nervi kanaliga ega edi, ya'ni ular nutq qobiliyatiga ega boʻlgan boʻlishi mumkin. Baʼzi neandertallarda ham qadimgi H. sapiens bilan bir xil oʻlchamdagi til osti nervi kanali boʻlgan. Biroq, bir nechta primat turlarini oʻz ichiga olgan soʻnggi tadqiqotlar bu kanalning hajmi va inson nutqi oʻrtasidagi bogʻliqlikning ishonchli dalillarini topa olmadi.

Tasvirlar

Manbalar

Havolalar

Tags:

Til Osti Nervi Kanali TuzilishiTil Osti Nervi Kanali ShakllanishiTil Osti Nervi Kanali FunksiyasiTil Osti Nervi Kanali Klinik ahamiyatiTil Osti Nervi Kanali TadqiqotlarTil Osti Nervi Kanali TasvirlarTil Osti Nervi Kanali ManbalarTil Osti Nervi Kanali HavolalarTil Osti Nervi KanaliKalla suyagiTil osti nervi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

OʻzMEOptikaMehnat muhofazasiModdalar almashinuviVirusli gepatitBosh miyaIndoneziyaShizofreniyaKuntugʻmishYurak-qon tomir kasalliklariQuyosh tizimiEkologiyaEmbriologiyaProteinlarOrol dengiziBuyuk Ipak yoʻliNafasTurkiyaTeri kasalliklariKonstitutsiyaSinfdan tashqari ishlarKino sanʼatiFutbol tarixiAbiotik omillarPsixologiyaOksidlar (birikma)GipofizFotoeffektJinsiy hayotIrsiy kasalliklarRevmatizmErkin VohidovNewton qonunlariAsfiksiyaKalla suyagiFaoliyatNazarmat EgamnazarovHomiladorlikAxborot texnologiyalariToʻqimaAdsorbsiyaXamsaHavoTemir yoʻl transportiVenera (sayyora)MadaniyatQashqadaryo viloyatiQon gruppalariRentabellikOʻzbekistonda mualliflik huquqiHujayraAmudaryoTIMSSXulosa chiqarishMakroiqtisodiyotChingiz AytmatovElektr tokiTovushSezgiKreditDunyo moʻjizalariMusiqa cholgʻu asboblariTurkiston general-gubernatorligiKorrupsiyaBiotexnologiyaBotir ZokirovQonSoliqMovarounnahrFutbol maydoniGrammatikaOʻqituvchiKamoliddin BehzodMissionerlikInternetFrédéric ChopinDevonu lugʻotit turk🡆 More