Tibet tili — xitoy-tibet tillari oilasidagi tibet-birma tarmogʻiga mansub tillardan.
Lama ibodatxonasi (dini)ning tili hisoblangan yozma adabiy Tibet tili asosan Xitoyning Sinxay va Ichki Mongoliya hududlarida, Mongoliya Respublikasida, qisman RFning Buryatiya va Tuva respublikalarida tarqalgan. Unda soʻzlashuvchilar 5 mln. kishiga yaqin. Yozma Tibet tili va lxasa lahjasi butun Tibet hududida qabilalararo aloqa hamda ish yuritish tillari hisoblanadi. Oʻrta asrdagi Tibet tili bilan hozirgi Tibet tili oʻrtasida soʻz yasalishi va morfologiya sohasida birmuncha farqlar bor. Adabiy tilning paydo boʻlishi yozuvning paydo boʻlishi (eng qad. yozma yodgorlik 7-asrga mansub) va Tibetga buddaviylikning kirib kelishi bilan bogʻliq. Adabiy til sanskritdan muqaddas diniy kitoblarni tarjima qilish jarayonida (8-asr) shakllanib, keyinroq boy tarixiy, diniy, badiiy adabiyot yaratilishi bilan rivojlanib borgan. Tibet tili fonetik jihatdan oʻzaro farqlanuvchi bir necha lahjaga ega. Tovush tizimida 16 unli va 36 undosh fonema mavjud. Soʻzlar oʻzaklarning qoʻshilishi va takrorlanishi orqali hosil qilinadi. Soʻzlar va iboralar oʻrtasidagi grammatik munosabat yuklamalar, yordamchi soʻzlar va gapdagi soʻz tartibi bilan ifodalanadi. Hozirgi adabiy Tibet tili qad. davrlardan boshlab anʼanaviy imloni saqlab qolgan, grammatika ham aytarli oʻzgarmagan, oʻzgarish va yangiliklar, asosan, leksikada sodir boʻlgan. Tibet yozuvi qad. hind yozuvi brahmidan kelib chiqqan (5-asr).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Tibet tili, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.